O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


Download 1.1 Mb.
bet87/115
Sana22.10.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1715547
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   115
Bog'liq
90555 AT 2kurs-1semester

10-mashq. Tarkibida undovlar qo‘llangan qo‘shma va sodda yasama fe’llarni aniqlang. Imlosi ustida ishlang. Undov so‘zlar haqidagi fikrlaringizni xulosalang.
1. Mening kulfatlarimni eshitib onam uf tortdi. 2. Sabrlilik musibatning birinchi daqiqalaridayoq bilinadi. Sabrsiz odam salgina ozor cheksa dod soladi. 3. Oh urarman, oh urarman, ohlarim urgay seni. (qo‘shiqdan) 4. Cho‘ponlar qur-haytlab qo‘yni haydagan. («Alpomish») 5. Mahkam Ochilga «ie!» deganday olayib qaradi…6. «Tak», dedi-yu «chuvxa» dedi jo‘nadi. Qorajon o‘z yo‘lidan qolmadi. («Alpomish») 7. Kampir negadir voy-voylab qoldi.
6-topshiriq.Ishchi kitobdan modal, undob, taqlid so‘zlarga doir 10 ta misol topib tahlil qiling.
.


Fan modulining dasturi


ASOSIY QISM
Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni


1-modul. Kirish. Hozirgi o‘zbek tilining shakllanishi, dialektal asosi,
taraqqiyot omillari. Adabiy til tushunchasi
Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanining o‘rganish obekti, maqsadi, vazifalari. Fan tarkibida o‘rganiluvchi bo‘limlar: 1. “Fonetika va fonologiya”. 2.“Grafika va orfografiya”. 3. “Orfoepiya”. 4. “Leksikologiya va frazeologiya”. 5. “Morfemika”. 6. “So‘z yasalishi”. 7. “Morfologiya”. 8. “Sintaksis”.
Hozirgi o‘zbek tilining shakllanishi, dialektal asosi, taraqqiyot omillari. Hozirgi o‘zbek tili taraqqiyotini belgilovchi lingvistik va ekstralingvistik omillar. “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning hozirgi o‘zbek tili mavqeyini mustahkamlashdagi roli.
Adabiy til tushunchasi. Adabiy tilning og‘zaki va yozma shakllari, moddiy-material asosi, til kommunikatsiyasidagi roli. Adabiy til va sheva munosabati. Adabiy til va nutq uslublari aloqasi.


2-modul. “Fonetika va fonologiya”
Fonetikaning tadqiqot maqsadi va usuliga ko‘ra turlari: umumiy fonetika, xususiy fonetika (tavsifiy fonetika, tarixiy fonetika), qiyosiy fonetika eksperimental (instrumental) fonetika. Fonetika aspektlari: 1. Fizik-akustik aspekt. 2. Anatomik-fiziologik aspekt. 3. Perseptiv aspekt. 4. Lingvistik-funksional aspekt.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling