O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


Download 1.1 Mb.
bet89/115
Sana22.10.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1715547
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   115
Bog'liq
90555 AT 2kurs-1semester

3-modul. Grafika va orfografiya
Grafika haqida ma’lumot: grafikaning muayyan til birliklarini (fonema, aktsentema, intonema, leksema, morfemalarni) yozuvda ifodalash uchun maxsus shakllantirilgan optik-grafik belgilar tizimi ekanligi. Grafemaning bilateral (ifoda va mazmun planlariga ega) belgi sifatidagi tavsifi. Bu belgining mazmun planida til birliklarining kodlashtirilishi. Grafema va fonema o‘rtasidagi umumiy va xususiy jihatlar. Grafemalarning tildagi muqobili (kodlashtirilgan referenti) va yozuvdagi vazifalariga ko‘ra tiplari: fonografema, prosodemografema, logografema, orfografik belgi va signalizatorlar.
Fonografemalar, ularning ifoda planiga (harflar miqdoriga) ko‘ra turlari: monograflar va poligraflar. Mazmun planiga (kodlashtirilgan fonema miqdoriga) ko‘ra fonografemalarning turlari: monofonemali va polifonemali (bifonemali) grafemalar.
Prosodemografemalar tovush tilning ritmik-intonatsion vosialarini (urg‘u, ohang, melodika, pauzalarni) yozuvda ifodalash uchun xizmat qiluvchi noharfiy belgilar guruhi ekanligi, ularning turlari (urg‘u belgisi, tinish belgilari).
Logografemalar va morfografemalar tilning ma’noli birliklarini (leksema va morfemalarni) ifodalash uchun xizmat qiluvchi optik-grafik belgilar sifatida: raqamlar (arab va rim raqamlari), simvollar.
Orfografik belgilar (defis) va signalizatorlar (ayirish belgisi, yumshatish belgisi, tutuq beligisi, razryadka, kursiv va boshqalar). Amaldagi o‘zbek yozuvining grafik tizimi, uning harfiy va noharfiy belgilari.
Orfografiya yozuv tizimining to‘g‘ri yozish me’yorlarini belgilaydigan qoidalardan iboratligi. Orfografiya va grafika o‘rtasidagi farqlar: grafemalarning kodlashtirishga, orfogrammalarning esa tanlashga asoslanganligi.
Orfografiya tamoyillari: fonetik, fonematik, morfologik, grafik, tarixiy-an’anaviy, ramziy (simvolik, differensial), shakliy-an’anaviy va semantik-uslubiy tamoyillar.
Imlo qoidalari. Amaldagi o‘zbek yozuvining imlo qoidalari. Hozirgi o‘zbek adabiy tili yozuv tizimlari haqida tarixiy-xronologik ma’lumot. Imlo qoidalarining ta’lim bosqichlarida o‘rganilishi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling