O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


Download 1.1 Mb.
bet68/115
Sana22.10.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1715547
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   115
Bog'liq
90555 AT 2kurs-1semester

5.Uyga vazifa. 1.Badiiy matndan fe’llarni aniqlang va morfologik tahlil qiling.


2-variant
1. Fe’lning semantik guruhlari haqida ma’lumot.
2. Fe’lning harakat va holatni ifodalashiga ko‘ra turlari.
3. Yumush, tafakkur, sezgi va ruhiy holat fe’llari.
4. Nutq, ishora, jismoniy holat fe’llari.
5. Tabiiy holat, ko‘rish va tabiat hodisalarini ifodalovchi fe’llar.

G 1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering.


1. Fe’llar ma’no jihatdan qanday turlarga bo‘lib o‘rganiladi?
2. Nutq va tafakkur fe’llari qanday farqlanadi?
3. Ruhiy holat fe’llariga xos xususiyatlar haqida gapiring.
4. Sezgi va ko‘rish fe’llarini misollar asosida izohlang.
5. Tabiat hodisalarini ifodalovchi fe’llarga tasnif bering.
6. Ishora fe’llariga misollar keltiring.
7. Yumush fe’llarining o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.
8.Tuslanadigan va tuslanmaydigan fe’llar haqida gapiring.

@ 2-topshiriq.Quyidagi gaplardan fe’llarni toping, ma’no turlarini aniqlang.


1.Nafis chayqaladi bir tup na’matak Yuksakda shamolning belanchagida.(O) 2.Ozgina shamolga qum oqsa, orqasidan bo‘ron keladi, derdilar.(Mirm.) 3.Bu janob tergovidan o‘tgan aybdorlar suddan so‘ng albatta qatl etilar edi.(X.T.) 4.Muzdek tuprogingni ming marta quchdim, Muzdek yanog‘ingni o‘pdim necha bor.(S.Z.) 5.Ahvolni zimdan kuzatib, Komildan ham ko‘ra ko‘proq bezovtalanib kelayotgan Qurbon ota karvon yaylovga etganda Komilni chetga imladi.(O.Y.) 6.Urushning qora qanoti uzoqlab ketgan bo‘lsayam, erta-indin Gitlerning to‘ng‘iz qo‘pishi ko‘rinib qolgan bo‘lsayam, hamon uning soyasi odamlar boshiga ko‘lanka tashlab turibdi.(O‘.H.) 7.Do‘simboy ota mehmonlarning ro‘parasida chordana qurib o‘tirdi. Shu payt uzoqdan chirmandaning ovozi eshitildi.(O‘.U.)8. Ayvon ustuniga suyanib, tomosha qila boshladim:paxtazor chetida tutlar.(Sh.X.)
@ 3-topshiriq. Guruh bilan ishlash. Quyidagi fe’llarni ma’no jihatdan tasniflang.
1-variant
Kashf qilmoq, mehnat qilmoq, his qilmoq, xursand bo‘lmoq, og‘rimoq, erimoq, ishora qilmoq, qaramoq, gullamoq, ko‘zini qismoq, charchamoq, bayon qilmoq, termulmoq, yashnamoq, ko‘zini suzmoq, qurmoq, ko‘tarmoq, aralashtirmoq, o‘qimoq, kulmoq, anglamoq, kelmoq, aytmoq, sensiramoq, buzmoq.
2-variant
Hikoya qilmoq, muzlamoq, yotmoq, uxlamoq, uyg‘onmoq, o‘smoq, sog‘aymoq, kuchaymoq, labini burmoq, gapirmoq, iztirob chekmoq, qayg‘urmoq, o‘ylamoq, fikr yuritmoq, o‘qib chiqmoq, parvoz qilmoq, pardoz qilmoq, terib olmoq, ter to‘kmoq, boqmoq.
3-variant
Kutmoq, kuylamoq, yaqinlashmoq, nafratlanmoq, yig‘lamoq, kesmoq, ilmoq, suzmoq, xavfsiramoq, g‘imirlamoq, bunyod etmoq, ko‘paymoq, sevmoq, quymoq, xayol surmoq, tashvishlanmoq, aynimoq, rad etmoq, mushtlashmoq, yasamoq, qaramoq, jilmaymoq, hazillashmoq, ko‘ngil bermoq, ta’sirlanmoq.



Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling