O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


Quyidagi so‘zlarni so‘roq berish asosida ma’no guruhlarga ajrating. Har bir guruhni umumiy nom bilan qanday tavsiflash mumkinligini ayting


Download 1.1 Mb.
bet67/115
Sana22.10.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1715547
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   115
Bog'liq
90555 AT 2kurs-1semester

2.Quyidagi so‘zlarni so‘roq berish asosida ma’no guruhlarga ajrating. Har bir guruhni umumiy nom bilan qanday tavsiflash mumkinligini ayting: go‘zal, yashil, betinim, butun, o‘sha, sizlamoq, ishchan, yamamoq, shaharlik, o‘ylamoq, eshik, dardli, g‘amgin, uyqu, allaqanday, uchun, hatto, qachon, o‘lguday, ba’zan kulgi, chiroyli, oh, albatta, o‘x-ho‘, yarim, voqea, birato‘la, har nima, nima, manman, juda, taraq-turuq, dardlashmoq.


3. Yangi mavzu yuzasidan muvofiqlashtiruvchi test.


5.Uyga vazifa. 1.Tasnif va tavsif terminlariga izoh. 2. O‘zbek tilshunosligiga oid so‘nggi manbalar asosida so‘z, so‘zshakli, morfema, grammema terminlarini sharhlang. 3.So‘z turkumlari muammosiga munosabat bildiring.
6-Mavzu: Fe’l. Fe’lning lug’aviy-grammatik guruhlari.

1. So‘z turkumlari.Mustaqil so‘z turkumlari. Fe’l so‘z turkumi.


2. Mustaqil fe’llar va yordamchi fe’llar.
3. Fe’lning grammatik kategoriyalari.
4. To‘liqsiz fe’llar.

G -topshiriq_.'>1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering.


1.Fe’l so‘z turkumi haqida umumiy ma’lumot bering.
2. Fe’llarning ma’no turlarini aytib bering.
3.Mustaqil fe’llar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot bering.
4.Yordamchi fe’llar deb qanday so‘zlarga aytiladi?
5.To‘liqsiz fe’llar haqida nimalarni bilasiz?

@ 2-topshiriq.Quyidagi gaplar tarkibidan yordamchi fe’llarni toping, qaysi so‘zga birikib qanday vazifa bajarayotganligini ayting.


1.-Qachon ketasan?-bu qizning ovozi edi.(S.Ahm.)2. Havo zildek og‘ir, qoramtir bulutlar aylanar, lekin etakdagi paxtazor yaqqol ko‘zga tashlanar edi.(Sh.X.) 3.Bolalar darhol to‘rni yon tomonlarni egallab olishgani uchun menga eshik og‘zidan joy tekkan edi, bilmadim, kechasi eshik ochilib ketganmi, sahar tursam, burun bitib qolgan.(Sh.X.) 4.Qosim u yoq-bu yoqqa nazar tashladi.(ertakdan) 5.So‘roq kuni erta bilan haligi ikki ”etimchani” topib oldi va nonushta chog‘ida allanechuk bir ixlossizlik bilan tezgina ko‘rib chiqdi.(Ch.) 6.Mushtumi bilan darvozani qattiq va asabiy ravishda ura boshladi.(O) 7.Unday bo‘lsa bu yuzimga ham yana ur, shunday qilsang yaxshi bo‘ladi, seni kuzatmay keta qolaman.(S.Ahm.)

! 3-topshiriq.Badiiy asardan yordamchi fe’llar ishtirok etgan gaplarga 5 ta misol topib tahlil qiling.


G 4-topshiriq.Berilgan shakl ichidagi ortiqsha so‘z yoki gaplarni toping, nima uchun optiqchaligini tushuntiring.


1.Men sodda uning gapiga ishonib o‘tiribman.
2.Aqlli bo‘lsang shunaqa gaplarni gapirib o‘tirarmiding.
3.Yigit bosh ko‘tarmay ishlab o‘tiribdi.
4.Gulnor deraza ostiga ko‘rpacha solib qizni o‘tqazdi va o‘zi yaqin o‘tirdi.
5.U bo‘lib o‘tgan voqealar haqida garirib berdi.



Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling