O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


Download 1.1 Mb.
bet55/115
Sana22.10.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1715547
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   115
Bog'liq
90555 AT 2kurs-1semester

Modal, undov va taqlid so‘zlar

Tushuncha

Tushuncha mazmuni

Ball 1

modal so‘zlar

So‘zlovchining o‘z fikriga munosabatini ifodalaydi




shubhasiz, so‘zsiz, shaksiz

fikrning qat’iyligini ifodaydi




taqlid so‘zlar

Turli tovush yoki harakat-holatga taqlidni bildiradi




fikrning taxminiyligi

shеkilli, chog‘i, chamasi




attang, ajabo, hayriyat, afsus, essiz

Hissiy holat ma’nosini ifodalovchi modal so‘zlar




mayli, xo‘p, bor, yo‘q

Tasdiq, mavjudlik va mavjud emaslik ma’nolarini ifodalovchi modal so‘zlar




Holat undovlari

iе, o, voy, eh, hay-hay, o‘, voh-voh




undov

Kishilar e’tiborini tortish, parranda yoki hayvonlarni haydash, ish bajarishga undash, harakatdan to‘xtatish kabi ma’nolar ifodalanadi.








8-ilova
O‘qib, konspektlashtirish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar:
1. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. – T., Universitet, 2006.
2. Sapayev Q. Hozirgi o‘zbek tili. T., 2009.
3. Tursunov U., Muxtorov X., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – T., O‘zbekiston. 1992.
4. Hojiyev A.Ozbek tili morfologiyasi, morfemikasi va so‘z yasalishining nazariy masalalari.-T., Fan. 2010.
AMALIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI
4-SEMESTR
1-mavzu: Morfema morfemika birligi sifatida


Reja:
1.Morfemika haqida ma’lumot
2.So‘zning morfem tarkibi.
3.Asos, o‘zak terminlari xususida

G 1-topshiriq.Quyidagi savollarga javob bering.


1.So‘zning morfem strukturasi deganda nimani tushunasiz?
2.So‘zning morfem strukturasidagi qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
3.Morfologik qayta bo‘linish deb nimaga aytiladi?
4. Soddalanish haqida ma’lumot bering.
5.Affikslarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari.
6.O‘zak morfema haqida ma’lumot.
7.Affiksal morfema va uning turlari.
8.So‘z yasovchi morfemalar.
9.Shakl yasovchi morfemalar.
@ 2-topshiriq.Quyida berilgan so‘zlarni na’munadagidek tahlil qiling.
Gayratsizlik, g‘ayriqonuniy, g‘allachilik, hayajonlantirmoq, harbiylashtirilmoq, havoyilanmoq, shirillatmoq, hapanichasiga, charxlattirmoq, to‘yintirmoq, to‘lg‘izdirmoq, sarg‘aytirmoq, sarflantirilgan, saranjomladi, sansirashmoq, ravshanlashtirdi, paxtakorlarning, oqarinqiramoq, oshiqlikning,oshna-og‘aynigarchilik.
Namuna:Bunyodkorlikka: bunyod-o‘zak morfema, -kor- so‘z yasovchi affiks,-lik-so‘z yasovchi affiks, -ka kategorial shakl yasovchi affiks.

@ 3-topshiriq.Ishchi kitobdan 10 ta misol topib morfemik tahlil qiling.Tahlil qilishda yuqoridagi na’munadan foydalaning.


! 4-topshiriq.Berilgan matndagi so‘zlarni morfemalarga ajrating.


O‘tgan asrning so‘nggi kuzi Qorabuloqqa ochiq chehra bilan keldi. Uning gulgun siymosidan uzoq vaqtlargacha nur arimadi. Axiri oktabr oyi ham tugadi, o‘rik yaproqlari sovuqda o‘ynagan yosh bolaning lo‘ppi yuziday qizardi, shunda ham osmonda bir parcha bulut ko‘rinmadi. Kunduzlari quyosh saratondagiday qizdirib turdi. Dehqon osmonga qarab yaxshi havodan quvonsa, yerga qarab mo‘l hosildan suyunadi. Dalalarda ish qaynaydi: kimlar paxta teradi, kimlar beda o‘radi, kimlar shudgor qiladi…
Ilk sahardan to qora kechgacha odamlar tinim bilmagan ana shu kunlarning birida, quyosh endi tig‘ yoya boshlagan salqin sabohda Qorabuloq qishlog‘idan biri keksa, biri yosh ikki otliq chiqib kelaverdi. Ingichka, uzun oyoqlarini chaqqon bosib, chiroyli boshini azot ko‘tarib kelayotgan qashqa saman birdan paxsa devor tomonga burildi. (M.Ismoiliy)

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling