7-ilova
Boshqa turkumlarga oid so‘zlarning olmoshga ko‘chishi
Nutqdagi ma’lum sharoitga qarab ba’zi ot, sifat va sonlarning asl ma’nosi o‘zgarib abstraktlashadi, umumlashadi – olmoshga yaqinlashadi. Bunga pronominalizatsiya deyiladi. (pronom–lotincha olmosh degan ma’noni bildiradi)4. Pronominalizatsiya natijasida ot predmetni, sifat belgini, son esa miqdorni bildirmay, olmoshlarga o‘xshash ularga ishora qiladi. Masalan, odam kishi, inson, nafas, ish kabi otlar; ba’zi, boshqa ayrim, tubandagi, quyidagi kabi sifatlar; bir soni olmoshga yaqinlashadi, olmosh funksiyasida qo‘llanadi: Uning ko‘nglini olishga bir inson topilmadi.
So‘zlarning olmoshga yaqinlshuvi asosan quyidagi holatlarda ko‘rinadi:
hech qanday affikslar olmay, asosiy morfema shaklida keladi: Odam ketgisi kelayapti. Bir-biridan quvnoq, bir-biridan sog‘lom bolalarning o‘yinlarini ko‘rib, juda quvonasan kishi.
Son yurkumiga xos ayrim so‘zlar ko‘pincha 3 shaxs egalik affikslarining qo‘shilishi bilan olmoshga yaqinlashadi: Biri kitob o‘qiydi, biri shaxmat o‘ynaydi.
Ikki boshqa-boshqa so‘z turkumlariga xos bo‘lgan so‘zlar yoki boshqa so‘z turkumidagi bir so‘z-olmosh tipidagi so‘zlarning qo‘shilishi natijasida hosil bo‘lgan ayrim qo‘shma so‘zlar olmosh funksiyasiga yaqinlashadi.
8-ilova
O‘qib,konspetlashtirish uchun tavsiya qilingan adabiyotlar:
Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. – T., Universitet, 2006.
2.Sapayev Q. Hozirgi o‘zbek tili. T., 2009.
3.Tursunov U., Muxtorov X., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – T., O‘zbekiston. 1992.
4.Hojiyev A.Ozbek tili morfologiyasi, morfemikasi va so‘z yasalishining nazariy masalalari.-T.,Fan. 2010.
RAVISH SO‘Z TURKUMI. RAVISHNING MA’NO VA TUZILISHIGA KO‘RA TASNIFI
1-ilova
Reja:
1.Ravishlarning ma’nosi va grammatik belgilari.
2.Ravishlarning ma’no turlari.
3.Ravishlarda daraja.
4.Ravishlarning tuzilishga ko‘ra turlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |