O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


Download 1.1 Mb.
bet6/115
Sana22.10.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1715547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115
Bog'liq
90555 AT 2kurs-1semester

Affiksal antonimiya. Bir turkum doirasidagi affikslarning zid ma’no bildirishi hodisasiga affiksal antonimiya deyiladi. Masalan, -li va –siz: kuchlikuchsiz, unumli – unumsiz; - li va –be: barakali – bebaraka, nuqsonlibenuqson kabi.


Mustaqil o‘qish uchun adabiyotlar
1. Hojiyev A. O‘zbek tili morfologiyasi, morfemikasi va so‘z yasalishining nazariy masalalari.-Toshkent: Fan, 2010
2. G‘ulomov A.,TixonovA.N.,Qo‘ng‘urov.R.O‘zbek tili morfem lug‘ati.-Toshkent: O‘qituvchi, 1977.

7-ilova
So‘zning morfemik tarkibidagi o‘zgarishlar


Fonetik o‘zgarishlar so‘zning o‘zak qismida ham qo‘shimchada ham yuz beradi. Bunday o‘zgarishlar turli sabablarga ko‘ra bo‘ladi. O‘zakdagi o‘zgarishlar, asosan qo‘shimchalarning qo‘shilishi bilan bog‘liqdir, Masalan, ong+la-angla, son+a-sana, ikki+ov-ikkov kabi.
Bunday o‘zgarishlar ko‘proq affiks morfemda yuz beradi. Qo‘shimchadagi o‘zgarishlar o‘zak-negizning fonetik tarkibiga bog‘liqdir. Masalan, qishloq+ga- qishloqqa, terak+ga- terakka kabi.
Davrlar o‘tishi bilan bir nechta affiks birikib bitta affiks morfema holatiga kelib qolishi mumkin. Masalan, zargarlik, dehqonchilik so‘zlari morfemalarga zar+gar+lik, dehqon+chilik tarzida ajratiladi. Ko‘rinadiki, birinchi so‘zda –lik alohida morfema bo‘la oladi, ikkinchi so‘zda esa u alohida morfema bo‘la olmaydi. Sababi ikkinchi so‘zdagi qolgan dehqonchi qism ma’no anglatmaydi, ilde shu shaklda qo‘llanmaydigan bo‘lib qolgan. Shunga ko‘ra dehqon- o‘zak morfema chilik yaxlit xolda bitta affiksal morfema sanaladi.
Affikslar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:

  1. Sodda affikslar.

  2. Qo‘shma affikslar.

Sodda affikslar mustaqil morfema bo‘la oladi. Masalan, ishlashdi – ish+la+sh+di, lug‘atchilik – lug‘at+chi+lik, misgarlik – mis+gar+lik kabi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling