Qo‘shma affikslar yaxlit holda bitta affiksal morfema sanaladi. Masalan, kosibchilik – kosib+chilik, odamgarchilik – odam+garchilik, yordamlash – yordam+lash kabi.
4-ilova
Oydinlashtirmoq, ozg‘inlik, ravshanlashtirmoq, po‘rsildoq, sensiramoq, tutqunlik, charmlattirmoq, shakarguftorlik, egiluvchanlik, egovlanmoq, qantarilmoq, qappaytirmoq, qultum, qo‘rqinqiramoq.
Mustaqil o‘qish uchun adabiyotlar:
1. Hojiyev A.O‘zbek tili morfologiyasi, morfemikasi va so‘z yasalishining nazariy masalalari.-Toshkent:Fan, 2010
2. G‘ulomov A.,TixonovA.N.,Qo‘ng‘urov.R.O‘zbek tili morfem lug‘ati.-Toshkent: O‘qituvchi,1977.
2-MAVZU: O’ZBEK TILIDA SO‘Z TURKUMLARI. SO’ZLARNI TURKUMLASH TAMOYILLARI, TASNIF ASOSLARI. MUSTAQIL SO’Z TURKUMLARI. FE’L SO’Z TURKUMI
Reja:
1.Morfologiya haqida ma’lumot.
2. Grammatik ma’no, grammatik shakl va kategoriya.
3.So‘z turkumlari tasnifi.
Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlarning lug‘ati
Morfologiya - morphology - морфология
Morfonema - morphophoneme - морфонема
Grammatik ma’no - Grammatical meaning — Грамматическое значенне
Grammatik uslubiyat - Grammatical style — Грамматическая стилистика
Grammatik shakl - Grammatical form — Грамматическая форма
Grammatik kategotiya - Grammatical category - Грамматическая категория
2-ilova
Blis-so‘rov uchun savollar
1.Grammatika haqida nimalarni bialsiz?
2. Grammatik shakl va grammatik ma’nodeganda nimani tushunasiz?
3. Kategorialva nokategorial shakl haqida ma’lumot bering.
4. Grammatik kategoriya nima?
5. So‘zning morfologik strukturasi deganda nimani tushunasiz?
6.So‘zning morfologik strukturasi morfemik va so‘z yasalish strukturasidan nimasi bilan farq qiladi?
3-ilova
MORFOLOGIYА
Morfologiya (yunoncha morphe – «shakl», logos – «ta’limot») so‘z va uning grammatik xususiyatlari haqidagi ta’limotdir. Morfologiyada so‘zning morfologik tuzilishi, yangi shakl va ma’nolar hosil qilishi bilan bog‘liq qonun-qoidalar o‘rganiladi. Morfologiyada so‘zlar mushtarak yoki farqli bеlgilari umumlashtirilgan holda turkumlarga ajratib o‘rganiladi1. So‘z lеksikologiyada lеksik birlik sifatida, morfologiyada esa grammatik birlik sifatida o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |