O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha
Download 1.11 Mb.
|
118332 Majmua 2-kurs, 3-4 semestr
-qoq, -g‘oq. Bu affiks fe’llardan sifat yasaydi, narsaning harakat-holat bilan bog„liq xususiyatini, belgisini bildiradi: urish- qoq, yopish-qoq, burish-qoq, uyush-qoq, tirish-qoq, toy-g‘oq, qoch-qoq kabi.
-chan. Turli so„zlarga qo„shilib, yasash asosidan anglashilgan narsa, harakat va holatga bog„liq belgi, xususiyat bildiruvchi yoki «shu narsaning yakka o„zi bilangina» ma’nosidagi sifat yasaydi: harakat-chan, ish-chan, ko‘ngil-chan, bo‘y-chan, o‘y-chan, uyat-chan, xayol-chan, sezuv-chan, sinov- chan, biluv-chan, ko‘ylak-chan kabi. -simon. Turli so„zlarga qo„shilib, yasash asosidan anglashilgan narsaga o„xshashlik ma’nosidagi sifat yasaydi: oltin- simon, odam-simon, tuxum-simon, qalqon-simon kabi. -ag‘on. Fe’l asosiga qo„shilib, yasash asosi anglatgan harakat va holat bilan bog„liq belgi, xususiyatga egalik bildiruvchi sifat yasaydi: bil-ag‘on, chop-ag‘on, qop-ag‘on, o‘z-ag‘on, yot- ag‘on, tep-ag‘on kabi. Fe’lning sifatdosh shakliga -mon affiksini qo„shish orqali yasalgan sifatlar ma’no jihatidan -ag‘on affiksi vositasida yasalgan sifatlarga yaqin turadi: ishbilar-mon, to‘par-mon, tutar- mon kabi. Ammo bu affiks ancha kamunum hisoblanadi. -ong‘ich, -ovuch. Bular ham kamunum affiks bo„lib, harakat va holat bilan bog„liq belgining ortiqligini bildiruvchi sifat yasaydi: tep-ong‘ich, kul-ong‘ich, hurk-ovuch, isko-vuch, qop- ong‘ich kabi. -chil. Kamunum affiks bo„lib, yasash asosi anglatgan belgi, holat, xususiyatga egalik ma’nosidagi sifat yasaydi: ep-chil, dard-chil, iz-chil, xalq-chil kabi. Sifat va ravishlarga qo„shilganda belgining ozligi, kuchsizligi ma’nolarini bildiradi: oq-chil, kam- chil kabi. - aki. Bu ham kamunum affiks bo„lib, ot, sifat, ba’zan taqlidiy so„zlardan sifat yasaydi: qalb-aki, og‘z-aki, zo‘r-aki, xom- aki, jizz-aki, jirt-aki kabi. -in. Bu affiks ot va fe’l asoslaridan belgi, xususiyat bildiruvchi sifat yasaydi: erk-in, otash-in, yashir-in, to‘k-in-soch- in, to‘l-in, och-m=to‘q-in kabi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling