-chi, -vchi, -uvchi. Yasash asosi ifodalagan ish-harakatni bajarish bilan shug„ullanuvchi shaxs oti, narsa oti va mavhum ot yasaydi: tom-chi, suyun-chi, saylo-vchi, tinglo-vchi, uch-uvchi, o‘qu-vchi, bog‘lo-vchi, tergo-vchi, chayqo-vchi, o‘qit-uvchi
kabi.
-sh. Yasash asosidan anglashilgan harakat jarayoni oti yasaydi: uylan-ish, quril-ish, o‘piril-ish, o‘tir-ish, yig‘il-ish kabi.
(-u)vchi, -sh affikslari orqali ot yasalishi fe’lning harakat nomi shakli asosida yuzaga kelgan.
Bulardan tashqari, fe’l asosidan ot yasovchilarga quyidagilar ham kiradi: -it, -at: chiq-it, qur-it, ko‘ch-at; -kilik: ich-kilik; a: jizz-a, vasvas-a; -chiq; yopin-chiq, suyan-chiq; -diq: hor-diq, qol- diq, topil-diq; -ak; g‘ildir-ak, bizbiz-ak, var-ak kabi.
Boshqa so‘z turkumlaridan yasalgan otlar. Ot va fe’ldan tashqari, sifat, son, olmosh, ravish va taqlidiy so„zlar ham ot yasalishida asos bo„lib xizmat qiladi. Bular orasida sifatdan ot yasalishi nisbatan faolroq bo„lib, qolgan so„z turkumlaridan yasalish ancha chegaralangan. Shuni ham eslatish kerakki, bu so„z turkumlaridan yasalishda qo„llanuvchi affikslar miqdor jihatidan u qadar ko„p emas:
-lik. Sifat, son, ravish, ba’zan olmoshlardan yasash asosi ma’nosi bilan bog„liq belgi, xususiyat va holat oti yasaydi: yaxshi- lik, go‘zal-lik, yangi-lik, katta-lik, ongsiz-lik, eski-lik, bir-lik, besh- lik (beshta-lik), tez-lik, ko‘p-lik, sekin-lik, o‘z-lik kabi.
-chilik (-chi+lik). Bu murakkab affiks sifatlardan holat, xususiyat, belgi ma’nosidagi mavhum ot yasaydi: xursand-chilik, pishiq-chilik, arzon-chilik, noma'qul-chilik, beadab-chilik, yo‘q- chilik, kam-chilik, qimmat-chilik.
-garchilik (-gar+chi+lik). Bu affiks ham sifatlardan yasash asosi anglatgan belgi, xususiyat va holat ma’nosidagi mavhum ot yasaydi: ovora-garchilik, serob-garchilik, sharmanda-garchilik, xafa-garchilik, bemaza-garchilik kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |