O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


Download 1.11 Mb.
bet22/107
Sana10.09.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1675200
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   107
Bog'liq
118332 Majmua 2-kurs, 3-4 semestr

- loq. Yasash asosidan anglashilgan narsa mavjud bo„lgan o„rin, joy ma’nosidagi ot yasaydi: o‘t-loq, qum-loq, tosh-loq kabi.

  • -don. Yasash asosidan anglashilgan narsalarni saqlashga xoslangan, shu narsa solinadigan narsani anglatadigan ot yasaydi: tuz-don, kul-don, siyoh-don, qalam-don, gul-don, suv-don kabi.

  • -zor. Bu affiks yasash asosi anglatgan narsa ko„p

    bo„ladigan joy ma’nosidagi ot yasaydi: paxta-zor, olma-zor, daraxt-zor, uzum-zor, o'rmon-zor, lola-zor, anjir-zor kabi.

    1. -iston. Xalq (millat) nomini bildiruvchi yoki boshqa biror so„zga qo„shilib, shu xalq (millat) yashaydigan mamlakat yoki yasovchi asos anglatgan narsa ko„p bo„lgan joy ma’nosidagi ot yasaydi: O‘zbek-iston, Tojik-iston, Arman-iston, Bahor-iston, gul- iston kabi.

    2. -poya. Yasash asosidan anglashilgan narsa bilan bog„liq bo„lgan narsa va o„rin nomini bildiruvchi ot yasaydi: g‘o‘za-poya, beda-poya, zina-poya, sholi-poya, arpa-poya bug ‘doy-poya kabi.

    3. -goh. Yasash asosida ifodalangan voqea-hodisalar voqe bo„ladigan joy ma’nosidagi ot yasaydi: jang-goh, sayr-goh, orom- goh, sayil-goh, manzil-goh kabi.

    4. -noma. Bu affiksoid yasash asosi ifodalagan narsa bilan bog„liq xat, hujjat ma’nosidagi ot yasaydi: guvoh-noma, shart- noma, taklif-noma, baxt-noma, ayb-noma, tashakkur-noma, arz- noma kabi.

    5. -xona. Yasash asosidan anglashilgan narsa uchun xoslangan, biror ish uchun mo„ljallangan joy ma’nosini anglatuvchi ot yasaydi: ish-xona, bosma-xona, dori-xona, osh- xona, choy-xona, qabul-xona, to‘y-xona kabi.

    6. -obod. Turli so„zlarga qo„shilib, yasash asosi ma’nosi bilan bog„langan joy nomlarini yasaydi: Paxta-obod, Mehnat-obod, Dehqon-obod, Yunus-obod, Yangi-obod kabi.

    Yuqorida ko„rsatilgan -poya, -noma, -xona, -obod kabi affiksoidlar bilan bir qatorda, o„zbek tilida xuddi shunday mustaqil so„zlar ham mavjud. Misollar: (Majididdin)
    Mo‘minmirzoni o‘rtaga solib, shahzoda Badiuzzamonga noma yuboring (Uyg‘un va I.Sulton). Yaxshi ishlasak, o‘z turmushimiz farovon, yurt obod bo‘ladi (Oybek). Ko‘prikning nariyog‘ida ishkomga poyasi kesib olingan keksa tol yonida, Dildor bilan A'zamjon turardi. (S.Ahmad).

    Download 1.11 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   107




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling