O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


Download 1.11 Mb.
bet25/107
Sana10.09.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1675200
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   107
Bog'liq
118332 Majmua 2-kurs, 3-4 semestr

-ch, -inch. Bu affiks asli fe’lning o„zlik daraja shakliga qo„shilib, harakat va holat ma’nosidagi mavhum ot yasaydi: quvon-ch, sevin-ch, ishon-ch, suyun-ch, yupan-ch kabi.

  • -(i)k, (i)-q (-ik, -iq, -uq, -oq). Bu affiks polisemantik xususiyatga ega bo„lgan mahsuldor affiks bo„lib, asos anglatgan harakat va holat bilan bog„liq turlicha ma’no bildiruvchi ot yasaydi: ko‘r-ik, tesh-ik, beza-k, ti-la-k, chiz-iq, sol-iq, yut-uq,

    uch-uq, o‘r-oq, qiyno-q kabi.
    Bu affiks:

    1. aniq narsa va harakat quroli otini yasaydi: kura-k, ela-k, to‘sha-k, pich-oq, tuz-oq, taro-q, soch-iq, o‘r-oq kabi;

    2. o„rin-joy ma’nosini bildiruvchi ot yasaydi: yot-oq, qo‘r-iq kabi;

    v) holat, xususiyat, belgi ma’nosidagi mavhum ot yasaydi: tila-k, beza-k, yut-uq, sol-iq, qil-iq, buyr-uq, charcho-q, tort-iq kabi.

    1. -indi (-in+di). Bu affiks yasash asosidan anglashilgan harakat va holatning bajarilishi natijasida hosil bo„ladigan narsani bildiruvchi ot yasaydi: yig‘-indi, qir-indi, yuv-indi, oq-indi, supur- indi, chiq-indi kabi. Bu affiks orqali hosil bo„lgan yasalma ba’zan sifat bo„ladi: asra-ndi (saqla-ndi) bola kabi.

    2. -in, -un. Bu affiks yasash asosi anglatgan harakat va holatning bajarilishi natijasida yuzaga keladigan narsani bildiruvchi ot yasaydi: ek-in, yig‘-in, yog‘-in, tug-un, bo‘g‘-in, quy-un (quyun) kabi.

    3. -mak, -moq. Kamunum affiks bo„lib, yasash asosi anglatgan harakat jarayoni bilan bog„liq bo„lgan narsani bildiruvchi ot yasaydi: ye-mak, chert-mak, topish-moq, quy-moq, chaq-moq, il-moq kabi.

    4. -dak, -doq. Yasash asosi anglatgan harakat va holat bilan bog„liq narsa, belgi, xususiyat bildiruvchi ot yasaydi: kekir-dak, yugur-dak, qovur-doq, qo‘n-doq kabi. Bu affiks ba’zan taqlidiy so„zlardan ot yasaydi va -ildoq shaklida yaxlit holda keladi: shaq- ildoq, chir-ildoq, shilp-ildoq, hiq-ildoq kabi. Bu unumsiz affiks ba’zan sifat ham yasaydi: lik-ildoq, so‘lq-ildoq kabi.

    5. -g‘in, -qin. Yasash asosidan anglashilgan harakat va holat jarayoni nomini bildiruvchi ot yasaydi: yon-g‘in, quv-g‘in, qir- g‘in, bos-qin, tosh-qin, to‘l-qin kabi. Bu affiks -g‘un, -qun shaklida ham ishlatiladi:yul-g‘un, uch-qun, tut-qun kabi.

    6. -(u)-v, (o)v. Yasash asosidan anglashilgan harakat va holat ma’nolarini bildiruvchi ot yasaydi: maqta-v=maqtov, sayla- v=saylov, qursha-v=qurshov, uchrash-uv, tortish-uv, yoz-uv, to‘qnash-uv, o‘qi-v=o‘quv kabi.


    7. Download 1.11 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   107




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling