Mustaqil o‘qish uchun adabiyotlar
1. Hojiyev A. O‘zbek tili morfologiyasi, morfemikasi va so‘z yasalishining nazariy masalalari.-Toshkent: Fan, 2010
2. G‘ulomov A.,TixonovA.N.,Qo‘ng‘urov.R.O‘zbek tili morfem lug‘ati.-Toshkent: O‘qituvchi, 1977.
2-MAVZU. MA’RUZA MATNI.
So’zning morfem tarkibidagi o‘zgarishlar. Affiksal morfemalarning ayrim xususiyatlari
Reja:
1. So’zning morfem tarkibidagi o‘zgarishlar.
2. Affiksal morfemalarning ayrim xususiyatlari
So‘zning morfemik tarkibidagi o‘zgarishlar
Fonetik o‘zgarishlar so‘zning o‘zak qismida ham qo‘shimchada ham yuz beradi. Bunday o‘zgarishlar turli sabablarga ko‘ra bo‘ladi. O‘zakdagi o‘zgarishlar, asosan qo‘shimchalarning qo‘shilishi bilan bog‘liqdir, Masalan, ong+la-angla, son+a-sana, ikki+ov-ikkov kabi.
Bunday o‘zgarishlar ko‘proq affiks morfemda yuz beradi. Qo‘shimchadagi o‘zgarishlar o‘zak-negizning fonetik tarkibiga bog‘liqdir. Masalan, qishloq+ga- qishloqqa, terak+ga- terakka kabi.
Davrlar o‘tishi bilan bir nechta affiks birikib bitta affiks morfema holatiga kelib qolishi mumkin. Masalan, zargarlik, dehqonchilik so‘zlari morfemalarga zar+gar+lik, dehqon+chilik tarzida ajratiladi. Ko‘rinadiki, birinchi so‘zda –lik alohida morfema bo‘la oladi, ikkinchi so‘zda esa u alohida morfema bo‘la olmaydi. Sababi ikkinchi so‘zdagi qolgan dehqonchi qism ma’no anglatmaydi, ilde shu shaklda qo‘llanmaydigan bo‘lib qolgan. Shunga ko‘ra dehqon- o‘zak morfema – chilik yaxlit xolda bitta affiksal morfema sanaladi.
Affikslar tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
Sodda affikslar.
Qo‘shma affikslar.
Sodda affikslar mustaqil morfema bo‘la oladi. Masalan, ishlashdi – ish+la+sh+di, lug‘atchilik – lug‘at+chi+lik, misgarlik – mis+gar+lik kabi.
Qo‘shma affikslar yaxlit holda bitta affiksal morfema sanaladi. Masalan, kosibchilik – kosib+chilik, odamgarchilik – odam+garchilik, yordamlash – yordam+lash kabi.
4-ilova
Oydinlashtirmoq, ozg‘inlik, ravshanlashtirmoq, po‘rsildoq, sensiramoq, tutqunlik, charmlattirmoq, shakarguftorlik, egiluvchanlik, egovlanmoq, qantarilmoq, qappaytirmoq, qultum, qo‘rqinqiramoq.
So‘zlarda bo‘lgani kabi affikslarda ham polisemiya, omonimiya va antonimiya hodisalari uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |