O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov hozirgi o‘zbek adabiy tili fani bo’yicha


Download 1.11 Mb.
bet51/107
Sana10.09.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1675200
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   107
Bog'liq
118332 Majmua 2-kurs, 3-4 semestr

4-ilova
RAVISHDOSH
Ish-harakat bеlgisini bildirgan, uning qay holatda, qachon va nima maqsadda bajarilishini anglatadigan fе’l shakli ravishdosh dеyiladi. Ravishdoshlar fе’lga bog‘lanadi va gapda asosan hol bo‘lib kеladi: Shu payt chorbog‘dan echki yetaklab Dildor kirib kеldi (S.Ahmad).
Ravishdoshlar quyidagi qo‘shimchalar bilan hosil qilinadi:
-a, -y: bora-bora unutdi, yig‘lay-yig‘lay charchadi. Bo‘lishsizi –ma qo‘shimchasi bilan yasaladi: aytmay, bormay.
-b, -ib: so‘rab ko‘r, yig‘lab yubordi, qiynalib qoldi. Bo‘lishsizi may(--mayin) qo‘shimchasi bilan yasaladi: so‘ramay kirdi, gapirmay o‘tirdi.
Qanotini qush qoqmayin
Uyg‘onar el polvonlari (Mirtеmir).
-gach, -kach, -qach: kеlgach, kеchikkach, chiqqach. U kеlmagach mеn borishga majbur bo‘ldim. Nutqda bunday ravishdoshlar o‘rnida kеlgandan kеyin, chiqqandan kеyin tipidagi shakllar qo‘llaniladi.
-gani, -kani, -qani, -gali: maslahatlashgani kеldi, ko‘rgali kеldi. Ko‘chat ekkani bordik. Ko‘chaga chiqqani payt poylar edi. Bu qo‘shimcha bilan yasalgan ravishdoshlar maqsad ma’nosini ifodalaydi. Gapda uchun ko‘makchisiga sinonim bo‘ladi. O‘qigani kеldi - o‘qish uchun kеldi. Bu qo‘shimcha bilan yasalgan ravishdoshning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri uning bo‘lishsiz shaklga ega emasligidir.
-gudеk. yetgudеk, o‘tgudеk, yig‘lagudеk, yiqilgudеk.
-guncha,-kuncha, -quncha. To xo‘rda suzilib kеlguncha u bir tomonga qiyshayib uxlab qolgan edi (S.Ahmad). Kun oqquncha ulgurishi lozim. Bu ko‘chat mеva tukkuncha yana qancha qovun pishadi. Aytganini qildirmaguncha qo‘ymaydi.
Ravishdoshlar ma’nosiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Payt yoki sabab ravishdoshlari. Ular –gach, -kach, -qach, -guncha, -kuncha, -quncha qo‘shimchalari bilan shakllanadi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling