O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Download 1.49 Mb.
bet47/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

SINTAKSIS
Sintaksis so‘z birikmalarini, gap qurilishi va grammatik xususiyatlarini, gap turlarini, gap bo‘laklarini, bu bo‘laklarning o‘zaro birikish yo‘llarini o'rganadi.
Nutqning asosiy bo‘lagi - gapdir. Grammatik qonun-qoidalaiga asos- langan, grammatik jihatdan shakllangan, ohangiy tugallikka ega bo‘lgan va nisbiy tugallangan fikrni bildirgan so‘zlar yoki so‘z gap bo‘ladi.
Ma’no va grammatik jihatdan o‘zaro bog‘langan ikki va undan ortiq mustaqil so‘zlar so‘z birikmasi deyiladi.
Yuqorida gapdagi so‘zlar ma’no talablariga ko‘ra o‘zaro turli sintaktik munosabatlariga kirishishi aytib o'tilgandi. Gapning butunligini, sintaktik jihatdan mustahkam jipsligini ta’minlaydigan narsalar anashu munosabat- lardir. Masalan: llg'or chilangar topshiriqni oshirib bajardi. Bu gapda bir nechta so‘z birikmasini ajratib ko‘rsatish mumkin: Ilg‘or chilangar, topshiriqni bajardi, oshirib bajardi.
Bir-biri bilan sintaktik jihatdan bog‘langan, birinchi darajali predi- kativlik munosabatiga ega bo‘lmagan, ikki yoki undan ortiq mustaqil so'zlar qo‘shilmasi so‘z birikmasi deyiladi. So‘z birikmalari anglatgan ma’nolariga ko‘ra so‘zlarga o‘xshash: ular so‘zlar kabi nominativ atash funksiyasiga ega, narsa va hodisalarni ularning xususiyati bilan birga qo‘shib ataydi. So‘z birikmalari gaplardan quyidagi xususiyatlari bilan farq qiladi:

  • gaplarda predikativlik munosabati bor (ega-kesim munosabatida ifoda qilinadi), so‘z birikmalarida bunday munosabat yo‘q;

  • gaplar bir so‘zdan iborat bo‘lishi mumkin, so‘z birikmasida kamida ikkila mustaqil so‘zbo‘ladi;

  • gaplar o‘z ohang tuzilishiga ega, so‘z birikmalarida bunday xususiyat vo‘q.

So'z birikmalari bir — biri bilan moslashuv, boshqaruv va bitishuv yo'li bilan bog'lanadi.
Moslashuv. Tobe so‘z hokim so‘z shakliga mos keladi. Masalan: Sojib- uioh GacceitH, Gojibiuas pexa, talaba o‘qiydi.
Boshqaruv. Tobe so‘z hokim so‘z talab qilgan grammatik shaklni oladi. Masalan: BCTpeTmi SpaTa, iHTaio KHwry. she’rni yod oldim, stolni surib qo‘y.
Bitishuv. So‘zlar hech qanday qo'shimcha va yordamchi so‘zlarsiz birikib keladi. Ravish+fe’l, sifat+ot. Masalan: ko‘p terdi, oq gul.
Sintaksis grekcha so‘zdan olingan bo'lib, lug'aviy ma’nosi tuzish degan tushunchaga to‘g‘ri keladi.
Sintaksis grammatikaning bir qismi bo'lib, gap qurilishi haqidagi ta’limdir. Gap va uning logik-grammatiktiplari sintaksisning o‘rganish obyektidir. So‘z birikmalari va gap bo‘laklari gap qurilishining tarkibiy qismini tashkil qiladi. Gapda so‘zlarning o'zaro sintaktik aloqaga kirish usullari sintaksisning “So‘z birikmasi” bahsining obyckti hisoblanadi.
Sintaksis grammatikaning ikkinchi qismi — morfologiya bilan uzviy bog‘liqdir. Morfologiya vasintaksisbir-birini to'ldiradi. Sintaktik kategori- yalar ko‘pincha morfologiya bilan bog‘liq holda o‘rganiladi. Masalan, sodda gaplar paradigmasi morfologikkategoriyalar asosidabayon qilinadi. Ba'zi til hodisalari /kelishiklar, yordamchi so‘zlar/ ham morfologiyada, ham sintaksisda o‘rganiladi.
Gap
Aloqa-aralashuv vositasining eng kichik birligi gapdir. Gap tuzish modellari til birligi bo‘lsa, konkret gaplar nutq birligidir.
Obyektiv borliq va ungabo‘lgan munosabatni ifoda qilib, nisbiy tugal fikr yoki his-tuyg‘u anglatib, tugal intonatsiyaga ega bo‘lgan so‘z hamda grammatik qonun-qoidalar asosida o‘zaro birikkan so‘zlar bog‘lamasi gap deyiladi.
Gapning asosiy logik-grammatik belgilari quyidagilar:
Har qanday gapda obyektiv borliq va unga bo‘lgan munosabat ifoda qilinadi. So‘zlovchi shaxsning aytilayotgan fikrgabo‘lgan munosabati pre- dikativlikdir. Predikativlik gapning grammatik ma’nosini ifoda qiladi. U gap hosil qiluvchi kategoriya bo‘lib, gapda ifoda qilinayotgan fikrning borliqqa bo‘lgan munosabatini modal planda ham zamon va shaxs-sonda ifoda qiluvchi kategoriyadir.
Modallik predikativlikning tarkibiy qismibo‘lib, fe’l mayillari, modal so‘zlar bilan ifoda qilinadi. Umuman predikativlik sintaktik mayl, zamon, shaxs-son kategoriyalari, modal so‘zlar va intonatsiya orqali ifodalanadi. Sintaktik mayl, zamon, shaxs-son kategoriyalari morfologik mayl, zamon, shaxs-son kategoriyalaridan farq qiladi. Sintaktik mayl, zamon, shaxs- son kategoriyalarining ma'nosi kengdir: bir mayl, zamon, shaxs-son formasi nutqjarayonida boshqa mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarini ifoda qilish uchun ham qoilanishi mumkin.
Har qanday konstruksiya gap boiib kelish uchun tugallangan into- natsiyaga ega bo‘ladi. Jonli nutqda bir gap ikkinchi bir gapdan tugallangan intonatsiya (pauza) bilan ajralib turadi. Yozuvda esa bu tegishli belgilar (nuqta, so‘roq, undov belgilari) bilan ko‘rsatiladi. Mana shu belgiga ega boimagan ayrim predfaol konstruksiyalar gap hosil qilmay, birikmali aniqlovchi hisoblanadilar: Zulfiya o'qigan kitobjudaqiziqarli ekan. Uzoqdan bo‘yi baland yigit ko‘rindi.
Gapda fikming barcha formalari (hukm, so‘roq, buyruq) ifoda qilinadi. Bular nisbiy tugal bo‘ladi. Demak, gap fikr formalarining birortasiga ham teng bo‘lmaydi. Gap doirasi ulardan keng. Gap grammatik kategoriya, fikr formalari esa logik kategoriyalardir.
Gap bir so‘z yoki so‘zlar bog‘lamasidan tashkil topadi. Bir so‘zning gap bo‘lib kelishi maxsus intonatsiya orqali ifodalanadi: Bahor. Hamma yoq ko‘m-ko‘k.
Gap so‘zlar bog‘lamasidan iborat bo‘lganda, uning bo‘laklari ma'lum grammatik qonun-qoidalar asosidasintaktik aloqagakirishadilar. Bu tip gaplarda predfaollik mayl, zamon, shaxs-son kategoriyalari, modal so‘zlar bilan ifodalanadi: qirdan g‘ir-g‘ir shabada esadi.
Gaplarning klassifikatsiyasi
Gaplar quyidagi belgilar asosida klassifikatsiya qilinadi:

  1. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari.

  2. Gapning voqelikka munosabat jihatidan turlari.

  3. Gapning strukturaviy klassifikatsiyasi:

a/ Struktura asos /grammatik markaz/ning miqdoriga ko‘ra turlari;
b/ struktura asosining tarkibiga ko‘ra turlari;
c/ ikkinchi darajali bo‘laklaming ishtirokiga ko‘ra turlari;
d/ zarur boiaklarning ifodalanishiga ko‘ra turlari.

  1. Gapning boiaklarga ajralish-ajralmasligiga ko‘ra turlari.


Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling