O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Gapda so‘zlarning o‘zaro sintaktik aloqaga kirituvchi vositalar


Download 1.49 Mb.
bet50/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

Gapda so‘zlarning o‘zaro sintaktik aloqaga kirituvchi vositalar
Gapda so‘zlar turli vositalar yordamida sintatik aloqaga kirishadilar. Bular quyidagilar:

  1. Formal — grammatik vositalar. Bularga so‘z o'zgartuvchilar/egalik, kelishik, shaxs-son affikslari/ kiradi: mening kitobim, Zulfiyani ko‘rmoq, men o‘qidim.

  2. Leksik — grammatik vositalar. Bularga ko'makchi, bog‘lovchi, yukla-, ma, bogiamalar kiradi: Nazira uchun olmoq, daftar va qalam, keldi-da ketdi, men o‘qituvchi boiaman.

  3. So‘zlar tartibi: katta bino — Bino katta.

  4. Jntonatsiya:

Pauza: katta /mevali daraxt — katta mevali/ daraxt.
Melodika - tovushning baland - past boiib toblanishi: Mahfuza keldi? Logik urg‘u: Men institutda o‘qiyapman. Men institutda o‘qiyapman. Men institutda o qiyapman
Gapda so‘zlaming o‘zaro sintaktik aloqaga kirishish usullari
So‘zlar o‘zaro tenglashish, ergashish, munosabatlashish, moslashish orqali sintaktik aloqaga kirishadi.
Tenglashishda sintaktik jihatdan teng bog‘lovchilar yordamida sintaktik aloqaga kirishadi. Bunda ochiq vayopiq qator hosil bo‘ladi: Zulfiya va Feruza birga darstayyorlashdi. /Yopiq qator./ Zulfiya, Feruza, Nargiza, Dinoralar birga dars tayyorlashdi. /Ochiq qat,or./
Ergashishda biri hokim, biri tobe bo‘laklar sintaktik aloqaga kirishadi: beshta daftar, vazifani bajarmoq.
Munosabatdorlashishda biri ikkinchisini taqoza qiladigan so‘zlar sintaktik aloqaga kirishadi. Bunda biri ikkinchisiga hokim, biri ikkinchisiga tobe: Salimning daftarLBu tip konstruktsiyalardabirinchikomponentning belgisiz kelishi ham mumkin: institul kutubxonasi.
Moslashishda ega va kesim formasiga ko‘ra. ya’ni shaxs — sonda mosla- shadi: Meno‘qidim. Siz keldingiz. Uchinchi shaxsda son jihatidan doimo moslashish shart emas. qiyos qiling: Ular keldilar. —Ular keldi.
So‘z o'zaro sintakt ik aloqasi predikativ hamda noprediktiv bog‘lanish hosil qiladi. Moslashish predfaol bog‘lanish, tenglashish, ergashish, muno- sabatdorlashish noprediktiv bogdanish hosil qiladi.
Tenglashish uyushiq bo‘laklar, moslashish gap, ergashish va munosa- batdorlashish so‘z birikmasi hosil qiladi.
Ergashish boshqaruv va bitishuv usullarini o‘zida birlashtiradi.
Boshqaruv. Bunda hokim bo‘lak tobe bo‘lakning ma’lum formada kelishini talab qiladi. Bunda bog‘lanish ham semantik, ham grammatik jihatdanyuz beradi. Boshqaruvdatobe bo‘lakkelishikli va ko‘makchili konstruktsiyashaklida bo‘ladi. qiyos qiling: Zulfiyani ko‘rmoq. Zulfiya uchun olmoq.
Bitishuv. Bundatobe vahokim bo'lak grammatik ko‘i-satikichlarsiz aloqaga kirishib, semantik jihatdan bog‘langan bo'ladi. Bitishuvda aloqa tartib va intonatsiyadan bilimb turadi: katta bino; bu kitob; beshta qalam; tez o‘qi- moq; kulib gapirmoq: o‘qigan bola.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling