O’zbek tili adabiyoti kafedrasi n. Dosanov tilshunoslik nazariyasi fani bo’yicha


Download 1.49 Mb.
bet52/93
Sana16.06.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1517583
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   93
Bog'liq
93432 Majmua Tilshunoslik nazariyasi1-kurs,1sem, (1)

Kiritma konstruksiyalar
Kiritma konstruksiyalar gap mazmuniga yoki uning ayrim boTaklari ma’nosiga nutq jarayonida kiritilib. gap bilan logik — semantik jihatdan munosabatga kirishadilar.
Kiritma konstmksiyalar intonatsion jihatdan mustaqillikkka ega boladilar. Ular biror so‘roqqa javob bo‘lmaydilar. sintaktik vazifa bajar-maydilar, gap bo'lagi yoki qo‘shma gaplaming komponenti bo‘lib hisob-lanmaydilar.
Kiritma konstruksiyalar tushunilishi qiyin yoki tushinilmaydigan so‘z- lar (dialektizm, professionalizm, termin, jargonizm, arxaizm, istorizm kabilar) ma’nosini, ayrim leksik birliklarning talaffuzi va etimologiyasini izohlash, so'zlovchining subyektiv — emotsional munosabatini ifodalash, xabar manbaini ko'rsatish, qo‘shimcha ma’lumotlar berish uchunxizmat qiladi: Boshidagi qalampir nusxa qora do‘ppisi ham (na chust nusxaga o‘xshaydi, na marg'ilon nusxaga) yangi. (H.G‘.) Engil atletika bo'yicha o‘tkazilgan musobaqada Nazira Ermatova (Toshkentdan), Vali Nazarov (Buxorodan), Vera Ivanova (Smarqanddan) g‘olib chiqdilar.
Kiritmakonstruksiyalar. strukturasigako‘ra, uch tipgabo‘linadilar: kiritma bo‘lak, kiritma birikmalar, kiritma gaplar.
Kiritma boTak ayrim so‘z shaklida boTadi: Go‘daklikdan sheur yod ola boshlagan Alisher ajoyib natijaga erishdi. Ellik ming bayt / yuz ming satr / she’rni yod oldi. (LSulton).
Kiritma birikmalar so‘z birikmasi shaklida boTadi: u (safardan qaytgan kishi)... juda mayda odatiy voqealarni ham qoldirmay so‘zlar edi. (G‘.G‘).
Kiritma gaplar gap shaklida boTadilar: Shu payt dumi kalta chavkar ot mingan qora soqolli keksabirbek (yuzi ayollarniki singari tuksizboT- ganidan, jangchilar o‘zaro uni ko‘sa deb atashardi) Husayinning yoniga yugurib keldi. (L.B.)
Kiritma konstruksiyalar ko‘pincha gap ichida, ba’zan gap oxirida ke- ladilar, gap boshida kelmaydilar.
Kiritmakonstruksiyalar gapning barchatiplari tarkibidakelishi mumkin. Ba'zan bir gap (ko‘proq murakkablashgan gaplar) tarkibida bir necha‘ boTishi ham mumkin: Mehmonxonaga joylashib, soqol-mo‘ylovlarni olib (Ochil sho‘x harakat bilan yuzini siladi), keyin agitator sifatida (u ko‘kra- gini kerdi) salobat bilan kirib bordim. (P.Q.).
Gap kishi fikrini shakllantirishda, ifoda qilishda, boshqalargabildirish- da, umumiy fikr almashinuvda asosiy vositadir. Gap faqat muhokamani bildirmasdan, isiak,buyruq, so‘roq kabi fikrlarni ham ifodalab keladi.
Gaplar ifoda etgan maqsadiga ko‘ra bir necha turga bo‘linadi; darak, so‘roq, undov, buyruq gaplar. Gaplar tuzilishiga ko'ra sodda va qo‘shma gap bo‘ladi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling