O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi (2022-2023- o‘quv yili) 1-variant
Download 53.94 Kb.
|
O\'zbek tili ON(tuzatilgan)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar
- Tuzuvchi: dotsent Ya.I.Avlakulov O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi (2022-2023- o‘quv yili) 16-variant
(2022-2023- o‘quv yili)
15-variant Amir Temur o‘g‘lini Tabrizdan Samarqandga jo‘natayotganda shunday nasihat qilgan edi: “El-yurtning mushkulin oson qilgin, adolatli yo‘l tutgin, savob ishlar qilib, ko‘pchilikning duosini olgin!” Shohruh Mirzo Sirdaryoning chap tomonidagi suvsiz cho‘lda qiynalib yashayotgan aholining arz-u dodini eshitganda, shu nasihatlar yodiga tushdi va Gavharshodbegimga dedi: “Sardoba qurdirsakmikin?” Gavharshodbegim Zarafshon daryosidan chiqarilgan Darg‘om anhorini uning yodiga soldi va shunday dedi: “Sirdaryoning suvi Zarafshonnikidan ham ko‘p, amirzodam. Agar undan Darg‘omga o‘xshagan shohariq chiqarilsa, qancha suvsiz joylar obod bo‘lardi, qancha odamlar sizni duo qilardi”. (P. Qodirov) Topshiriqlar 1. Matndagi gaplarning faqat subyekt va predikatini ko‘chirib, qavs ichida nima bilan ifodalanganligini yozing. 2.Ajratib ko‘rsatilgan fe’lni kelasi zamon gumon fe’li (bo‘lishsiz) va hozirgi zamon davom fe’li (bo ‘lishli) shakllarida tuslang. 3.Matndan tovush o‘zgarishlariga uchragan barcha so‘zlarni ajratib, qavs ichida turini(t.a.,t.t.,t.o.) yozing 4.Shohruh Mirzo Sirdaryoning chap tomonidagi suvsiz cho‘lda qiynalib yashayotgan aholining arz-u dodini eshitganda, shu nasihatlar yodiga tushdi va Gavharshodbegimga dedi: “Sardoba qurdirsakmikin?” Ushbu gapdagi har bir so‘zni qaysi tamoyil asosida (fonetik t.,morfologik t.,shakliy t. ) yozilganini qavs ichida izohlang. 5.Gavharshodbegim Zarafshon daryosidan chiqarilgan Darg‘om anhorini uning yodiga soldi. Ushbu gapdagi fe’llarni topib,qavs ichida qaysi zamonda,nisbatda va maylda ekanini yozing. Tuzuvchi: dotsent Ya.I.Avlakulov O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi (2022-2023- o‘quv yili) 16-variant Bu yil bahorni juda-juda sog‘indik.Ayniqsa, yanvarning izg‘irinli, ayozli kunlarida ko‘klamning qadri juda bilindi. Mana, bobo quyosh charaqlab, kunlar iliy boshladi.Ona zamin qish uyqusidan uyg‘ondi. Odamlarning bahri dili ochilib, kayfiyatlari ko‘tarilib, bahorgi tashvishlarga sho‘ng‘ib ketishdi. Hammaning niyati yaxshi, ularni qulay imkoniyatdan foydalanish istagi chulg‘ab olgan. Dehqonlar yerdagi namlikdan, tog‘dagi qor zaxirasidan xursand, bu yil obihayot mo‘l bo‘lishidan umidvor. Dalalar esa xamirturushdek ko‘pchib turibdi. Dehqon yerga tezroq baraka urug‘ini qadash umidida yonmoqda. (I. Normatov) Topshiriqlar 1. Matndagi gaplarning faqat subyekt va predikatini ko‘chirib, qavs ichida nima bilan ifodalanganligini yozing. 2.Ajratib ko‘rsatilgan fe’lni o‘tgan zamon davom fe’li (bo‘lishli ) va kelasi zamon maqsad fe’li (bo ‘lishsiz) shakllarida tuslang. 3.Matndan tovush o‘zgarishlariga uchragan barcha so‘zlarni ajratib, qavs ichida turini(t.a.,t.t.,t.o.) yozing. 4.Hammaning niyati yaxshi, ularni qulay imkoniyatdan foydalanish istagi chulg‘ab olgan. Ushbu gapdagi har bir so‘zni qaysi tamoyil asosida (fonetik t.,morfologik t.,shakliy t. ) yozilganini qavs ichida izohlang. 5. Ayniqsa, yanvarning izg‘irinli, ayozli kunlarida ko‘klamning qadri juda bilindi. Ushbu gapdagi fe’lni topib,qavs ichida qaysi zamonda,nisbatda va maylda ekanini yozing. Download 53.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling