O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi (2022-2023- o‘quv yili) 1-variant


Download 53.94 Kb.
bet15/18
Sana09.06.2023
Hajmi53.94 Kb.
#1466556
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
O\'zbek tili ON(tuzatilgan)

Tuzuvchi: dotsent Ya.I.Avlakulov


O‘zbek tili fanidan 1-bosqich talabalari uchun oraliq nazorat ishi
(2022-2023- o‘quv yili)
17-variant
Til bir jihatdan tabiat va insondagi go‘zallikni aks ettiruvchi vosita bo‘lsa, ikkinchi jihatdan unda go‘zallikni vujudga keltiruvchi javharlar ham mavjud. Tilga go‘zallik javhari sifatida nazar soladigan bo‘lsak, uning kishini hayratlantiradigan darajada yetukligi bor.
Qaysi bir tilni olmang, undagi tovushlar yuzga yetmaydi.Masalan, hozirgi o‘zbek adabiy tilida o‘ttiz bitta tovush bor. O‘zbek tiliga tarixan nazar solgan vaqtimizda yoki shevalarni hisobga olganimizda ko‘proq bo‘ladi, ammo qirqtadan oshmaydi. Mana shu qadar ozgina tovushdan o‘zbek tili tarixida milliondan ortiq so‘z yasalgan va bu so‘z yasalishi kerak bo‘lgan taqdirda cheksiz davom etishi mumkin.
Tilning mana shu yetukligi uning go‘zalligini va undan foydalanuvchining, ya’ni so‘zlovchining yoki yozuvchining nutqiy mahoratini ta’minlaydi.
(A. Rustamov.“So‘z xususida so‘z”dan.)

Topshiriqlar
1. Matndagi gaplarning faqat subyekt va predikatini ko‘chirib, qavs ichida nima bilan ifodalanganligini yozing.
2. Ajratib ko‘rsatilgan fe’lni o‘tgan zamon davom fe’li (bo‘lishli) va hozirgi-kelasi zamon fe’li (bo‘lishsiz) shakllarida tuslang.
3.Matndan tovush o‘zgarishlariga uchragan barcha so‘zlarni ajratib, qavs ichida turini(t.a.,t.t.,t.o.) yozing .
4.Tilning mana shu yetukligi uning go‘zalligini va undan foydalanuvchining, ya’ni so‘zlovchining yoki yozuvchining nutqiy mahoratini ta’minlaydi.
Ushbu gapdagi har bir so‘zni qaysi tamoyil asosida (fonetik t.,morfologik t.,shakliy t. ) yozilganini qavs ichida izohlang.
5.Mana shu qadar ozgina tovushdan o‘zbek tili tarixida milliondan ortiq so‘z yasalgan.
Ushbu gapdagi fe’lni topib,qavs ichida qaysi zamonda,nisbatda va maylda ekanini yozing.


Tuzuvchi: dotsent Ya.I.Avlakulov

Download 53.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling