O’zbek tili fanidan “Bilimlar bellashuvi”ning tuman bosqichi uchun
(umumta`lim maktablar)
6- sinf 3-variant
Bog’i Boburiy
Falakning gardishi bilan mirzo Bobur Hindiston degan yurtga borib, u yerning sultoni bo’libdi. Hindiston bog`-rog’i, ko’p meva-chevaga boy yurt ekan. Boburshoh mendan yodgor qolsin deb, Hindistonning ko’rkam joyiga bir bog’ barpo ettiribdi. Dunyodagi bu eng katta bog’ga turli yurtlardan nihollar, gullar olib kelib ko’kartiribdi. Xalq dunyoga dong’i ketgan bu bog’ga “Bog’i Boburiy” deb nom qo’yibdi. (56 so’z)
O’zbek tili fanidan “Bilimlar bellashuvi”ning tuman bosqichi uchun
(Ixtisoslashtirilgan sinflar)
6- sinf 1-variant
Non hurmati
Mirzo Ulug’bek mulozimlari bilan ketayotganida yo’l yoqasida yotgan bir burda nonni ko’rib qolibdi va darrov otdan tushib, uni qo’yniga solibdi. Mulozimlaridan biri:
-Sultonim nega bizga buyurmay, o’zingiz otdan tushdingiz? – deb so’raganida, shunday javob beribdi:
-Nonni birinchi bo’lib men ko’rdim. Shunday ekan, uni yerdan olishni boshqa birovga buyirish mening nonga nisbatan hurmatsizligim bo’lar edi. Nonning ulug’ligi oldida mening podsholigim nima bo’libdi? (60 so’z)
Do'stlaringiz bilan baham: |