O‘zbek tili fanidan


Biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar


Download 78.13 Kb.
bet5/6
Sana19.01.2023
Hajmi78.13 Kb.
#1102948
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Marjona

Biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar. Biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap qismlari ma’lum bir paytda yoki ketma-ket ro‘y beradigan voqea-hodisani bildiradi hamda va, hamda, ham, -u (-yu), -da, bo‘lsa, esa yordamchilari orqali bog‘lanadiVa, hamda bog‘lovchilari, ham yuklama-bog‘lovchisi yordamida tuzilgan qo‘shma gaplarda bir vaqtda va turli vaqtlarda yuzaga kelgan voqea- hodisa yoki harakat ifodalanadi.
Qiyoslang:
1. Qo‘shma gapda bir vaqtda yuzaga keladigan voqea-hodisa ifodalanadi: Mudir jadal qadam tashlagan holda to‘xtovsiz gapirar va uning so‘zlari hammani qiziqtirar edi. (P.T.)

2. Qo‘shma gapda turli vaqtda yuzaga kelgan voqelik yoki harakat ifodalanadi: Soy guvillab oqar va uning muzdek shamoli qirg‘oqda tartibsiz o‘sgan o‘tlarni silkitar edi (S.Ahm.)


-da, -u (yu) yuklamalarining biriktiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gap tarkibida qo‘llanishida quyidagi holat kuzatiladi:
1. -da yuklamasi qo‘shma gap tarkibida harakatning odatdagidan ko‘ra tezroq bajarilishini ifodalaydi: Eshik g‘irch etib ochildi-da, ruxsat so‘rab Darveshali kirdi. (O.)
2. -u(-yu) yuklamasi hodisalarning bajarilish paytini, sababini, harakat yoki voqea-hodisaning to‘satdan, kutilmaganda va ketma-ket bajarilishini ko‘rsatadi: Shu payt to‘satdan ko‘cha eshigi ochildi-yu, Zunnunxo‘ja xaloslagancha kirib keldi. (A.Q.)
Bog‘lovchi vazifasida qo‘llanuvchi bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida tuzilgan bog‘langan qo‘shma gaplarda ham bir paytda yoki ketma-ket sodir bo‘lgan voqealar ifodalanadi, shu bilan birga bunday tuzilishdagi gaplarda qiyos, izoh, zidlik kabi ma’no munosabatlari ham shakllanadi.24 Masalan: Uning gavdasi juda katta, tovushi bo‘lsa juda baland edi. (S.A.)

2.2 Bog‘langan qo‘shma gaplarda funksional tahlil masalasi
Ma’lumki, an’anaviy tilshunoslikda qo‘shma gap nomi bilan ataluvchi sintaktik qurilmalarni o‘rganish jarayonida ularning tarkibiy qismlarini o‘zaro bog‘lovchi vositalarni yordamchi unsurlar deb atalib kelinadi. Bizningcha, bunday vositalarni yordamchi unsurlar deb atash maqsadga muvofiq emas. Qo‘shma gap shakllanishining semantik jihatlarini nazarda tutganimizda ham, uning struktur-sintaktik nuqtai nazardan voqelanishini e’tiborga olganimizda ham bog‘lovchi vositalarni yordamchi omil sifatida talqin etish mutlaqo noo‘rindir. Agar qo‘shma gapni ko‘p qavatli bino bilan qiyoslaydigan bo‘lsak, bog‘lovchi vositalar uning bo‘sag‘asidan boshlab eng yuqori qavatigacha bo‘lgan hududda hokim mavqega ega ekanligini ko‘ramiz. Zotan, ularning ishtirokisiz qo‘shma gap tarkibiy qismlarining sintaktik faollashuvi ham, o‘zaro bog‘lanishi ham, polipredikativlik va ustpredikativlik xarakteri ham shakllanmaydi.
Yuqoridagilardan tashqari, qo‘shma gap strukturasida yana bir xususiyat mavjud bo‘lib, uni matn tushunchasi orqali izohlash mumkin. Boshqacha aytganda, qo‘shma gapning har qanday turida ham matn maqomini ko‘ramiz. Shu bois ular mazkur ishda mikromatn ko‘rinishini taqozo etuvchi murakkab sintaktik qurilma (MSQ) degan nom bilan atalmoqda.Qo‘shma gaplar bog‘lovchili teng komponentli, bog‘lovchisiz teng komponentli hamda tobe komponentli alohida turlarga bo‘linadi. Ayni paytda an’anaviy tilshunoslikda qo‘llanilib kelayotgan bog‘lovchili, bog‘lovchisiz hamda tobe (ergash) komponentli kabi terminologik tushunchalarni saqlab qolamiz. Chunki MSQ matn maqomida bo‘lishidan qat’i nazar, ana shu tushunchalar bilan bog‘liq tamoyillar asosida shakllanadi. MSQ komponentlarining funksional tahlili haqida so‘z yuritilganda shunga e’tibor berish lozimki, ularda mustaqil gaplardan farqli ravishda, alohida so‘zlar, sintagmalar yoki so‘z birikmalarining sintaktik faollashuvi haqida emas, balki eng avval tarkibiy qismlarni tashkil etuvchi gaplarning sintaktik faollashuvi to‘g‘risida mulohaza yuritmoq lozim bo‘ladi. Zotan, mazkur qismlar faqat MSQ komponentlari sifatida faollik ko‘rsatib qolmasdan, ularning funksional farqlarini namoyon etuvchi vositalar ham sanaladi. Bog‘lovchili teng komponentli MSQ (an’anaviy bog‘langan qo‘shma gap)lar grammatik jihatdan tobe bo‘lmagan, teng huquqli predikativ qismlardan tashkil topgan qurilmalar sifatida ta’riflanadi49. Ana shuning o‘zi ham teng komponentli murakkab sintaktik qurilmalar tarkibiga kiritilayotgan gaplarning nisbiy mustaqilligidan dalolat beradi. To‘g‘ri, ularda voqea-hodisalar ifodasining ketma-ketligi ham kuzatiladi. Boshqacha aytganda, semantik nuqtai nazardan bog‘lovchili teng komponentli MSQ qismlari biri ikkinchisini talab qiladi, biri ikkinchisining asosida kelib chiqadi, har ikki qism ham umumiy fikr ifodasi uchun xizmat qiladi50. Ammo shunday bo‘lsa-da, bu xildagi semantik munosabatni nisbiy tushunmoq maqsadga muvofiqdir. Chunki bog‘lovchili MSQ qismlarining semantik salmog‘i nisbiy mustaqil bo‘ladi. Bunday vaziyat, bizningcha, mazkur qismlarning funksional faollashuvi xarakteri bilan uzviy bog‘liqdir:
1. Bektemir… uning shu tobda dilgir va kayfsiz ekanini payqadi, lekin churq etishga tobi yo‘q (Oybek. Quyosh qoraymas).
2. Generalning o‘zi kelgani haqidagi xabar quloqdan-quloqqa o‘tdi va shu zahotiyoq soldatlar o‘rinlaridan turib, generalni zo‘r mamnuniyat bilan kutib olshidi (Oybek. Quyosh qoraymas).
Berilgan misollarning birinchisida va bog‘lovchisi funksional monema sifatida ikki so‘zga (dilgir, kayfsiz) sintaktik faollik bermoqda. Biroq MSQ tarkibidagi lekin bog‘lovchisining ayni paytda va bog‘lovchisiga nisbatan funksional faolligi ancha yuqori ekanligini ko‘ramiz. Zotan, mazkur morfologik vosita so‘zlarga emas, balki MSQ tarkibiy qismlarini tashkil etayotgan gaplarga sintaktik va funksional faollik bermoqda. Bu, albatta, uning MSQ strukturasidagi dastlabki funksiyasini taqozo etadi. Mazkur vositaning yana bir ulkan vazifasi bo‘lib, uni MSQning umumiy strukturasiga funksional faollik berishida kuzatish mumkin. Ana shu bois bu o‘rinda lekin bog‘lovchisini superfunksional monema tarzida talqin etamiz.
Bunday morfologik vosita MSQ tarkibida mantiqiy-grammatik funksiyasi jihatidan ham alohida ajralib turadi. Boshqacha aytganda, uning bevosita ishtirokida MSQ ustpredikativ qurilma darjasiga ega bo‘ladi.
Ikkinchi misolda analogik funksional vazifani va bog‘lovchisi bajarmoqda. Mazkur bog‘lovchi bilan lekin bog‘lovchisi o‘rtasida funksional qiymatiga ko‘ra farq yo‘q, zotan, ularning har ikkisi ham polifunksional xususiyatga ega. Ular o‘rtasida farq bajarayotgan semantik vazifalari hamda MSQ tarkibidagi pozitsiyalarida kuzatiladi.
Zidlov bog‘lovchilarining MSQ tarkibida birining o‘rniga ikkinchisi qo‘llana olishi ularning funksional qiymatlarini o‘zgartira olmaydi: Uzoq-uzoqlarda do‘mbiralar gumburi tinmadi, ammo biz ularni topa olmadik (M. Qoriyev. Spitamen) → …do‘mbiralar gumburi tinmadi, lekin biz…, …do‘mbiralar gumburi tinmadi, biroq biz…Ko‘rinadiki, o‘rin o‘zgarish bog‘lovchilarning funksional faolligiga ta’sir etmaydi. Birining o‘rniga qo‘llanilgan ikkinchi bog‘lovchi ham oldingisi qanday superfunksional monema vazifasida kelgan bo‘lsa, shu holatni to‘liq saqlab qoladi. Ammo ular o‘rtasida sintaktik va funksional vazifalariga ko‘ra farq bo‘lmasa ham, uslubiy xususiyatlari doirasida farq kuzatiladi: ammo va lekin bog‘lovchilari ammo lekin tarzida MSQ sintaktik derivatsiyasining dubloperatori vazifasida kela oladi. Biroq ularni lekin ammo, ammo biroq, biroq lekin tarzida qo‘llab bo‘lmaydi. Bu o‘rinda Ye.V. Paduchevaning quyidagi fikrini keltirish maqsadga muvofiqdir: «Почему, скажем, запомнить сочетается с обстоятелством срока (надолго, навсегда, на полчаса) – притом, что такие сочетания невозможни для близкого по значению припомнить?.. Слова как люди: нет и не может быт двух в точности одинаковых».Ayrim nutq muhitida biriktiruv va zidlov bog‘lovchilarining o‘rindoshi yuklama bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda yuklama ham superfunksional monema darajasida faollik ko‘rsatadi: Mamaraim afandining xumordan yumilgan ko‘zlari moshday ochilib ketdi-yu, yarq etib hid kelgan tomonga qaradi (M. Ismoiliy. Farg‘ona tong otguncha).Keltirilgan misolda -yu yuklamasi va superfunksional monemasining o‘rniga qo‘llanilib, u bilan bir xil vazifa bajarmoqda. Quyidagi misolda esa mazkur yuklama zidlov bog‘lovchisining o‘rindoshi sifatida faollik ko‘rsatayotganini kuzatamiz: …og‘zimga bir gap keldi-yu, ko‘pchilikni o‘yladim (R. Fayziy. Asarlar).Bu o‘rinda keltirilgan MSQning ikkinchi komponentiga zidlov bog‘lovchilaridan birini kiritish orqali -yu yuklamasining funksional faolligini aniqlash mumkin: …og‘zimga bir gap keldi, ammo (lekin, biroq) ko‘pchilikni o‘yladim.Ko‘rinadiki, -yu yuklamasi MSQ tarkibida zidlov bog‘lovchisi bilan bir xil funksional qiymat kasb eta oladi. Hatto MSQ komponentlarining oldingisida yuklama, keyingisida esa zidlov bog‘lovchisi qo‘llanganda, bog‘lovchining funksional faolligini qisman chegaralab ham qo‘yadi: O‘z yerlariga qarab solmoqchi bo‘ldi-yu, ammo biya alangadan hurkib, qir tomonga olib qochdi (A. Muxtor. Chinor).Bunday paytlarda yuklama zidlov ma’nosini kuchaytirgani bois bog‘lovchining funksional faolligi ancha susayib qoladi. Boshqacha aytganda, yuklamaning funksional faolligi tufayli bog‘lovchi MSQ tarkibidan tushirilishi ham mumkin. Bu esa ayni paytda yuklama superfunksional monema darajasida, bog‘lovchi bo‘lsa oddiy funksional monema tarzida kelishidan dalolat beradi.
Shuni ham aytish kerakki, biriktiruv va zidlov bog‘lovchilari nuqtadan keyin ikkinchi gapning boshida qo‘llanganda ham superfunksional monema vazifasini bajaradi. Buning asosiy boisi shundaki, bunday holatda bog‘lovchi o‘zi qatnashayotgan gapdan oldingi jumlaning funksional faollik olishi uchun ham xizmat qiladi: Dilshod esa uning chaqirishini itoat bilan kutardi. Ammo To‘tiqiz chaqirmas, o‘rtada biror sharpa eshitilmas edi (M. Ismoiliy. Farg‘ona tong otguncha).
Zidlov bog‘lovchilari ammo lekin tarzida qo‘shaloq kelganda ularning har biri alohida funksional monemalarni emas, balki yaxlitligicha yagona superfunksional monemani taqozo etadi: Avval ikki yilgina sholi ekamiz, ammo lekin Naymanga ko‘chish ixtiyoriy (S. Ahmad. Ufq).MSQ komponentlarining birinchisi tarkibida yuklama, ikkinchisida esa ammo lekin bog‘lovchisi qo‘llanganda, yuklamaning mavjudligi fakultativ xarakterli bo‘ladi va shuning uchun uni superfunksional monema emas, balki oddiy funksional monema jumlasiga kiritish maqsadga muvofiqdir: Men ham uning qilmishlarini xushlamayman-u, ammo lekin urushdan ko‘ksi to‘la orden-medallar bilan qaytib keldi (O. Yoqubov. Diyonat).Ayiruv va inkor bog‘lovchilari ham MSQ tarkibida faol qo‘llanadi, ammo ular, zidlov yoki biriktiruv bog‘lovchilaridan farqli ravishda, har doim MSQ komponentlarining boshida takrorlanib keladi:
1. Nazarimda, yo odamlar boshqacha bo‘lib qolishgan, yo men uncha qovushmay turibman (M. Ismoiliy. Farg‘ona tong otguncha).
2. Goh tanbur nola qilar, goh g‘ijjak yig‘lab fig‘on qilardi (S. Ahmad. Ufq).
3. Yigit esa dom-daraksiz. Na qo‘shig‘i eshitiladi, na izi topila qoladi (J. Abdullaxonov. Borsa-kelmas).
Ko‘rinadiki, bog‘lovchi vositalar MSQ komponentlarining har biri tarkibida yakka holda qo‘llanilib, superfunksional monema vazifasini bajarmoqda. Shu bois ular funksional maqomlariga ko‘ra mustaqildir. MSQ sintaktik derivatsiyasining voqelanishida esa mazkur bog‘lovchilar operator vazifasini yakka holda emas, balki juft holda bajaradi. Boshqacha aytganda, ular MSQ sintaktik derivatsiyasining dubloperatori sifatida faollik ko‘rsatadi. Bunday operatorni yo …yo, yoki…yoki, goh…goh, bir…bir, dam…dam, na…na va h.k. tarzida belgilay olamiz.
Shuni ham aytish kerakki, ayiruv bog‘lovchisi MSQ komponentlarining faqat ikkinchisida qo‘llanishi ham mumkin. Bunday vaziyatda bog‘lovchi o‘zi qatnashayotgan gapdagina superfunksional monema tarzida faollashadi. Zotan, u faqat ana shu gapgagina funksional qiymat beradi, MSQning birinchi komponentining sintaktik va funksional qiymat kasb etishi esa boshqa bir monema bilan bog‘liq bo‘ladi: Odamlar boshqacha bo‘lib qolishgan, yo men uncha qovushmay turibman.
Ayni paytda yo bog‘lovchisi ikkinchi gap tarkibida kelib, unga sintaktik hamda funksional faollik bermoqda. Birinchi gapning sintaktik faollashuvi va funksional qiymat kasb etishi -gan affiksi bilan bog‘liq ekanligini ko‘ramiz. Mazkur affiksni o‘zi qatnashayotgan gapning kesimiga bog‘lanib kelib, uning (gapning) MSQ tarkibiga kirishi va funksional qiymat kasb etishi uchun xizmat qilayotgani bois, superfunksional monema deb ataymiz.
Tobe komponentli MSQ larda ham muayyan morfologik vositalar superfunksional monema maqomida keladi. Biroq bunda MSQ komponentlari teng huquqli bo‘lmagani uchun funkisonal faolligi teng komponentli MSQlardagiga qaraganda boshqacharoq ko‘rinish kasb etadi. Buni quyidagilarda kuzatish mumkin: a) sintaktik va semantik jihatdan mustaqil bo‘lgan gapni dastlab nomustaqil gapga aylantiradi va shundan so‘ng unga MSQning tobe komponenti funksiyasini beradi; b) hokim mavqedagi MSQ komponentining mustaqilligini nisbiylashtiradi. Zotan, MSQ komponenti bo‘lishi va mazkur murakab strukturaning muayyan muchasiga aylanishi uchun u superfunksional monemaga tobe bo‘lib qoladi; v) MSQning sintaktik derivatsiyasini shakllantirib, hosila strukturaning mutlaq hokim unsuriga aylanadi: Mehri opa kiyinib bo‘lguncha, Nazira o‘g‘lining qo‘zichoq bilan o‘ynashganini tomosha qilib turdi (R. Fayziy. Asarlar).
Berilgan MSQning ikkinchi komponenti sintaktik nuqtai nazardan ham, semantik jihatdan ham mustaqil ekanligi izoh talab qilmaydi. Shu bois bunday gaplarni an’anaga ko‘ra qo‘shma gapning hokim komponenti deb atashadi. Bundan tashqari, qo‘shma gap tarkibiy qismi bo‘lgani uchun uning nisbiy mustaqil ekanligi ham ta’kidlanadi. Ammo bunday mulohazalarga to‘liq qo‘shilgan holda shuni ham aytmoqchimizki, odatda hokim deb atalib kelinayotganidan qat’i nazar, bunday gap funksional qiymat kasb etishiga ko‘ra, tobe gap tarkibida (aksariyat hollarda uning kesimiga qo‘shilib) kelayotgan bog‘lovchi vositaga qaramdir. Boshqacha aytganda, mazkur gapning MSQ komponenti maqomida kelishi va hokim gap mavqeini olishi ana shu bog‘lovchiga bog‘liq. Shunday bo‘lgach, bog‘lovchi vosita nafaqat tobe gapga, balki hokim gapga ham funksional faollik berishini alohida ta’kidlash lozim, deb o‘ylaymiz. Keltirilgan misolda -guncha affiksi ana shunday maqomga egadir. Shu bois u funksional monema sanaladi.
Tobe komponentli MSQ sintaktik shaklining vujudga kelishida boshqa bog‘lovchi vositalar ham yuqorida berilgan misoldagi -guncha affiksi singari funksiyalariga ko‘ra o‘ta faoldir:
1. Afzalov xonadan chiqib ketgach, Uzoqov… deraza tavaqalarini keng ochib yubordi (H. G‘ulom. Qoradaryo).
2. Abdullaev navbatdagi notiqni e’lon qilmoqchi bo‘lib turganda, eng orqa qatorda o‘tirgan kimdir so‘z so‘radi (H. G‘ulom. Qoradaryo).
3. Jangchilar o‘zlarini puxta yashira olganlari uchun talofat juda oz bo‘ldi (Oybek. Quyosh qoraymas).
4. Mashrab, tishlagan noni tomog‘idan o‘tmay, sakrab o‘rnidan turdi (O. Yoqubov. Er boshiga ish tushsa).
5. Ko‘z oldiga g‘alati narsalar kelib, yuragi pitirlab qoldi (O. Yoqubov. Er boshiga ish tushsa).
6. Qaerda paranjidan gap ochilib qolsa, … bir xil bo‘lib ketardi (R. Fayziy. Asarlar).
Yuqoridagilardan tashqari, superfunksional monema maqomidagi bog‘lovchi vosita MSQ hokim komponenti kesimiga qo‘shilib kelishi ham mumkin. Fors-tojik tilidan o‘zlashgan -ki bog‘lovchisi bunga misol bo‘la oladi:
1. Baxtiyorlik o‘rnini shunday og‘ir qayg‘u bosdiki, Zuhurjonni gangitib qo‘ydi (R. Fayziy. Asarlar).
2. Qo‘shnichiligimizning boisi shuki, baxmalliklar mo‘l-ko‘lchilik yaratishga ahd qildilar (I. Rahim. Taqdir).
Keltirilgan gaplarining har ikkalasida ham -ki bog‘lovchisi superfunksional monema vazifasini MSQ hokim komponentining kesimiga bo‘lanagan holda bajarmoqda. Ana shu sababdan hokim gapning sintaktik shakli tobe gapning sintaktik shakliga nisbatan nomukammal holat kasb etmoqda. Albatta, bunday vaziyatning vujudga kelishi -ki superfunksional monemasi ta’sirida voqelanmoqda. Boshqacha aytganda, superfunksional monema MSQ tarkibiy qismlarining eng avval birinchisiga va shundan so‘ng ikkinchisiga funksional faollik bermoqda.
Ba’zi MSQlarda, xususan, an’anaviy tilshunoslikda aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap deb nomlanib kelinayotgan sintaktik qurilmalarda -ki bog‘lovchisi shunday va bunday nisbiy olmoshlari qurshovida qo‘llanadi. Biroq, bunday MSQ tarkibiy qismlarining o‘zaro sintaktik munosabatida mazkur olmoshlar hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Bunda MSQ tarkibiy qismlarining sintaktik munosabati ham, ularing funksional salmoq kasb etishi ham faqat -ki superfunksional monemasi bilan bog‘liq bo‘ladi: Jannatning ham chehrasida Sodiq hech qachon ko‘rmagan shunday joziba bor ediki, bunday joziba, odatda, odam baxtini topganda paydo bo‘ladi (Shuhrat. Oltin zanglamas).
Shuni ham aytish kerakki, MSQ tobe komponenti tarkibida (uning boshlanishida) bog‘lovchi vosita qo‘llanganda, hokim gap tarkibida kelayotgan -ki bog‘lovchisining funksional faolligi neytrallashib, u uslubiy vositaga aylanib qoladi. Chunki, ayni paytda tobe komponentdagi bog‘lovchi superfunksional monema vazifasini bajaradi: So‘g‘diyonaning hamma joyiga shunday tuzoq qo‘yib tashlaylikki, toki dushman erkin yurolmasin (M. Qoriev. Spitamen).
Berilgan misolda MSQning ham, uning komponentlarining ham sintaktik va funksional faolligi toki superfunksional monemasi orqali voqelanmoqda. Bunda hokim komponent tarkibidagi -ki bog‘lovchisi oddiy monema tarzida faollik ko‘rsatadi. Uni ayni paytda hatto fakultativ xarakterli deyish ham mumkin.
Payt ma’nosini ifodalovchi MSQning ayrim ko‘rinishida -ki bog‘lovchisi superfunksional monema vazifasini tobe komponent tarkibida qo‘llanib bajaradi. Bunday nutq muhitida buyon, beri, kabi morfologik vositalar uning substituti bo‘la oladi: Mana, bir yildirki, Chirchiqdagi mashinasozlik zavodida master bo‘lib ishlab turibdi (R. Fayziy. Asarlar).
Mazkur gapda qo‘llangan -ki bog‘lovchisini substitutlari bilan almashtirib ko‘raylik:
1. Mana, bir yildan buyon, Chirchiqdagi…
2.Mana, bir yildan beri, Chirchiqdagi…
Bu o‘rinda buyon va beri so‘zlari superfunksional monema vazifasini -dan affiksi ko‘magida bajarayotganini ko‘ramiz. Shu bois ayni paytda -dan buyon, -dan beri tarzida faollik ko‘rsatuvchi superfunksional monema haqida mulohaza yurita olamiz.
Tobe komponentli MSQ sintaktik derivatsiyasining bu singari tarkibli morfologik vositalar bilan voqelanishini -sa-da, -sa ham kabi dubloperatorlar misolida ham ko‘rish mumkin. Bunday vaziyatda ham dubloperatorlar funksional salmoqlariga ko‘ra superfunksional monemalarni taqozo etadi:
1. Zarurati bo‘lmasa-da, supaga chiqiladigan zina qilingan (E. Usmonov. Nomus).
2. Umring tugab borayotsa ham, ertangi kunga umid bilan boqasan (N. Qobul . Ovchi).
To‘siqsizlik ma’nosini ifoda etuvchi bu xildagi gaplarning transformatsiyasi jarayonida fe’lning bo‘lishli-bo‘lishsiz shakli, bilan, qaramay, qaramasdan kabi derivasion vositalar yordamida transformalar paradigmasi shakllanishi ham mumkin:
Zarurati bo‘lsin-bo‘lmasin, supaga chiqiladigan zina qilingan → Zarurati bo‘lmagani bilan, supaga chiqiladigan zina qilingan → Zarurati bo‘lmaganiga qaramay, supaga chiqiladigan zina qilingan.
Biroq mazkur vositalardan bilan, qaramay, qaramasdan ko‘makchilari -gani bilan, -ga qaramay, -ga qaramasdan tarzida qo‘llaniladigan tarkibli superfunksional monemalarni taqozo etadi.
Yuqoridagilardan tashqari, tobe komponentli MSQ sintaktik strukturasi va uning nutqiy faolligi chunki, shuning uchun, shuningdek, -dek, -day kabi morfologik vositalar ko‘magida voqelanishi ham mumkin. Mazkur vositalarning barchasi superfunksional monema maqomida qo‘llanadi.

Xulosa
Shunday qilib, aniq til materialining funksional tahlili muammosining ba’zi qirralari bilan qisqacha tanishib o‘tdik. Bizningcha, funksional, qaram monemalar tushunchasiga asoslangan holda gap va MSQ komponentlarining funksional salmog‘ini o‘rganish til sistemasi birliklarining nutqqa ko‘chirilishi masalasi bilan bog‘liq muammolar yechimi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Tilning kishilar o‘rtasidagi aloqa quroli ekanligi barchaga ma’lum. Biroq u o‘z murakkab sistemasi va strukturasiga ega bo‘lgan quroldir. Muayyan tilda so‘zlashuvchilarning asosiy vazifasi ana shu qurolni amalda qo‘llay bilishdan iborat. Albatta, so‘zlashuv jarayonida biz til belgilaridan foydalanamiz. Belgilar esa har bir tilning sistemasida uning voqeligini ta’minlovchi asosiy vositadir.Eng muhimi, ko‘rib o‘tganimiz singari, til materialining tahlili mantiqiy va psixologik tushunchalardan xoli ekanligidadir. Bog‘langan qo‘shma gapning bu turi qismlari ayrim o‘rinlarda mazmunan ancha mustaqillikka ega bo‘lishi, sitrukturasi murakkablashishi mumkin. Masalan: Bu xil qo‘shma gapning qismlari alohida tugallangan intonatsiya bilan aytiladi va orada sezilarli pauza beriladi, shuning uchun ham ular orasiga yozuvda nuqta ishorasi qo‘yiladi. Galma-gal ro‘y beruvchi voqea, hodisa yoki belgi-xususiyatni ifodalagan qo‘shma gap qismlarining kesimlari o‘tgan zamon yoki hozirgi kelasi zamon shakli va mazmunida bo‘lishi mumkin. Bu jihatdan yoki bog‘lovchisi yordami bilan tuzilgan konstruksiyalardan farqlanadi (ma’lumki, yoki bog‘lovchisi yordami bilan tuzilgan konstruksiyalar kesimlarning zamon shakli chegaralangan: kesimlarning o‘tgan zamonda kelishi juda ham kam qo‘llaniladi). Lingvistik nuqta’iy nazardan an’anaviy sintaksisda bog‘langan qo‘shma gap til birligi funksional-semantik munosabatiga ko‘ra tiplarga ajratilgan. Bog‘langan qo‘shma gaplarda funksional tahlil masalasiga qo‘shma gap qismlarning predikativlik va gap bo‘laklarining vazifasidan emas, qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalarning funksionallik xususiyatidan kelib chiqib yondashish kerak. F. de Sossyurning lingvistik ta’limotida fonema til belgisi jumlasiga kiritilmaydi. Zotan, u mustaqil holda na grammatik va na leksik ma’no ifodalaydi1 . Biroq hozirgi tilshunoslikda ba’zi olimlar fonemani ham til belgisi sifatida talqin etmoqdalar va bu o‘rinda uning ma’no farqlovchi xususiyati e’tiborga olinmoqda Bizningcha, fonemani til belgisi tarzida izohlash ilmiy asosga ega emas. Agar uning ma’no farqlovchi xususiyatini nazarda tutsak, mazkur xususiyat mustaqil holda emas, balki muayyan belgi sathida amalga oshadi. Fonema mustaqil holda faqat til belgilariga xos bo‘lgan ifodalovchi jihatnigina o‘zida aks ettira oladi, unda ifodalanuvchi tushunchasi kuzatilmaydi. Bundan tashqari, ayrim tilshunoslar belgi tushunchasini keng qamrovda olmoqdalar. Unga ko‘ra, gapni (jumlani) ham til belgisi sirasiga kiritish lozim3 . Nazarimizda, bunday mulohazaga qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki gap nutq birligidir va shu bois u har doim aktual tarzda namoyon bo‘ladi. So‘zning gap tarkibiga kirish masalasi ham ancha murakkab jarayon bo‘lib, u birinchi galda o‘zidan kichik birlik – morfemaning ko‘magiga tayanadi4 . Chunki morfema (kelishik, egalik affikslari va boshq.) bo‘lmas ekan, so‘zlar o‘zaro bog‘lana olmaydi, hatto bitishuv usuliga ko‘ra munosabatga kirishayotgan so‘zlar ham nol ifodali morfemaga asoslanadi..


Download 78.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling