O‘zbek tili fanidan
Bog‘langan qo‘shma gaplar
Download 78.13 Kb.
|
Marjona
1.2 Bog‘langan qo‘shma gaplar
An’anaviy sintaktik nazariyalarda bog‘langan qo‘shma gaplar mavqei jihatdan teng huquqli bo‘lgan sodda gaplarning tenglanish munosabati asosida mazmun va grammatik jihatdan o‘zaro birikuvidan tashkil topgan gaplar sifatida talqin etiladi.20 Quyida bog‘langan qo‘shma gaplarning formal hamda semantik-sintaktik tadqiqi natijalari xususida fikr yuritamiz. Bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi gaplar bir-biriga biriktiruv, chog‘ishtiruv, ayiruv, zidlov munosabatlarini ifodalovchi teng bog‘lovchilar; bo‘lsa, esa so‘zlari; bog‘lovchi vazifasida keluvchi -da, -u (-yu) yuklamalari orqali birikadi. Bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi gaplar bir-biriga biriktiruv, chog‘ishtiruv, ayiruv, zidlov munosabatlarini ifodalovchi teng bog‘lovchilar; bo‘lsa, esa so‘zlari; bog‘lovchi vazifasida keluvchi -da, -u (-yu) yuklamalari orqali birikadi. Sh. Rahmatullayevning “Hozirgi adabiy o‘zbek tili” darsligida bog‘langan qo‘shma gaplar teng qismli qo‘shma gapshakllarlar deb berilgan va ular haqida quyidagi ma’lumotlar berilgan: Bog‘langan qo‘shma gap bilan ergash gapli qo‘shma gaplar orasida grammatik, intonatsion farqlar mavjud. Ular quyidagilardan iborat: Bog‘langan qo‘shma gap bilan ergash gapli qo‘shma gaplar orasida grammatik, intonatsion farqlar mavjud. Ular quyidagilardan iborat: 1. Bog‘langan qo‘shma gaplarda sodda gaplarni biriktirish uchun teng bog‘lovchilar qo‘llanadi. Ergash gapli qo‘shma gaplarda esa tobe bog‘lovchi va nisbiy so‘zlar (kim, nima, qanday, shunday) qo‘llanadi. 2. Bog‘langan qo‘shma gapni tashkil etgan sodda gaplarning kesimlari har vaqt ma’lum shaxs, zamon ko‘rsatuvchi mustaqil shaklda bo‘ladi. Ergash gapli qo‘shma gap kesimlari esa ravishdosh, sifatdosh, shart fe’li orqali ifodalangan tobe shaklda bo‘ladi. 3. Bog‘langan qo‘shma gapda sanash, qiyoslash intonatsiyasi bo‘lsa, ergash gapli qo‘shma gaplarda tobelantiruvchi yoki izoh intonatsiyasi bo‘ladi. Bog‘langan qo‘shma gap qismlarining o‘zaro aloqasi quyidagi mazmun munosabatlar ifodalanadi: Bog‘langan qo‘shma gap qismlarining o‘zaro aloqasi quyidagi mazmun munosabatlar ifodalanadi: 1. Qiyolash munosabati. 2. Biriktiruv munosabati. 3. Ayiruv munosabati. 4. Sabab va natija munosabati. 5. Izohlash munosabati. Tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro mazmun munosabatiga ko‘ra bog‘langan qo‘shma gaplar quyidagi turlarga bo‘linadi: Tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro mazmun munosabatiga ko‘ra bog‘langan qo‘shma gaplar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar. 2. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar. 3. Ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar. 4. Inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar. 5. Bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar. Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar Bunday qo‘shma gap komponentlari orasida voqea-hodisaning bir vaqtda yoki ketma-ket yuzaga kelganligi ifodalanadi. Biriktiruv munosabatli qo‘shma gap qismlari bir-biri bilan va, ham(da) bog‘lovchilari va shu bog‘lovchilar vazifasida qo‘llanadigan –u(yu), -da yuklamalari orqali birikadi. Va bog‘lovchisi ikki yoki undan ortiq predikativ birlikni bir-biriga biriktirganda payt, chog‘ishtirish, ba’zan sabab ma’nosini ifodalaydi. Va bog‘lovchisi ikki yoki undan ortiq predikativ birlikni bir-biriga biriktirganda payt, chog‘ishtirish, ba’zan sabab ma’nosini ifodalaydi. Ham bog‘lovchisi ba’zan bog‘langan qo‘shma gap komponentlarini bir-biriga bog‘lab keladi va o‘xshash voqea-hodisalar bir vaqtda yoki turli vaqtda yuzaga keladi. - da yuklamasi biriktiruv bog‘lovchisi vazifasini bajarib, ikki yoki undan ortiq sodda gaplarni bog‘laydi. Harakatning odatdagidan ko‘ra tezroq bajarilishi ifodalanadi. - u (-yu) yuklamasi ikki sodda gaplarni bog‘lab kelganda, va bog‘lovchisiga yaqin vazifani bajaradi. Bog‘langan qo‘shma gapda ifodalangan birdan ortiq voqea-hodisalarning bajarilish paytini, sababini ko‘rsatib keladi. Shu payt oftob yana bulut ostiga kirdi-yu, uyni shom qorong‘ilig‘i bosdi. (A.Q.). u (-yu)yuklamasi yordami bilan tuzilgan bog‘langan qo‘shma gapda, voqeaning to‘satdan, kutilmaganda yuzaga kelganligi ham anglashiladi: Darvoza sharaqlab ochildi-yu, qushdek uchib Raisa kirdi. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gap komponentlarini o‘zaro bog‘lashda ammo, lekin, biroq kabi bog‘lovchilar va shu bog‘lovchilar vazifasidagi –u(-yu), -dayuklamalari ishlatiladi. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gap komponentlarini o‘zaro bog‘lashda ammo, lekin, biroq kabi bog‘lovchilar va shu bog‘lovchilar vazifasidagi –u(-yu), -dayuklamalari ishlatiladi. Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplardagi mazmun to‘siqsiz ergash gapli qo‘shma gapdagi mazmunga yaqin bo‘ladi. Ammo bog‘lovchisi bilan birikkan qo‘shma gaplarda komponentlardagi mazmun bir-biriga qarama-qarshi qo‘yiladi: Tiniq osmonda yulduzlar charaqlagan, ammo oy ko‘rinmasdi. (O.Yoqubov). Lekin bog‘lovchisi ham mazmunan bir-biriga zid ikki sodda gapni bog‘laydi. Biroq bog‘lovchisi ammo, lekin bog‘lovchilari kabi birdan ortiq voqea-hodisa yoki harakatning bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilganini va, shunga qaramay, ulardan birining yuzaga kelishini ko‘rsatish uchun qo‘llanadi. Ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar. Ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar ketma-ket yuzaga keladigan yoki bir-biri bilan almashinib turadigan, navbatma-navbat yuzaga keladigan birdan ortiq voqea-hodisa yoki harakatni ifodalaydi. Bunday qo‘shma gap komponentlarining kesimi fe’l bilan ifodalangan bo‘lsa, ular zamon jihatidan ham deyarli bir xil shaklga ega bo‘ladi. Ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar. Ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar ketma-ket yuzaga keladigan yoki bir-biri bilan almashinib turadigan, navbatma-navbat yuzaga keladigan birdan ortiq voqea-hodisa yoki harakatni ifodalaydi. Bunday qo‘shma gap komponentlarining kesimi fe’l bilan ifodalangan bo‘lsa, ular zamon jihatidan ham deyarli bir xil shaklga ega bo‘ladi. Goh... goh...; ba’zan..., ba’zan...; dam..., dam...; yo..., yo...; xoh... , xoh... ; bir..., bir... kabi ayiruv bog‘lovchilari qo‘shma gapdagi komponentlarni ayirib, ta’kidlab ko‘rsatish uchun qo‘llanadi. Bu bog‘lovchilar deyarli har bir predikativ qismning boshida takrorlanib keladi: Dam shamol o‘kirar, dam osmonning bir burchida chaqmoq charaqlab ketardi Bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday gaplarda qiyoslash va zidlash munosabatlari mavjud bo‘ladi: Otabek sukutda, O‘zbek oyim bo‘lsa boshi bilan “shundog‘” ishorasini berar edi.(A.Qod.) Bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday gaplarda qiyoslash va zidlash munosabatlari mavjud bo‘ladi: Otabek sukutda, O‘zbek oyim bo‘lsa boshi bilan “shundog‘” ishorasini berar edi.(A.Qod.) Bog‘langan qo‘shma gapda tinish belgilarining islilatilishi Bog‘langan qo‘shma gapda tinish belgilarining islilatilishi 1. Agar bog‘langa qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar biriktiruvchi bog‘lovchilar (va, ham, hamda) yordamida bog‘lansa,ular orasida vergul qo‘yilmaydi.Tashqarida chaqmoq yaltirar va bahor yomg‘iri salovatli shovillardi. Agar zidlovchi bog‘lovchilar (ammo, lekin, biroq) yordamida biriksa, bu bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi. Odam hamg‘o‘zaga o‘xshab oftobga intiladi, lekin uning oftobi-odamdan ko‘radigan mehr-oqibati. Agar yuklamalar, bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida bog‘lansa bog‘langan qo‘shma gapdagi sodda gaplar orasiga vergul qo‘yiladi:Yomg‘ir tindi-yu, quyosh charaqlab chiqdi. Bog‘langan qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro ayiruvchi bog‘lovchilar yordamida biriksa, ular orasiga vergul qo‘yiladi. O‘ktam goh daraxtning rnevalariga, goh oftobda qordek chaqnagan uyum-uyum pillalarga qiziqib qaraydi.(O.) Bog‘langan qo‘shma gaplarni tashkil etuvchi teng huquqli qismlar shaklan mustaqil, mazmunan o‘zaro bog‘langan, ba’zan mantiqan biri-ikkinchisiga tobe gaplardan tashkil topadi. Bunday aloqa-bog‘liqlik qo‘shma gap qismlarining tuzilishida, kesimlarining mazmunan va grammatik munosabatida yoki umumiy gap bo‘laklarining mavjud bo‘lishida ko‘rinadi. Anglashiladiki, bunday turdagi qo‘shma gaplarning qismlari mantiqan bir-birini taqozo qilsa-da, grammatik jihatdan tobe bo‘lmaydi. Bog‘langan qo‘shma gaplardagi birinchi komponent birmuncha mustaqillik xususiyatiga ega bo‘lsa, ikkinchi komponent birinchi gapga bog‘liq holda tuziladi. Bu qismlar birgalikda yaxlit sintaktik qurilmani, ya’ni qo‘shma gapni hosil qiladi. Bog‘langan qo‘shma gaplar qismlari: 1) teng bog‘lovchilar; 2) teng bog‘lovchi vazifasida qo‘llanadigan yuklamalar; 3) bo‘lsa, esa yordamchilari; 4) tenglik ohangi yordamida bog‘lanadi. Olima S.Solixo‘jayeva nazariy manbalarda qayd etib kelinayotgan bog‘langan qo‘shma gap qismlarini biriktiruvchi bu vositalarning «absolyut holat emasligi»ni ko‘rsatadi. Uning fikricha, o‘zbek tilida shunday qo‘shma gap ko‘rinishlari ham mavjudki, ular shaklan ergashgan qo‘shma gaplarga o‘xshasa-da, aslida bog‘langan qo‘shma gaplardir. Masalan, grammatik formasi -b (-ib), -sa affiklari yordamida tuzilgan «Ha xu» deguncha oyning oyoqlari kelib, to‘y kunlari yaqinlashdi», «Birov konfet bersa, birov pechen’e beradi» gaplari bog‘langan qo‘shma gaplar hisoblanadi. Shunisi xarakterliki, bog‘langan qo‘shma gap qismlarini bog‘lovchi vositalar, ular qanday til birligidan tashkil topishidan qat’iy nazar, qo‘shma gap qismlarini bog‘lash bilan birga turli mazmuniy munosabatlarni ham shakllantiradi. G‘.Abdurahmonov bog‘langan qo‘shma gaplarni qismlari orasida shakllangan mazmuniy munosabatlar asosida quyidagi 5 turga ajratadi: a) qiyoslash munosabati; b) payt munosabati; v) ayiruv munosabati; g) sabab va natija munosabati; d) izohlash munosabati.M.Asqarova ham bog‘langan qo‘shma gaplarda sabab, payt, chog‘ishtirish, zidlik, ayiruv va inkor munosabatlarining shakllanishini ko‘rsatadi. Bog‘langan qo‘shma gaplarni shakl va mazmun munosabatiga ko‘ra simmetrik va asimmetrik gaplarga ajratish mumkin. Simmetrik gaplar shakl va mazmun birligini aks ettirsa, asimmetrik gaplarda shakl va mazmun nomuvofiqligi kuzatiladi.Xullas, bog‘langan qo‘shma gaplar qurilish qolipi, sintaktik tarkibi, qismlarini bog‘lovchi vositalari, ohangi jihatidan gapning boshqa turlaridan farqlanadi. Bog‘langan qo‘shma gaplar bog‘lovchi vositalariga ko‘ra biriktiruv, zidlov, ayiruv va inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarga ajratiladi. Bog‘langan qo‘shma gaplar shakl va mazmunning munosabatiga ko‘ra: simmetrik va asimmetrik gaplarga bo‘linadi. Download 78.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling