“O‘zbek tili fanini o‘qitishda o‘qitish texnologiyalarini ishlab chiqishning konseptual asoslari”
Download 171.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Ei6zuKtDtC3pDJWzDyyvAhzVd38MzpyxnGHycrq8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Franklin piramidasi metodi.
2.
Rezyume metodi. Franklin piramidasi. Rezyume metodining maqsadi: Bu metod murakkab, ko‘ptarmoqli, mumkin qadar, muammoli xarakteridagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan. Metodning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha bir xil axborot beriladi va ayni paytda, ularning har biri alohida aspektlarda muhokama etiladi. Masalan, muammo ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari bo‘yicha o‘rganiladi. Bu interfaol metod tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‘quvchilarning mustaqil gʻoyalari, fikrlarini yozma va ogʻzaki shaklda tizimli bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. “Rezyume” metodidan darslarda individual va juftliklardagi ish shaklida, amaliy va seminar mashgʻulotlarida kichik guruhlardagi ish shaklida mavzu yuzasidan bilimlarni mustahkamlash, tahlil qilish va taqqoslash maqsadida foydalanish mumkin. O‘quvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab, taqqoslash usuli yordamida mavzudan kelib chiqqan holda o‘quv muammosini yechimini topishga hamda kerakli qaror qabul qilishga, jamoaga o‘z fikri bilan ta’sir etishga, mavzuga oid umumiy tushuncha berishda egallagan bilimlarini qo‘llay olishga o‘rgatadi. Bu metod quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 1.Kichik guruhlarga bo‘linish. 2.Tarqatma materiallar tarqatish va ular bilan ishlash. 3.Fikrlarni yozma tarzda bayon etish. 4.Taqdimot o‘tkazish. 9-sinf O‘zbek tili darsligidagi “Tabiat muvozanati – hayot muvozanati” mavzusiga “Rezyume” metodi bo‘yicha yondashish: Tabiatga munosabatning salbiy va ijobiy, foydali va zararli, kamchilik va afzallikka doir tomonlari o‘rganiladi, tahlil qilinadi va xulosalanadi. Franklin piramidasi metodi. Franklin piramidasi hayot davomida kuzatilishi kerak bo‘lgan 6 nuqtani o‘z ichiga oladi. Bu o‘ziga xos batafsil reja bo‘lib, uning yordamida siz keraksiz hamma narsani, muvaffaqiyatga olib kelmaydigan, balki vaqtni behuda o‘tkazadigan hamma narsani olib tashlash imkoniyatiga egasiz. Shunday qilib, Franklin tizimi quyidagi nuqtalardan iborat: 1. Asosiy hayotiy qadriyatlar; 2. Global maqsad; 3. Hayotning bosh rejasi; 4. 1,3,5 yilga mo‘ljallangan uzoq muddatli reja; 5. Bir hafta, bir oy uchun qisqa muddatli reja; 6. Har bir kun uchun reja. O‘zbek tili darslarida “Franklin piramidasi” metodidan foydalanish: Download 171.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling