O`збек тили фанининг яратилишида щам ытмишда яшаган ва ижод этган жуда кып мутафаккирларнинг иштироки бор
Download 75 Kb.
|
1 2
Bog'liqAbdulla Qodiriy hayoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’tilgan mavzuni takrorlash 12 daqiqa
- Yangi darsning bayoni 15 daqiqa
- Guruhlar ishini yakunlash va baholash 5 daqiqa
- 45 daqiqa DARSNING BORISHI I. TASHKILIY QISM
- Yangi mavzuni mustahkamlash
DARSNING BORISHII. TASHKILIY QISM: a) salomlashish; b)davomatni aniqlash,navbatch axborotini tinglash d) mustaqilligimizning muhim sanalari va she’riy daqiqalar; O`quvchilar dars-treningda topshiriqlarni avvaldan olib, guruhlarga bo`linadi. (Gul nomlari yoki yozuvchi, shoirlar nomlarini tanlab, bo`linishlari ham mumkin). Guruh sardorlariga yozuvchining hayot yo`li va ijodi yuzasidan tayyorgarlik ko`rish topshiriladi. Guruhlar o`rtasida nom tanlaydilar. Taqdimotda ham shu bo`yicha ma`lumot beradilar. Dars adabiyot haqida she`r aytish bilan boshlanadi. Fanlar ichra sardori adabiyot fanidir, To`rt faslning bahori adabiyot fanidir. Dunyo fanlari bori jahonda bir bog` bo`lsa, Eng muattar gulzori adabiyot fanidir. O`quvchilar bahru- bayt musobaqasi o`tkazadilar. O`zbekiston ramzlari eslab o`tiladi. O`quvchilar tayyorgarliklariga qarab joylariga o`tiradilar. Sardorlar aniqlanadi. Varaqlar tarqatilib, guruh nomlari yoziladi. 1.Qodiriy avlodlarimiz 2.Julqunboy 3.Toshpo`lat tajang 4.Kalvak Maxzum Darsning samarali bo`lishi, dars zichligi va tig`izligiga erishish uchun darsda o`quvchilardan qoidalarni so`rab, yozuv taxtasiga yozib qo`yiladi. Qoidalar Vaqtga rioya qilish O`zgalar fikrini hurmat qilish Fikrlar mustaqilligi Rag`batlantirish O`zaro fikr almashish O`zlashtirishga harakat qilish Intizomga rioya qilish Umidlar Yangiliklar Qiziqarli dars Foydali fikrlar Darsning o`zgacharoq bo`lishi Tajriba Bolalarning diqqatini xonaga osilgan 4 tushunchaga qaratiladi. O`zlari xohlagan tushunchaning oldida kirishlari so`raladi. Bolalar tushunchalar oldiga boradilar. Har bir tushuncha haqida fikrlashib, fikrlar jamlanmasini 1 o`quvchi bayon etishi so`raladi. 1.Vatan so`zi yozilgan varaq oldiga to`plangan o`quvhilardan biri shunday deydi: -Vatan so`zining oldiga kelishimizdan maqsad, biz Vatanimizni sevamiz. Vatan so`zi barcha tushunchalardan a`loroq. Vatan, ya`ni yashash joyi bo`lmasa, boshqa tushunchalarning ma`nosi yo`q. Biz bugun ijodini o`rganmoqchi bo`lgan A.Qodiriy ham chin Vatanparvar bo`lgan. 2.Ona so`zi yozilgan varaq oldiga to`plangan o`quvchilardan biri shunday deydi: -Ona so`zining oldiga kelishimizdan maqsad, onalarimiz dunyodagi barcha insonlarni yo`rug` dunyoga keltirganlar. Agar onalarimiz bo`lmasa, biz yo`rug` dunyoga kelmagan, vatan nima ekanligini anglamagan bo`lardik. 3.Mustaqillik so`zi yozilgan varaq oldiga kelgan o`quvchilardan biri shunday deydi: -biz Vatanimiz mustaqilligini endi anglayapmiz. Vatan bo`lsa-yu, u mustaqil bo`lmasa, bir umr tutgunlikda yashashga mahkum bo`lardik. Bir umr qafasda yashagan qushni ozodlikka chiqarsangiz, o`sha qushcha ham qaytib qafasga yaqinlashmaydi. Ko`m-ko`k, bepoyon osmonda sayr etish zavqini qafasdagi tor muhitga aslo alishtirmaydi. Biz bugun o`rganadigan A.Qodiriy ham haqiqiy istiqlol kurashchisi edi. 4.Ozodlik so`zi yozilgan qog`oz oldiga kelgan o`quvchilardan biri shunday deydi: -Ozodlik so`zi oldiga kelishdan maqsadimiz, ozodlik so`zi ham qolgan 3 tushunchadan qolishmaydi. Ozod Vatanda yashash, uning ravnaqi uchun xizmat qilish har birimiz uchun katta sharaf. Bizning buyuk yozuvchimiz A.Qodiriy ham xalqimizni, millatimizni nafaqat jisman, ma`nan ham ozod bo`lishini juda xohlagan. O`quvchilar fikrini rag`batlantirib, to`ldirib ularni joylarini egallashlari so`raladi. Darslik ochiladi. Mavzu adabiyot daftariga yoziladi. Guruhlarga savollar yozilgan varaqlar tarqatiladi. Guruh a`zolari alohida varaqqa berilgan savollarga javoblarini rasm orqali izohlashga harakat qiladilar. (Qodiriy avlodlarimiz guruhi). 1.A.Qodiriy hayotining ilk pallalarini gapirib bering? Guruh a`zolari varaqqa rasm chizadilar. Guruh a`zosi yozuv taxtasi yonida chizib, chizilgan rasmni yozuv taxtasiga yopishtiradi. Shunga qarab, yozuvchi haqida ma`lumot beradi. -A.Qodiriy XX asr o`zbek adabiyotining yorqin siymolaridan biridir. Uning o`lkada yangicha milliy adabiy tafakkur, realistik nasr, jurnalistika, tajrimonlikning shakllanishi, rivojidagi xizmatlari beqiyosdir. U 1894 yil, 10 aprelda Toshkent shahrida bog`bon oilasida tug`ildi. Abdulla bolaligidayoq zehni o`tkir, o`qish-o`rganishga mehr-ishtiyoqi baland bo`lgan. Ammo oiladagi moddiy ahvolning yomonligi tufayli 9-10 yoshlarida maktabga boradi. Ikki-uch yil eski usulda o`qigach, o`n ikki yoshida uni oiladagi qashshoqlik tufayli bir boyga xizmatkorlikka beradilar. Xo`jayin savdogar kishi bo`lib, o`rischa yozish-chizishni biladigan odamga muhtoj edi. (guruh a`zolari o`quvchi fikrini to`ldirishi mumkin). 2.”Julqunboy” guruhi a`zolari quyidagi savolga javob qaytaradilar. A.Qodiriyning gazetachilik faoliyati va ilk asarlari haqida gapiring?. Guruh a`zolari chizilgan rasmni yozuv taxtasiga yopishtiradi. Abdulla Qodiriy ijodiy faoliyatining boshlanishi o`rta davrlarga to`g`ri keladi. “Shu miyonalarda, -deb eslaydi A.Qodiriy,-bozor vositasi bilan tatarlarda chiqadirg`on gazetalarni o`qib, dunyoda gazeta degan gap borligiga imon keltirdi. 1913 yilda o`zbekcha “Sadoyi Turkiston”, “Samarqand”, “Oina” gazetalari chiqa boshlag`och, menda shularga gap yozib yurish fikri uyg`ondi.”Sadoyi Turkiston” gazetasining 1914 yil 1 aprel sonida “Yangi masjid va maktab” sarlavhali xabari bosilgan. Bu xabar ostida A.Qodiriy deb imzo chekilgan. Shu tarzda matbuotda A.Qodiriy nomi paydo bo`ldi. Oradan ko`p o`tmay, shu nom ostida “To`y”, “Millatimga”, “Ahvolimiz” she`rlari, “Baxtsiz kuyov” dramasi, “Juvonboz” hikoyasi chiqdi. Bu asarlar Qodiriyning ijodidagi birinchi urinishlari bo`lib, ular o`z davrining taraqqiyparvar harakati-jadidchilik g`oyalari bilan sug`orilgan, jadid adabiyoti ta`sirida yozilgan edi. (guruh a`zolari fikrini to`ldirishi mumkin). 3.A.Qodiriyning dastlabki hikoyalari haqida gapiring? (Toshpo`lat guruhi a`zolari javob beradilar) Oradan sal fursat o`tib, yozilgan “Uloqda” nomli hikoyasi avvalgi asarlari bilan tenglashtirib bo`lmaydigan darajada yuqoridir. Oybek bu asarga yuksak baho berib: “Uloqda” hikoyasida tashviqotchining o`rnini san`atkor oladi. Yozuvchi bu asarni voqealar ustida muhokama qilmaydi, tushuntirmaydi, isbot qilmaydi, balki obrazlar orqali ko`rsatadi. Bu hikoyada ham foydasiz odatlarni qoralaydigan ma`lum “axloq”, “ibrat” bor, lekin bu axloq turtib chiqmaydi”,-deydi. (guruh a`zolari fikrni to`ldirishi mumkin). 4.Qodiriyning ijtimoiy faoliyati haqida to`xtaling? “Kalvak Maxzum” guruhi a`zosi chizilgan rasmni yozuv taxtasiga yopishtiradi. -1914 yilda boshlangan birinchi jahon urushi, Rusiyaning qonli janglar qirdobiga tortilishi tufayli ulkan imperiyadagi, shuningdek, uning mustamlaka o`lkasi Turkistondagi vaziyat keskinlashdi. O`lkada yuz berayotgan iqtisodiy-siyosiy tanglik, sabr kosasi to`lgan xalq orasidagi ommaviy noroziliklar, xususan, 1916 yilgi mardikor olish, 1917 yilgi fevral inqilobi voqealari Qodiriyning ijtimoiy-siyosiy qarashlariga kuchli ta`sir ko`rsatadi. U endigina ijtimoiy-siyosiy ishlarga aralasha boshladi. 1917 yil fevral inqilobidan keyin xalq militsiyasiga ko`ngilli bo`lib yoziladi, so`ng Toshkentning eski shahar qismida ochilgan oziq-ovqat qo`minasiga mirza bo`lib ishga kiradi. Qodiriyning Oktabr to`ntarishidan keyingi faoliyati, asosan matbuot bilan bog`langan. “Ishtirokiyun” va “Qizil bayroq” gazetalarida xodim, “inqilob”, “Kommunist yo`ldoshi” majmualarida sarkotib va xodim bo`lib ishlaydi. (guruh a`zolari fikrni to`ldirishi mumkin). 5.Qodiriy publitsistikasi haqida gapiring? (“Dumbul” guruhi a`zolari gapiradilar). -Qodiriy 1919-1925 yillarda matbuotda yuzlab maqola, hajviyalari bilan qatnashdi. Bu asarlarini u har xil-Qodiriy, Julqunboy, Kalvak Maxzum, Toshpo`lat, Ovsar, Dumbul degan imzo-taxalluslar bilan e`lon qilgan. Qodiriy publitsistikasining mavzu-mundarijasi, muammolar doirasi keng. Ular orasida hayotdagi muhim tadbirlarni, yangiliklarni olqishlab, qo`llab-quvvatlovchi, targ`ib-tashviq etuvchi (“Matbuot kuni”, “Ulug` ayyom” kabi) murakkab insoniy taqdirlar haqida hikoya qiluvchi (“Otam ham bolshevik”, “1818 yil yodgori”, “G`irvonlik Mallaboy aka”) singari hayotdagi xilma-xil illatlarni fosh etuvchi maqolalar hamda bir turkum adabiy-tanqidiy ishlarni uchratamiz. (guruh a`zolari fikrni to`ldirishi mumkin). Yangi mavzuni mustahkamlash O`quvchilar fikrini to`ldirib, dars xulosalanadi. Dars jarayonida tug`ilgan savollariga javob beriladi. Bolalarga dars davomida tarqatilgan rag`bat qog`ozchalarini uyg`unlashtirib olinadi. G`olib o`quvchilar baholanadi. Uyga vazifa. A.Qodiriy hikoyalaridan o`qib kelish. Dars yakunlanadi. Download 75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling