O‘zbek tili fonetikasi


Qo‘shimcha belgilar. Qator belgisi


Download 210.89 Kb.
bet20/86
Sana08.01.2022
Hajmi210.89 Kb.
#252242
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   86
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

Qo‘shimcha belgilar. Qator belgisi


Turkiy tillarda unlilarning qator belgisi ham muhim farqlovchi belgilardan sanaladi. Bu belgiga ko‘ra unlilar ikki zidlanuvchi qatorga – old qator va orqa qator (quyi tonallik - yuqori tonallik) unlilariga bo‘linadi. Ko‘pgina turkiy tillarda orqa

qatordagi har bir fonemaga old qator fonemasi muvofiq keladi: а, о, у, i orqa qator unlilari ä, ö, ÿ, ï old qator unlilari bilan zidlanadi va bu zidlik fonologik qimmatga ega bo‘ladi.

Turkiy tillarning ko‘pchiligiga xos bo‘lgan unlilarning yuqoridagi kabi qatorga ko‘ra zidlanishi hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun xos emas. Bu esa o‘zbek tilining turkiy tillar sistemasida o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

O‘zbek tilidagi bu o‘ziga xos xususiyat singarmonizm qonuniyatlarining buzilishi, old qator unlilari bilan orqa qator unlilarining qator belgisiga ko‘ra zidlanishi mo‘’tadillashib, sakkizta unlining to‘rtta unliga kelib qolishi bilan bog‘liqdir. O‘zbek tilidagi bu jarayonning qanday sabablarga ko‘ra ro‘y bergani haqida Ye.D.Polivanov, A.K.Borovkov, A.M.Shcherbak, V.V.Reshetov, N.A.Baskakov, F.A.Abdullaev, Sh.Sh.Shoabdurahmonovlar tomonidan turlicha fikrlar aytilgan. Bu fikrlarga A.M.Shcherbak, F.A.Abdullaev, A.A.Abduazizov tomonidan munosib baho ham berilgan. Shuning uchun ham biz bu yerda ularni batafsil sharhlab o‘tirishni ortiqcha deb bilamiz. Lekin shuni ta’kidlash joizki, unlilarning qator belgisiga ko‘ra zidlanishining neytralizatsiyasi hozirgi o‘zbek tilining faqat Toshkent dialekti uchun xosdir. Toshkent dialektidagi ana shu ikki belgiga ko‘ra unlilarning zidlanishi adabiy tilga asos qilib olingan. Boshqa barcha shevalarda uch belgili zidlanish uchraydi, ya’ni qator belgisi ham zidlanish uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Masalan, Andijon, Marg‘ilon, qo‘qon, Namangan, O‘sh shevalarida o‘r – ör, o‘n - ön, o‘t - öt, bo‘z - böz, o‘z - öz, un - ϋn kabi farqlanishlar fonologik qimmatga ega. Bir fonetik sharoitda orqa qator va old qator unlilari biri o‘rnida ikkinchisi kelib, ma’no farqlash uchun xizmat qiladi. Shuning uchun ham turkiy tillar unlilar sistemasi uchun qator belgisini differensial belgi sifatida olgan V.V.Radlov, V.Tomsenlarni, E.Umarov fikricha, qoralamaslik, aksincha, ularning yo‘lini ma’qullamoq lozim.

O‘zbek adabiy tilidagi olti fonemalik sistemada fonemalar qatorga ko‘ra zidlanmasligi haqidagi E.Umarov fikrini ma’qullaymiz. Darha-qiqat, hozirgi o‘zbek adabiy tilida qator belgisi fonologik qimmatga ega emas, faqat variantlarning sifat belgisi bo‘lib xizmat qiladi.


Download 210.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling