O‘zbek tili fonetikasi


Download 210.89 Kb.
bet21/86
Sana08.01.2022
Hajmi210.89 Kb.
#252242
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   86
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

Nazallik belgisi


Turkiy tillarda nazallik belgisiga ko‘ra sof va nazal unlilarga zidlanish barqaror xususiyatga ega emas. Shu bilan birga, fonologik qimmatga ham ega emas.1 Ya’ni bu belgi ma’no farqlash vazifasini bajarmaydi. Nazalizatsiya hodisasi tuva, xakas, ozarbayjon, uyg‘ur va o‘zbek tilining Namangan shevasida keng tarqalgan.2

Nazallik lotincha «burunga oid» ma’nosini ifodalaydi. Bu belgi bo‘lgan unlilarda tanglay pardasining tushishi va havo oqimining bir vaqtda og‘iz va burun bo‘shlig‘idan o‘tishi natijasida tovush burun tembriga ega bo‘ladi. Buning natijasida og‘iz unlisi burun unlisiga aylanadi.

Hozirgi ayrim o‘zbek shevalarida so‘z tarkibida n va ng undoshlarining tushishi natijasida bu undosh oldida kelgan unlilarning nazalizatsiyasi kuzatiladi.





1 Шакиров Р.Ф. Ўша асар. -С.47.

2 Отамирзаева С. Наманган шевасидаги назализация ҳақида.//Ўзбек тили ва адабиёти масалалари. -Тошкент, №3, 1962. – Б.20-23; Катанов Н.Ф. Опыт исследования урянхайского языка народных тюркских говоров Нухи. Баку, ЕАМ, 1926. -С. 119.

Chunki tushib qolayotgan burun undoshlari talaffuzi quloqqa chalinmasa ham, ammo artikulyatsiyasining izi ma’lum darajada saqlanib qoladi. Shuning uchun bunday undoshlar oldida kelgan unlini nazallik belgisiga ega qiladi. Masalan, Namangan shevasida bola-chaqa:ni (bola - chaqangni), chushu:n (tushingni), ga:sә (olgansan), ga:mә: (olganman);1 Shahrisabz shevasida xә:rәde (hangradi), tә:lik (tanglik), d : qotma (dong qotma);2 o‘g‘uz shevalarida ma:lay (manglay), ta:lay (tanglay), no: (non)3 va boshqalar.

Nazallik belgisi bir qator o‘zbek shevalarida keng tarqalgan bo‘lsa-da, lekin u unli fonemalarni farqlovchi belgi bo‘la olmaydi. Faqat qo‘shimcha belgi sifatida unlilarning variantini hosil qiladi.

Anglashiladiki, nazallik belgisi o‘zbek tilida unlilarning

paradigmatik munosabatida mavjud emas. U faqat sintagmatikada yondosh burun undoshlarining ta’sirida qo‘shimcha belgi sifatida paydo bo‘ladi.


Download 210.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling