O‘zbek tili fonetikasi


Download 210.89 Kb.
bet44/86
Sana08.01.2022
Hajmi210.89 Kb.
#252242
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   86
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

Tovush balandligi tebranishning vaqtga nisbatan bo‘lgan miqdori bilan o‘lchanadi. Uning o‘lchov birligi gers(Gs) deb ataladi. Gers tebranishning sekundga nisbatan o‘lchovini belgilaydi. Tebranish qancha ko‘p bo‘lsa, tovush shuncha baland, tebranish oz bo‘lsa, tovush ham past bo‘ladi. Boshqacha aytganda, tovushning balandligi tebranishning zichligiga bog‘liq: tebranish qancha zich bo‘lsa, tovush shuncha baland bo‘ladi.

Tovush tembri (fransuzcha timbre – tovush bo‘yog‘i) yoki bo‘yoqdorligi. Har bir tovushning o‘ziga xos ohangi, rangi yoki buyoqdorligi tovush tembri deyiladi. Tovush bo‘yoqdorligi tovush tembrining holati va darajasi bilan o‘lchanadi. Tovush tembri asosiy tonlar bilan obertonlarning (nemischa oberton – qo‘shimcha ohang) murakkab qo‘shilmasidan iborat.

Akustikadan ma’lumki, har bir tebranuvchi jism,masalan, rubobning tori biror ta’sir natijasida tebranadi va havo to‘lqinlanishi natijasida ovoz chiqaradi. Torning butun tanasi bo‘ylab chiqargan ovozi asosiy ton – asosiy ovoz bo‘ladi. Lekin tordagi umumiy, asosiy to‘lqinlanish bilan birga uning tanasining ayrim qismlari ham o‘ziga

xos ravishda to‘lqinlanadi. Bunday to‘lqinlanish asosiy to‘lqinlanishga nisbatan uning yarmini, uchdan birini yoki chorak qismini tashkil etishi mumkin. Ana shunday qo‘shimcha to‘lqinlarning jaranglashi natijasida qo‘shimcha ovozlar yoki ohanglar – obertonlar hosil bo‘ladi. Bu aytilganlar tembrning umumiy akustik xarakteristikasidir. Hamma unli tovushda ham ovoz bor. Lekin ular bir-birlaridan tembri bilan farq qiladi. Bunda og‘iz bo‘shlig‘i asosiy va eng murakkab rezonanslik vazifasini bajaradi, shu bilan birga, nutq jarayonida tovush tembrining hosil qilinishida yumshoq tanglay (xususan, burun rezonansini hosil qilish uchun) va tovush paychalari ham faol ishtirok etadi. Bulardan tashqari, nutq tovushlarini hosil qilishda

til, lab, tish va boshqa nutq organlarining ham o‘ziga xos o‘rni bor.

Boshqacha aytganda, tovushning boshqa sifat ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda, nutq tovushlarini hosil qilishda tovush tembrining ham muhim ahamiyati bor. Biroq nutq tovushlarini hosil qilishda akustik jihat bilan bir qatorda fiziologik jihat, ya’ni nutq organlari ishtiroki muhim rol o‘ynaydi. Biroq bu ikki tomon ham nutq tovushlarining to‘liq qimmatini yarata olmaydi. Ularning to‘liq qimmati nutq tovushlarining ma’no yaratish xususiyatlari tufayli, sotsial qimmati tufayli yuzaga chiqadi.




Download 210.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling