O‘zbek tili fonetikasi


Download 210.89 Kb.
bet41/86
Sana08.01.2022
Hajmi210.89 Kb.
#252242
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   86
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

Bir o‘lchovli zidlanishlarda zidlanuvchi a’zolarning zidlanishi uchun asos bo‘lgan belgi faqat shu zidlanish uchungina xos bo‘lib, zidlanish sistemasining boshqa a’zolarida uchramaydi. Shunga ko‘ra, [s] va [sh] zidlanishi aynan bir o‘lchovli zidlanish hisoblanadi. Chunki [sh] [s] dan “shippillovchi” ekanligi bilan farq qiladi va shu belgisi ularning o‘zaro farqlanishi uchun asos bo‘ladi. Bunday zidlanish sistemaning boshqa a’zolari o‘rtasida uchramaydi. Bundan tashqari, [sh] ning “shippillovchi”lik xususiyati o‘zbek tili fonologik sistemasidan o‘rin olgan fonemalarning hech birida mavjud emas. Bu esa uning ajralgan zidlanish ekanligidan dalolat beradi.

Xuddi shunday zidlanish turini [l] va [r] o‘rtasida ham kuzatish mumkin. Fonologik sistemada [l] “yon”lik, [r] esa “titroq”lik belgisi bilan boshqa fonemalardan ajralib turadi. Ular o‘rtasidagi zidlanish bir o‘lchovli zidlanish bo‘lib, ularning farqlanishi uchun asos bo‘luvchi “yon”lik va “titroq”lik belgilari esa faqat shu birliklar uchungina xos bo‘lgan, boshqa hech qaysi birlikda takrorlanmaydigan ajralgan zidlanishdir.

Zidlanuvchi a’zolar o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra zidlanishlarni quyidagi turlarga ajratishimiz mumkin:


  1. Privativ zidlanish.

  2. Ekvipolent zidlanish.

  3. Gradual zidlanish.

  4. Ajratilgan zidlanish.

Privativ zidlanish birida bor, ikkinchisida yoq bo’lgan belgi asosidagi fonologik oppozisiyalar bo‘lib, ikki a’zodan iborat bo’ladi: b-p, d-t, i-u kabi. Demak, privativ zidlanishda korrelyativ belgi asos bo‘ladi. Jumladan, t↔d zidlanishida t fonemasida jarangsizlik belgisi korrelyativ belgidir. Chunki shu fonemaning asosiy belgilariga ega boʻlgan, ammo undan boshqa korrelyativ belgisining borligi bilan (jaranglilik belgisi borligi bilan) ajralib turuvchi d fonemasi bor. Qolgan belgilari ushbu zidlanishda korrelyativ boʻlmagan belgi hisoblanadi.

Ekvipolent zidlanish teng qimmatli fonologik oppozitsiyalar bo‘lib, zidlanuvchi a’zolar mantiqan teng huquqlidir. Ya’ni ziddiyatga kirishayotgan ikki a’zoning zidlanish belgilari teng. Masalan, d↔v zidligida d – til oldi, portlovchi, jarangli; v – lab, sirgaluvchi, jarangli. Ziddiyatga asos bo‘layotgan belgilar ikkisida ham teng.

Gradual zidlanish ma’lum belgining ortib borishi natijasidagi fonologik oppozitsiyadir. Masalan, i↔e↔a zidligida og‘izning ochilish darajasi, yoki u↔o‘↔o zidligida lablanish belgisining darajalanishi.

Fonologik oppozitsiyalarni quyidagicha ko‘rsatish mumkin.



A’zo miqdoriga

ko‘ra


Xususiyatga ko‘ra

BINAR

TENAR

KO‘P A’ZOLI



PRIVATIV

d↔t







EKVIPOLENT







p= b = t = d = m = n

GRADUAL




k→ q→ h




AJRATILGAN

sh↔s







Fonologik oppozitsiyalar zidlanuvchi a’zolar ishtirokiga ko‘ra oppozitsiyasiga ko‘ra binar, tenar va ko‘p a’zoli zidlanishlarga bo‘linadi. Jumladan, fonologik oppozisiyalar ikki a’zodan iborat bo’lsa, binar oppozisiya deyiladi: b-p, t-ch,i-u kabi. Fonologik oppozisiyalar uch a’zodan iborat bo’lsa, tenar oppozisiya deyiladi: p-t-k, i- e-a kabi. Ko‘p a’zoli zidlanishlarda zidlanish a’zolari uchtadan ko‘p bo‘ladi: p=b=t=d=m=n=ng=k=g=q – portlovchilar ekvipolent zidlanishga kirishadi.


Download 210.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling