Transliteratsiya. Biror tilning yozma yodgorliklarini yoki ma’lum bir matnni (masalan, arab alifbosida yozilgan eski o‘zbek tili yodgorliklari) nashr etishda shu yodgorliklarning yozuv sistemasini boshqa til yoki yodgorlik bosilayotgan xalqning mavjud yozuv sistemasi orqali ifodalash transliteratsiya deb ataladi. Demak, transliteratsiya - biror yozuv harflarini boshqa bir yozuv harflari bilan almashtirib
ifodalash usulidir. Masalan, ًما ْل ع ْدنى ز ِب ر “Робби зиднѝ ъилман”, ya’ni “Ey,
Robbim, menga ilmni ziyoda et”. (“Toha,114”).
Transkripsiya bilan transliteratsiya o‘zaro mustahkam bog‘liqdir. Transliteratsiya so‘zi lotincha bo‘lib, orqali, vositasi bilan va harf ma’nolarida keladi. Ikki atamani bir-birlari bilan almashtirmaslik kerak. Ular bir-birlariga o‘xshash bo‘lsa ham, o‘z xususiyatlari jihatidan tubdan farq qiladi. Chunki transkripsiya til yoki lahjadagi tovushlarning turli ko‘rinishlarini talaffuziga moslab yozish, ya’ni uni yozuvda ifodalash uchun foydalaniladi. Transliteratsiyada esa tilimizning turli davrlarda yozib qoldirilgan yodgorliklarini, masalan, Urxun-Enasoy arab yozuvidagi yozma yodgorliklarni hozir amalda bo‘lgan yozuv tizimi bilan ifodalash ko‘zda tutiladi. Bunda bir yozuv ikkinchi bir yozuv harflari bilan o‘quvchilarga tushunarli alfavitga keltiriladi. Qiyosiy va tarixiy grammatika, filologik lug‘atlar tasvirini izohlab va nashr ham transliteratsiya ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |