O‘zbek tili fonetikasi
Tayanch termin va iboralar
Download 210.89 Kb.
|
ozbek tili fonetikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- TRANSKRIPSIYA
Tayanch termin va iboralar.Akustik hodisalar, akustik rezonans, tovush to‘lqini, tovush balandligi, tovush bosimi, tovush tembri, tovush kuchi, artikulyatsiya, artikulyatsiya bazasi, artikulyatsiya usuli, artikulyatsiya o‘rni, ekskursiya, rekursiya, pauza. TRANSKRIPSIYAReja:
Transkripsiya haqida umumiy ma’lumot. Transkripsiyaning tamoyillari. Transkripsiyaning turlari. Transliteratsiya. Transkripsiyaning tuzilishi. Transkripsiya lotincha so‘z bo‘lib, transcriptio qayta yozish demakdir. Trankripsiya so‘zi keng va tor ma’noda ishlatiladi. Keng ma’noda ishlatilganda orfoepiyaga oid ishlarda, geografik va tarixiy nomlarning reja va xaritada berilganiga moslashtirib yozishda, xalq og‘zaki ijodi materiallarini yozib olishda ham ilmiy yozuvdan foydalaniladi. Shuningdek, biror musiqa asbobi uchun yozilgan asarni boshqa bir musiqa asbobiga moslab qayta yozish ham tushuniladi. Bu mazkur so‘zning umumiy va keng ma’noda qo‘llanilishidir. Transkripsiya fonemaning og‘zaki nutqda va shevalarda uchraydigan turli ko‘rinishlarini yozuvda ifodalash uchun qo‘llanadigan grafik belgilar sistemasidir. Bu mazkur so‘zning xususiy va tor ma’noda qo‘llanishidir. Demak, transkripsiya ilmiy yozuv bo‘lib, bir tildagi fonemalarning hamma nozik tomonlarni hisobga olgan holda, ilmiy maqsadlar uchun talaffuzga ko‘ra yozib olish degan ma’noni beradi. Bunda u yoki bu tilda mavjud bo‘lgan alfavitdagi belgilar yetarli bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra, u yoki bu xalq iste’molidagi (lotin, rus, o‘zbek, alfaviti kabi) an’anaviy alfavitdan o‘rni bilan ma’lum bir tegishli o‘zgarishlar kiritish talab qilinadi. Bu belgilar odatda mavjud alfavitdagi harflarning ustidan, yonidan va tagidan shartli belgilar qo‘yish yo‘li bilan amalga oshiriladi yoki boshqa alfavitdan shartli ravishda belgi (harf) qabul qilinadi. Natijada ilmiy yozuvda belgilar soni asos qilib olingan alfavitdagi belgilar sonidan ko‘p bo‘lishi mumkin. Transkripsiya tamoyillari o‘ziga xos xususiyatlari bilan orfografiya va uning tamoyillaridan (fonetik, morfologik, tarixiy-an’anaviy kabi) farq qiladi. Ular o‘rtasidagi asosiy farqlar quyidagilardan iborat: Transkripsiyaning asosiy tamoyiliga ko‘ra so‘zlar qanday eshitilsa, shunday yozib olinadi. Orfografiyada, esa adabiy til me’yorlariga, imlo qoidalariga asosan yoziladi. Transkripsiya qoidalariga ko‘ra, hamma vaqt bir tovush bir harf (belgi) bilan berilishi lozim. Orfografiyada esa bir tovush bir harf bilan ifodalansa ham, lekin ba’zan bir tovush ikki harf (belgi) bilan yoki, aksincha, ikki tovush bir harf bilan berilishi mumkin. Masalan, kirill yozuvida imlo ikki tovushni ifoda qiluvchi yulduz, yuz, yarim, yosh, yetti, yer kabi so‘zlardagi tovush birikmalari yu, ya, yo, ye yozuvda ikki belgi bilan yu-yu, ya-ya, yo- yə, ye-y’-ye kabi ifoda etiladi. Yoki sh, ch, ng kabi lotin yozuvidagi harfiy birikmalar ham bir belgi orqali ifodalanadi. Jumladan, ng transkripsiyada bir asosiy belgi orqali, ya’ni ң tarzida beriladi.Masalan, shahar va shahar atrofidagi shevalarga: Yulduz, Yuz, Yөrim. Qipchoq shevalarida: Julduz, juz, jarim, jat kabi. Transkripsiya qoidalariga muvofiq bosh harflar qo‘llanilmaydi. Imloda buning bo‘lishi shart. Shartli ravishda faqat xat boshida va atoqli otlarda bosh harfning yozilishi hisobga olinadi. O‘zbek xalq shevalaridagi o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy yozuv bilan ifodalaganda, imlo qoidalariga moslab emas, balki so‘zlarning talaffuziga, ularning aytilishiga qarab yozib olinadi. Masalan, og‘zaki nutq jarayonida so‘zlar boptы, opke: kabi shakllarida ko‘p qo‘llaniladi. Yozuvda esa imlo qoyidalariga muvofiq yoziladi: «bo‘libdi», «olib kel». Sheva va dialektdagi nutq tovushlarini fonetik transkripsiya uchun tanlangan alfavit orqali ifoda qilib bo‘lmasa, boshqa tillar alfavitidan harflar olinadi yoki harflar yoniga, ustiga, ostiga, ichiga diakritik belgilar orttiriladi. Transkripsiyaning fonetik transkripsiya, fonematik yoki fonologik transkripsiya kabi turlari bor. Download 210.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling