Bo‘g‘iz undoshi
fonemasi jarangsiz sirg‘aluvchi bo‘g‘iz tovushdir. Shevalarda [h] ning ishlatish ko‘lami bir xil emas. Shunga ko‘ra y-lovchi shevalar ikki guruhga bo‘linadi:
[h] mustaqil fonema sifatida qabul qilingan shevalar: Farg‘ona, Marg‘ilon, qo‘qon va boshqa shevalar;
1 Афзалов Ш. Ўша асар. –Б. 137.
2 Решетов В., Шоабдураҳмонов Ш. Ўша асар. -173-б.
[h] va [x] tovushlari o‘rtasidagi indifferent [x’] ga ega bo‘lgan shevalar:
Toshkent va unga yondosh y-lovchi shevalar kiradi. Qozoq tilidagi kabi, ayrim j-lovchi o‘zbek shevalarida ham [h] fonema sifatida uchramaydi.
Masalan: yl. Hevuz // jl. Hovuz // Tosh. x’evuz Tosh. x’uker, x’er’sh, jl. hisep, reyhen.
Ayrim so‘zlarda [h] tovushi tushib qolishi mumkin. Bu hodisa ikkilamchi cho‘ziq unlilarning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
mehnatkash > me:netkesh shaharga > she:erge maslahat > mesle:et
[h] assimilyatsiyaga uchrashi mumkin: mahsi > messi, mahkam > mekkem
Ba’zi so‘zlarning oxirida [h] tushiriladi goh...goh > ge...ge
gunoh > gune guvoh > guve
[h>y] almashinuvi barcha shevalar uchun xosdir: enasi ham > enesiyem
mehribon > miyriben
sizlarga ham > s’legeyem (nam.) buni ham > mun’yem.
Do'stlaringiz bilan baham: |