O‘zbek tili fonetikasi
Download 210.89 Kb.
|
ozbek tili fonetikasi
Til oldi sonor undoshlar[N] fonemasi. O‘zbek tili shevalarida bir qancha variantlarga ega. Masalan, ko‘pgina shevalarda sporadik ravishda [n>l] almashinishi uchraydi: nodon > (jl) ladan lekin > nek’n ko‘ylak > koynek Tushum kelishigi affiksidagi n tovushi jarangli undoshlardan keyin kelib d ga o‘tadi: sizni > s’zd’ - tosh., nam. s’zz’ oyni > eyd’ birovni>b’revd’ Til orqa undoshlaridan oldin kelganda [n>ng] o‘zgarishlari sodir bo‘ladi. yaqin qoldi > yeqo‘ng qelde maymuncha > meymungche men keldim > meng keldim senga > (nam) sengge So‘z o‘zagining oxirida n fonemasi undosh tovush bilan boshlangan affikslar qo‘shilganda, assimilyatsiyaga uchraydi: n>m: ko‘rinmay > korummey tinmay >t’mmey bir nima > b’nn’me g‘uncha > g‘umche n>t: hech nima > h’sht’me Toshkent, Namangan shevalarida so‘z o‘zagiga ko‘plik affiksi qo‘shilganda, n progressiv assimilyatsiyaga uchraydi va quyidagicha o‘zgaradi: ishni > ‘shsh’ tuzni > tuzz’ suvni > suvv’ mixni > m’xx’ kimni > k’mm’ Singarmonistik y-lovchi shevalarning yalovchi gruppasida va dj-lovchi shevalarda bir-biriga zid bo‘lgan [l*] va [l] undoshlari mavjud. Old qator unlilar bilan yondosh kelganda [l*], orqa qator unlilar bilan esa [l] talaffuz etiladi. to‘la > tola oldi > aldы oltin > altыn tilla > til’l’e bo‘lak > bel’ek pila > pill’e Boshqa shevalarda esa o‘zbek adabiy tilidagi kabi old va orqa qator oralig‘ida o‘zgarib turuvchi faqat bitta [l] fonemasi mavjud. Dj lovchi shevalarda [l>n] almashinuvi mavjud. Agar so‘z [m] yoki [ng] tovushlari bilan tugagan bo‘lsa [l] [n] ga o‘tadi. kamlik > kemnik choy damlab > cheydomnep imladi > imnedi Bunday almashinuvni Toshkent, Namangan shevalarida ham kuzatish mumkin: boraylik > ber’ynuk bersaylik > ber’ynuk chiqaylik > ch’qaynug Namangan shevasida II shaxs buyruq fe’lida l>n o‘tadi. keltiringlar > kelturu:ne yuringlar > yuru:ne kelinglar > kel’:ne boringlar > ber’:ne Assimilyatsiya natijasida [l] quyidagicha o‘zgarishlarga uchraydi. aldab > allap mamalakat > memneket ko‘ngling > kengning Regressiv assimilyatsiya: bilmadim > b’lmedim ayrilmaydi > ayrыmmaydы Sporadik ravishda djlovchi shevalarda [l] [r] bilan almashadi: o‘lja > erdje jig‘ildon > djыg‘ыrdon dumbul dedi > dumburdedi Bir bo‘g‘inli fe’llarda l tushib qoladi: qilib > qo‘b kelinglar > kengner ol > o. kel > ke Ko‘plik affiksidagi [l] ham tushishi mumkin: bizlar > bizer || bize sizlar > sizer [R] fonemasi til oldi titroq tovushdir. Asl o‘zbekcha so‘zlarda [r] asosan so‘z o‘rtasida uchraydi: terep otur derrev arpa Ayrim shevalarda, xususan, Namangan shevasida [r] turg‘un holatga ega emas, chunki ba’zan talaffuzda tushib qoladi yoki assimilyatsiyaga uchraydi.1 [R] fonemasi fakultativ-sporadik ravishda quyidagicha o‘zgarishga ega bo‘ladi: r>y: ro‘mol > yl. Yom l. ro‘para > and. yepere r>l: anjir > jl.endjil zarar > yl.zelel karidor > kal’dor devor > toshk.devel || nam.devel || and.duvol r>d: bayroq > djl.baydaq. Ayrim o‘rinlarda [r] progressiv va regressiv assimilyatsiyaga uchraydi: marta > jl.mette o‘rni > onnы surnay > sunney ertasiga > marg‘.etten’s’ge zanjir > zendj’l chorvadorlar > charvadallar Y-lovchi shevalarda [r>y] almashinuvi uchraydi: ro‘paramda > yoperemde (nam). ro‘mol > yomel (toshk). bir > bi:r > biy (qorabuloq)2 Namangan shevasida sporadik ravishda [r>v] hodisasi uchraydi: duradgor > duvedgor. Ayrim o‘rinlarda [r] tushishi mumkin: Jl. tekre qo‘lo‘p < takror qilib aylo‘g‘ elado‘m < oylik olar edim turgan > to‘g‘an, beratыg‘an. Bu hodisani y-lovchi shevalarda ham kuzatish mumkin: dasturxon > destexon qirqta > q’xte charx > chex charm > chem barg > bey. Download 210.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling