Yumshoq tanglay qo‘shimcha aktiv organ hisoblanadi. U quyi holatda og‘izdan chiqayotgan havo yo‘lini to‘sadi. Yumshoq tanglayning pastlashishi natijasida og‘iz bo‘shlig‘ida portlab chiquvchi burun sonantlari – m, n, ң, j lar o‘zlariga mos, burun tovush bo‘lmagan undoshlar bilan korrelyativ oppozitsiyaga kirishadi: m | p (b), n | t (d), ң | k, j | j.
1 Абдураҳмонов Ғ.,Рустамов А. Қадимги туркий тил. -Т.,1982.-Б.10
2 Глисон В. Введение в дескриптивную лингвистику. -М.:Иностр.литер.,1969. -С.96;Березин Ф.М.История лингвистических учений.
M va n tovushlari qadimiy tovushlar sifatida qaralishi kerak. Faqat keyingi burun undoshlarining assimilyativ ta’siri natijasida etimologik b (<*n) o‘rnida m ning qo‘llanilishi bundan mustanodir. Solishtiring: o‘zbek tilida men, tat. Min «men» (meng «xol» (
<рun,), o‘zbek tilining qipchoq shevalarida «bo‘yin» (Yuqoridagi so‘zlar boshidagi m undoshi so‘z oxiridagi n, ng nazal undoshlarining regressiv assimilyatsiyasi natijasida etimologik nazal bo‘lmagan labial, portlovchi b, p undoshlarining nazallashuvidan hosil bo‘lgan. Hozirgi o‘zbek tilining ayrim shevalarida bir xil fonetik qurshovda (pozitsiyada) nazal va nazal bo‘lmagan undoshlarning ma’noga ta’sir etmagan holda o‘zaro ma’no almashinish holatlari uchraydi. Masalan, murun-burun, muncha-buncha kabi. Bu esa hozirgi o‘zbek tilida nazallik belgisining fakultativligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |