O‘zbek tili fonetikasi
«baland» - teppa «yasama»
Download 210.89 Kb.
|
ozbek tili fonetikasi
«baland» - teppa «yasama».
Cho‘ziq undoshlar geminatalar nomi bilan yuritiladi va u qisqa undoshga qarama-qarshi qo‘yiladi. Geminatalar turkiy tillarda keyingi hodisa bo‘lib, ikki yo‘l bilan hosil bo‘ladi: 1) oldingi qisqa undoshning ikkilanishi, cho‘zilishi natijasida; 2) sintagmatik munosabatga kirisha-yotgan morfema yoki so‘zlar oralig‘idagi yonma- yon kelgan ikki xil undoshning o‘zaro assimilyativ yoki dissimilyativ ta’siri natijasida (masalan, siz+ni – sizzi – sizi) Prof. A.G‘ulomov ham o‘zbek tilida geminatalar dastlab ma’noni kuchaytirish, ekspressivlikni ta’minlash uchun kelib chiqqanligini, keyinchalik esa bunday ma’nodan uzoq bo‘lgan boshqa so‘zlarga ham tarqalganini bayon qiladi.1 Prof. F.Abdullaev esa birinchi ochiq bo‘g‘in unlisini saqlab qolish tendensiyasi natijasida bo‘g‘inni yopishga urinish qonuniyatidan kelib chiqqan bo‘lishi kerak, deb taxmin qiladi.2 Shuni ta’kidlash kerakki, etimologik qisqa undoshning cho‘ziq undoshga aylanishi (ikkilanishi) ko‘proq belgi bildiruvchi so‘zlarda uchraydi. Bu esa cho‘ziqlikning, darhaqiqat, belgini tagida yetarli asos borligidan dalolat beradi. Keyinchalik bu hodisa narsalarni va boshqa ma’nolarni bildiruvchi so‘zlarga ham o‘tgan va aylangan. Masalan, eshak-eshshak, boshingni yegur-boshshingni yegur, maza qilmoq-mazza qilmoq va boshq. Shunday qilib, turkiy tillarda etimologik qisqa undosh (yakka undosh) ning cho‘ziq undoshga (geminataga) aylanishi nisbatan keyingi hodisa bo‘lib, ma’noni kuchaytirish, ta’kidlash, birinchi bo‘g‘inning fonetik tuzilishini saqlab qolish tendensiyasi natijasida hosil bo‘lgan. Hozirgi o‘zbek tilida bir qator so‘zlar ikki xil varintda qo‘llanadi: tepasida- teppasida, eshak-eshshak, isimoq-issimoq, sasimoq-sassimoq va boshq. Bu juftliklarning moddiy jihatdan farqlovchi belgisi intervokal holatdagi undoshning cho‘ziqligi-qisqaligidir. 1Гулямов А.Г. Проблемы исторического словообразования узбекского языка. Дисс.докт.филол.наук. -Ташкент, 1975. -С.122. 2 Абдуллаев Ф. Фонетика хорезмских говоров. –Ташкент: Фан, 1967. -С.131 Bu cho‘ziqlik-qisqalik belgisi shu so‘zlarning atash ma’nosini o‘zgartirib yubormaydi, balki so‘zlovchining sub’ektiv munosabatini o‘zgartiradi. «Cho‘ziqlik» va «qisqalik» belgilariga ega bo‘lgan so‘zlar o‘zaro zidlanadi. Bu zidlanish mazmun jihatdan «ekspressivlik», ma’noni kuchaytirish belgisiga ham tayanadi. «qisqalik» belgisiga ega bo‘lgan zidlanish a’zosi «ekspressivlik» belgisiga ega bo‘lmaydi, aksincha «cho‘ziqlik» belgisiga ega bo‘lgan zidlanish a’zosi bunday belgiga ega bo‘ladi. Bir xil qurshovda bir xil undoshning qisqa va cho‘ziq ko‘rinishlarining o‘zaro almashinuvi so‘zlarning atash ma’nosining o‘zgarishiga olib kelmas ekan, demak, o‘zaro almashinuvchi fonetik birliklar bir fonemaning turli variantlari sanaladi. Bu esa undoshlarning «cho‘ziqlik», «qisqalik» belgisi fonologik nomuhim belgi ekanligidan dalolat beradi. Download 210.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling