O‘zbek tili fonetikasi


Qattiqlik-yumshoqlik belgisi


Download 210.89 Kb.
bet31/86
Sana08.01.2022
Hajmi210.89 Kb.
#252242
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   86
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

Qattiqlik-yumshoqlik belgisi


O‘zbek tilidagi undosh fonemalar nutqiy jarayonda qanday sintagmatik qurshovda kelishiga bog‘liq holda qattiqlik yoki yumshoqlik belgisiga ham ega bo‘ladi.

Akademik G‘.Abdurahmonov va A.Rustamovlarning ta’kidlashlaricha, qadimgi turkiy tilda undosh fonemalarning hammasi palatal (ingichka yoki yumshoq) va velyar (qalin) variantlarga ega bo‘lgan. Bu undosh fonemalarning har biri old qator unlilari bilan kelganda ingichka, orqa qator unlilar bilan kelganda esa qalin talaffuz qilingan. Ingichkalik yoki palatallik tilning o‘rta qismining qattiq tinglay (palatum)ga, qalinlik (velyarlik) esa tilning orqa qismining yumshoq tanglay (velum)ga ko‘tarilishi natijasida vujudga keladi. Talaffuzning mana shu xususiyati bilan turkiy so‘zlar qalin yoki ingichka bo‘lgan: at-el,al-el,ut-ut,ol-ol va boshq. 1

Hozirgi o‘zbek tilida palatal singarmonizm relikt hodisa bo‘lganligi tufayli, qattiqlik-yumshoqlik belgisi undoshlarning barchasi uchun emas, faqat ayrimlari uchun xos bo‘lib qolgan.

Xususan, ng undoshi old qator unlili o‘zak tarkibida yoki shunday o‘zakli so‘zlarga qo‘shilganda ingichka, yumshoq, orqa qator unlili o‘zak tarkibida yoki shunday o‘zakli so‘zlarga qo‘shilganda esa qalin, qattiq talaffuz qilinadi.

Qattiqlik-yumshoqlik belgisi bilan farqlanuvchi bu undosh bir xil sharoitda hech qachon biri o‘rnida ikkinchisi kela olmaydi. Shuning uchun zidlanuvchi a’zolar o‘zaro qo‘shimcha distributsiya munosabatida bo‘ladi. Bunday munosabatda bo‘lgan birliklar esa bir mohiyatning turli ko‘rinishlari, variantlari bo‘ladi.2


Download 210.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling