O‘zbek tili fonetikasi


Download 210.89 Kb.
bet2/86
Sana08.01.2022
Hajmi210.89 Kb.
#252242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

SO‘Z BOSHI

Prezidentimiz I.A.Karimov: “Ilmu fan sohasidagi harakatlarimiz ham, ilmiy ishlarimiz va yutuqlarimiz ham dunyodagi eng ilg‘or mezonlar bilan o‘lchanishi lozim”1, - degan edilar. Bu fikr o‘zbek tilshunosligi uchun ham bevosita dahldordir. Respublikamizda yuz berayotgan o‘zgarishlar yosh avlodning har tomonlama mukammal bilimga ega bo‘lishini talab etadi. Shu maqsadda darslik va qo‘llanmalar yangidan yaratilmoqda, zamon talablariga hamda o‘quvchilarning bilim darajasiga muvofiqlashtirilmoqda. Ayniqsa, yosh avlodning o‘zbek tili hamda xorijiy tillar yuzasidan egallagan bilim ko‘nikmalarini mukammallashtirishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, har qanday chet tilini o‘rganish ona tilining fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarini chuqur o‘zlashtirish asosida amalga oshiriladi.



Hozirgi o‘zbek tilshunosligi jahon tilshunosligi qo‘lga kiritgan eng yangi yutuqlarni e’tiborga olmog‘i lozim. Shu sababli qo‘llanmada hozirgi o‘zbek tili fonetikasining nazariy masalalari, jumladan, fonologik sath birliklarida umumiylik va xususiylik dialektikasining aks etishi, jahon tilshunosligi maktablarida fonema nazariyasi, o‘zbek tilshunosligida fonologik qarashlar, o‘zbek tilining unlilar va undoshlar sistemasi, ularning farqlovchi va qo‘shimcha belgilari, paradigmatik tavsifi hamda sintagmatik munosabatlari kabi masalalar haqida fikr yuritilgan.

Qo‘llanma amaldagi o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari talablariga mos tarzda tuzilgan bo‘lib, hozirgi o‘zbek adabiy tili fonetikasining nazariy masalalariga bag‘ishlangan. Har bir mavzu chuqur yoritilgan bo‘lib, bu mavzular yuzasidan tayanch so‘z va iboralar, topshiriq va savollar berilgan. Nazariy fonetikaning tayanch terminlari lug‘ati (glossariy) tuzilgan. Bu esa talabalarning o‘quv-uslubiy qo‘llanma bilan ishlashini osonlashtiradi.

Albatta, ushbu qo‘llanmada ayrim munozarali o‘rinlar ham bo‘lishi mumkin.

Mualliflar fikr va mulohazalaringizni ushbu manzilda kutib qoladilar:


Andijon shahri, Universitet ko‘chasi, 129-uy





1 Каримов А. Биздан озод ва обод ватан қолсин. 2-китоб.-Т.: Ўзбекистон, 1996. –Б. 80.

Download 210.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling