O‘zbek tili fonetikasi
Download 210.89 Kb.
|
ozbek tili fonetikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovush balandligi
- Umlaut
- Unlilar reduktsiyasi.
- Cho‘ziq - qisqalik belgisi
- O‘ZBEK TILI FONETIKASI
Til o‘rta undoshlari til o’rtalik belgisiga ko‘ra bir paradigmani hosil qiladi. Demak, ularning bir paradigmaga birlashuvida ana shu belgi fonologik muhim belgi sanaladi.
Til orqa (uvulyar) undoshlari til orqasida paydo bo‘lish belgisiga ko‘ra bir paradigmani tashkil etadi. Demak, bu belgi ushbu paradigma a‘zolari uchun birlashtiruvchi (integral) belgi vazifasini bajaradi. Shuning uchun u har bir paradigma a’zosida takrorlanadi. Chunonchi k, g, ng, q, g’, x undoshlari ana shu belgiga ko‘ra birlashadilar. Tovush balandligi – tovush intensivligining o‘zgarishiga olib keluvchi artikulyatsion harakatlar kuchining o‘zgarishi. Tovush bosimi odam quloqidagi pardaga tovush toʻlqinining ta'sir kuchi. Transliteratsiya - biror yozuv harflarini boshqa bir yozuv harflari bilan almashtirib ifodalash usuli. Troplar (yun. tropos “ko‘chim”) – q. ko‘chimlar. Umlaut – o‘zak unlilarining affiks unlilari xarakteriga moslashishi. Masalan, namangan shevasida toshi-teshi. Umumiy fonetika - turli tipdagi tillarning nutq tovushlarining xilma-xilligini o’rganuvchi bo‘lim. Unli fonemalar hozirgi o’zbek tilida ikki belgi asosida tasniflanishi maqsadga muvofiq: og‘izning ochilish darajasiga ko‘ra: keng, o‘rta keng (o‘rta tor), tor; labning ishtirokiga ko‘ra: lablangan, lablanmagan. Unlilar reduktsiyasi. Bir bo‘g‘inli leksemalarda hamda ikki bo‘g‘inli leksemalarning birinchi bo‘g‘inidagi sonor undoshlar oldida kelgan tor unli sonor undosh ta’sirida reduktsiyaga uchraydi. Masalan, b(i)lan, b(i)roq, s(i)ra, b(i)r kabi. Uvulyar belgi – til orqa undoshlar. Velyar –qalinlik belgisi bo‘lib, bu belgi tilning orqa qismining yumshoq tanglay (velum)ga ko‘tarilishi natijasida vujudga keladi, ya’ni undosh fonemalarning har biri orqa qator unlilar bilan kelganda qalin talaffuz qilingan. Cho‘ziq - qisqalik belgisi – miqdoriy belgi bo‘lib, bu belgiga ko‘ra unlilar cho‘ziq unlilar va qisqa unlilarga bo‘linadi. MUNDARIJASO‘Z BOSHI 3 FONETIKA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT 4 FONETIKA VA FONOLOGIYA 7 TILSHUNOSLIK MAKTABLARIDA FONEMA NAZARIYASI 11 O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA FONOLOGIK QARASHLAR 15 O‘ZBEK TILI VOKALIZMI 17 O‘ZBEK TILI KONSONANTIZMI 28 FONOLOGIK ZIDLANISHLAR 50 AKUSTIKA VA ARTIKULYATSIYA 53 TRANSKRIPSIYA 57 NUTQ APPARATI 65 NUTQNING FONETIK BO’LINISHI 68 PROSODIKA 71 FONETIK O‘ZGARISHLAR 82 O‘ZBEK TILIDA SINGARMONIZM TA’SIRIDA O‘ZGARISHLAR 93 GLOSSARIY 97 O‘ZBEK TILI FONETIKASI O‘QUV-USLUBIY QO‘LLANMA Муҳаррир А.Умаров Техн.муҳаррир Ф.Усмонов Саҳифаловчи Н.Юнусов Теришга берилди 11/04/2016 й. Босишга рухсат этилди 10/05/2016 й. Бичими: 84х108 1/16. Times New Roman гарнитураси. Офсет қоғози. Офсет босма усулида чоп этилди .Шартли босма табоғи: 20. Нашр босма табоғи: 21,5. Адади: 100 нусха. Буюртма: № 3. Бахоси келишилган нархда. Манзил: Андижон шаҳар.Университет кўчаси. АДУ кичик босмахонаси. 129-уй.304-хона. Download 210.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling