Intonema – ohang
Irrelevant belgi – ikkinchi darajali, qo‘shimcha, chegara belgi.
Jarangli-jarangsizlik belgisi ham undoshlarning fonologik muhim belgi sanaladi. Bu belgi asosida undoshlar o’zaro privativ zidlanishga kirishadi. Jarangli undoshlar bunday belgiga ega, markerlangan, jarangsiz undoshlar esa ega emas, markerlanmagandir.
Jumla – nutqning bir va undan ortiq so‘z vositasida ma’lum fikr ifodalash maqsadida hosil qilingan nutq birligi.
Kenglik va torlik belgisi – unlilarning asosiy belgilaridan bo‘lib, og‘izning ochilish darajasiga xos belgi.
Kombinator varianlar - fonemalarning talaffuzdagi turlari.
Konstituentiv munosabat - “...dan tashkil topadi”, “...ga kiradi” sxemasini o‘zida namoyon etadi.
Konstituent – ma’lum sath birligining tarkibiy qismi.
Korrelyativ belgi – zidlanayotgan fonemalarning birida bor birida yo‘ q bo‘lgan belgi.
Ko‘chim – Muayyan bir asosga (narsa va hodisalar orasidagi o‘xshashlik, aloqadorlik, vazifadoshlik va boshq.) tayangan holda bir so‘zning boshqa bir so‘z o‘rnida qo‘llanilishi. Ko‘chimning metafora, metonimiya, sinekdoxa singari turlari ko‘pchilik tomonidan e’tirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |