O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili morfonologiyasi
traktor, spravka singari bir qancha qator undoshlar bilan boshlanuvchi
baynalmilal so‘zlar uchraydiki, ular o‘zbek tili so‘zlari va uning bo‘g‘inlari fonetik strukturasini yangi xususiyat bilan boyitadi. Bu so‘zlar hozirgi o‘zbek
15 Баскаков Н.А. Каракалпакский язык. Фонетика и морфология. – М., 1952. – С.100; Баскаков Н.А. Введение в изучение тюркских языков. – М., 1969. – С.11. 16 Акбаев Ш.Х. Фонетика диалектов карачаево-балкарского языка. – Черкеск, 1963. – С.68 – 95; Шоабдураҳмонов Ш., Ишаев А. Ўзбек шеваларидаги бир фонетик ҳодиса // Ўзбек тили ва адабиёти. 1965. №5. – Б.54 – 68. 17 Юнусалиев Б.М. Киргизская лексикология. Ч.I. – Фрунзе, 1959. 18 Кононов А.Н. О фузии в тюркских языках // Структура и история тюркских языков. – М., 1971. – С.107 – 120.
orfoepiyasida o‘z holicha talaffuz qilinsa-da, ammo keksa avlod tilida qator undoshlar oldidan yoki undoshlar oralig‘iga bir unli orttirish bilan o‘zbek tilining o‘ziga xos qonuniyatiga moslashtiriladi. Turkiy so‘zlar o‘zak morfemalarining oxirida qator undoshlarning kelishi xarakterli emas (SGSS, GSS tipi). Hozirgi o‘zbek tilining o‘z ichki taraqqiyoti natijasida bir qator so‘zlarda o‘zak morfemalar oxirida qator undoshlar uchraydi. Bunday struktura SGS va GS strukturali o‘zak morfema va GS strukturali affiks morfemaning kontaminatsiyasi natijasida ikkilamchi struktura sifatida vujudga kelgan. 19 Boshqa tillardan so‘z qabul qilish natijasida esa bunday so‘zlar miqdori orta boradi. Hozirgi o‘zbek tilida besh yuzga yaqin bir bo‘g‘inli so‘z oxirida undoshlarning 139 xil qator kelish hollari uchraydi. Mazkur so‘zlar genetik tomondan ikki guruhga: 1) o‘z qatlam; 2) o‘zlashgan qatlamga mansubdir. Hozirgi o‘zbek tilida o‘z qatlamga mansub bir bo‘g‘inli o‘zak morfema auslautida rs, rk, rq, rch, rt, lk, nch, lt, yt, st, ks singari tovushlarning qator kelish holatlari uchraydi. Bulardan eng ko‘p tarqalgani rs (o‘ndan ortiq taqlidiy so‘z o‘zagida), nch (yigirmadan ortiq so‘z o‘zagida), rk (o‘ndan ortiq so‘z o‘zagida), lt, rk, rt, ln (o‘nga yaqin so‘z o‘zagida), lk (o‘nga yaqin so‘z o‘zagida) kabi undoshlardir. Bu qator undoshlaridan har biri ma’lum so‘z kategoriyasi bilan chegaralangan. Ya’ni rt, nt qator undoshlari ko‘proq fe’l tarkibida; nch, rk, rch, st qator undoshlari ot (imena) tarkibida; rk, rs, lt, sht qator undoshlari esa tasviriy so‘zlar tarkibida keladi. Ko‘rinib turibdiki, o‘z leksikasiga oid o‘zaklar oxirida kelgan ko‘pgina qator undoshlarda birinchi o‘rinda y, l, n, r kabi sonor undoshlar va ikkinchi o‘rinda jarangsiz undoshlar bo‘ladi. O‘z leksikaga oid bunday o‘zak morfema fonetik strukturasi og‘zaki nutqda ham to‘laligicha talaffuz qilinadi (ayrim o‘zbek shevalari bundan mustasno). Masalan, mankent shevasida tot (adab.orf.tort), Uychi shevasida qut (adab.orf.qurt) va boshq. Hozirgi o‘zbek tilida auslautda nd, hd, hs, rg, sht, jh, ft kabi qator undoshlar kelgan bir bo‘g‘inli o‘zak morfemalar asosan o‘zlashgan qatlamga mansubdir (fors-tojik, arab tillariga). Og‘zaki nutqda ko‘pincha auslautdagi yuqoridagidek qator undoshlardan biri talaffuz etilmaydi (ko‘proq oxirgi undosh tushib qoladi: rg,
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling