O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili morfonologiyasi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
H.R.Zokirova O‘ZBEK TILI MORFONOLOGIYASI O‘QUV-USLUBIY QO‘LLANMA A N D I J O N - 2 0 1 6
Taqrizchilar: Sh.Shahobiddinova – filologiya fanlari doktori, professor.
U. Rahimov – filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Mas’ul muharrir: Z.Qodirov – filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil 6-aprel 137-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 5120100
filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek filologiyasi) ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasi va Hozirgi o‘zbek tili faning namunaviy dasturi asosida yozilgan bo‘lib, unda nazariy fonetika masalalari yoritilgan. Mazkur qo‘llanma oliy o‘quv yurti filologiya fakultetining birinchi bosqich talabalariga hamda fonetikaning nazariy masalalarini o‘rganuvchi barcha qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.
Mazkur qo‘llanma ADU o‘zbek tilshunosligi kafedrasining yig‘ilishida (2015 yil 12-may, 3-raqamli bayonnoma), ADU Ilmiy-metodik kengashi yig‘ilishida (2015-yil 26-noyabr, 3-raqamli bayonnoma) muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan.
SO`Z BOSHI Ushbu majmuada “O’zbek tili morfonologiyasi” fanining maqsad va vazifalari, obyekti va prеdmеti, ilmiy-nazariy masalalari, umumiylik va xususiylik kategoriyalari, til strukturasining sathli tuzilishi, sistema va struktura, morfologik o’zgarishlarning sabablari, o’zbek tili morfonologiyasining mundarijasi va tilshunoslik bo’limlari tizimidagi o’rni bilan bog’liq masalalarga e’tibor berilgan. Binobarin, Oliy ta'lim muassasalarida, ilmiy tadqiqot institutlarida faoliyat ko’rsatish uchun ham bu fan bo’yicha muayyan malakaga ega bo’lish talab etiladi. Nеgaki, o’zbek tili morfonologiyasi asosida nazariy va amaliy bilimga, muayyan malakaga ega bo’lmay turib, bu fan bo’yicha yеtuk mutaxassis bo’lish qiyin. Fanni o’qitishning maqsadi o’zbek tili morfonologiyasining predmeti, vazifalarini yoritish, fan doirasida o’rganiladigan asosiy masalalarning mazmun mundarijasini belgilash, til strukturasining sathli tuzilishlari, morfologik o’zgarishlarning sabablari, o’zbek tilining morfologik xususiyatlari, morfonologik talablarni yuzaga keltiruvchi omillar, tovush tuzilishlari, tovush ortishi bilan bog’liq hodisalar haqida ma’lumot berishdir. Fanni o’qitishning vazifalari – talabalarda “O’zbek tili morfonologiyasi” fanining vujudga kelishi va rivojlanishi bo’yicha bilimlarni shakllantirish va mustahkamlash; talabalarda o’zbek tili morfonologiyasi bo’yicha boshlang’ich bilimlarni shakllantirish; morfonologik talablarni yuzaga keltiruvchi omillar, tilshunoslik fani bo’limlari, tilshunoslikda faol qo’llaniladigan atamalarni o’zlashtirish va til strukturasi haqida bilim berishdan iborat. “O’zbek tili morfonologiyasi” fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - sistema va sturktura. Til strukturasining sathli tuzilishi. Sathga ajratish muammolari va tamoyillari. Sath birliklari. Sath birliklari o‘rtasidagi munosabatlar. Bir sathga mansub birliklar o‘rtasidagi munosabatlar. Turli sathga mansub birliklar o‘rtasidagi munosabatlarni bilishi kerak;
- tilshunoslik bo‘limlari tizimida morfonologiyaning o‘rni. Morfemalar zanjiri. Morfemalar zandiridagi morfologik o‘zgarishlar. Morfologik o‘zgarishlarning sabablari. Morfonema tushunchasi haqida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak;
- t
illarning morfologik xususiyatlari. Agglyutinatsiya. Agglyutinativ tillarning xususiyatlari. Fleksiya. Flektiv tillarning xususiyatlari. Fuziya. Tilshunoslikda morfonologiya masalasi. Morfonologiya va uning o‘rganish birligi. Praga lingvistik maktabining morfonologik qarashlari. O‘zbek tilshunosligida morfonologiya masalalari haqida tushunchaga ega bo’lishi kerak.
semestrlarda o’qitiladi. “O’zbek tili morfonologiyasi” dasturini amalga oshirish o’quv rejasida keltirilgan falsafa, mantiq, tilshunoslik nazariyasi fanlarida o’rganiladigan muammolar borasida yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishni talab etadi.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling