O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/47
Sana05.01.2022
Hajmi0.78 Mb.
#206417
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
ozbek tili morfonologiyasi

Fonologiya birligi 

 

Fonologiyaning  birligi  fonemalardir.  Fonema  –  so‘z  va  morfemalarni 



shakllantiradigan  va  ularning  ma’nolarinn  farqlash  uchun  xizmat  etuvchi,  boshqa 

                                                 

1

 Ф де Сессюр. Труды по общему языкознанию. – М., 1977. – С.70. 



2

 Щчерба Л.В. Очередные проблеми языковедения // Изв. АН СССР, Отд. лит-рн. и яз. Т.IV. 1945. 

Вып.5. – С.185 – 186. Аванесов Р.И. Кўрсатилган асар. – С.21. 

3

 Аванесов Р.И. Русская литературная и диалектная фонетика – М., 1974. – С.21. 




mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan tilning eng kichik tovush birligi. 

Fonemalar  haqidagi  ta’limot  fonologiyadir.  Fonologiya  ma’lum  bir  tildagi 

fonemalar sistemasini, ularning farqlash belgilarini o‘rganadi. 

Fonema  termini  hozirgi  tilshunoslikda  qat’iy  o‘rin  olgan  bo‘lsa-da,  ammo 

uning  maqomi  masalasida  xilma-xil  qarashlar  bor.  Fonema  tilning  eng  kichik 

tovush  birligi  ekani  haqidagi  dastlabki  ma’lumot  I.A.Boduen  de  Kurtenega 

mansubdir.  Lekin  bungacha  Sharq  tilshunosligida,  garchi  fonema  termini  bilan 

nomlanmagan bo‘lsa ham, lekin ma’no farqlash uchun xizmat qiladigai eng kichik 

tovush  tipi  haqidagi  tushuncha  mavjud  edi.  Hind  tilshunoslari,  turkiyshunoslar, 

xususan,  Mahmud  Koshg‘ariy,  Alisher  Navoiy,  Zahiriddin  Muhammad  Boburlar 

tovushning ma’no farqlash tomoniga katta ahamiyat berganlar.  

Fonema  termini  tilshunoslikka  Boduen  tomonidan  kiritildi.  Boduen  1870 

yildagi  «XIX  asrgacha  bo‘lgan  qadimgi  polyak  tili  haqida»  nomli  magistrlik 

dissertatsiyasida  fonema  haqida  fikr  yuritadi  va  uni  etimologik-morfologik  birlik 

sifatida talqin etadi.  

Boduen de Kurtenening fonema haqidagi mazkur konsepsiyasi ayni shu holda 

uning  shogirdi  N.V.Krushevskiy  tomonidan  rivojlantirildi.  I.A.Boduen  de 

Kurtenening  fonema  haqidagi  tushunchasi  o‘zgarib  bordi.  Xususan,  «Slavyan 

tillari  qiyosiy  grammatikasining  ayrim  bo‘limlari»  (1981)  asarida  fonemani,  bir 

tomondan,  «so‘zning  fonetik  bo‘linmas  qismi»  hisoblasa,  iikinchi  tomondan, 

morfemalar  tarkibidagi  tovush  o‘zgarish  qonuniyatlarini  hisobga  olgan  holda 

boshqa  mayda  bo‘lakka  bo‘linmaydigan  tovushlarginamas,  balki  morfema  yoki 

so‘zning  tarkibida  bo‘lakka  ajralmaydigan  bir  butun  holdagi  ikki  va  undan  ortiq 

tovushlar  ham  fonema  bo‘lishi  mumkinligini  ko‘rsatadi.  Masalan,  vraщat,  vorotit 

so‘zlaridagi  «ra»  va  «oro»  tovushlari  bir  morfema  doirasida  bir  butun  holda 

almashinadi.  Bu  bilan  u  fonemaga  fonetik  birlik  sifatida  emas,  balki  etimologik 

birlik sifatida qarashini namoyish etdi.  

Shu  bilan  birga,  xuddi  shu  yerning  o‘zida  fonemaning  quyidagi  ikki  farqli 

tomoni  borligini  ham  ko‘rsatadi:  1)  antropofonik  (ya’ni  akustik-artikulyatsion) 

xususiyatlarning oddiy umumlashmasi,  morfemaning harakatlanuvchi komponenti 

va  ma’lum  morfologik  kategoriya  belgisi.  Shunday  qilib,  Boduen  de  Kurtene 

fonemaning  morfologik  aspektdan  farq  qiladigan  antropofonik  aspekti  ham 

borligini e’tirof etdi.  

Keyinchalik esa u o‘zining fonema haqidagi tushunchasini o‘zgartirdi va unga 

psixologik  nuqtai  nazardan  yondashdi.  Xususan,  «Tilshunoslikka  kirish»  (1917) 

asarida «inson psixikasidagi tovush haqidagi tasavvur» fonema hisoblanadi. 

Hozirgi  kunda  Rossiyada  ikki  fonologik  maktab  mavjud.  Har  ikki  maktab 

vakillari Boduen de Kurtenening fonologik qarashlarini rivojlantirmoqda. 

 


Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling