O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili morfonologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- -ets (gor – gorets, kup – kupets, ogur – ogurets)
k-ch, g-j, e-nul, o-nul va h.k.
A.A.Reformatskiy morfonema tushunchasini inkor qiladi. U morfonologiya til strukturasining ikki «bazisli» sathini: fonologiya va morfologiyani (morfemika) bog‘lab turuvchi «bazisi yo‘q» oraliq sath – «ko‘prik» ekanini ko‘rsatadi. Uning fikricha, morfonologiya «bazissiz» sath sifatida o‘zining birligiga ega emas. Ular, bir tomondan, «bazisli sath» fonologiyaga, ikkinchi tomondan, «bazisli sath» morfologiya (morfemika) va uning birliklari – fonema va morfemalarga tayanadi. U hech qanday «morfonema»ning yo‘qligi va bo‘lishi ham mumkin emasligini ta’kidlaydi. 10 Xuddi shunday fikr S.B.Bernshteyn tomonidan ham bayon qilinadi. Uning fikricha, N.S.Trubetskoyning rus morfonologiyasiga bag‘ishlangan asari mashhur lingvistning e’tiborga tushmagan asarlaridan biridir. Mazkur asar rus grammatikasiga ta’sir etmadi. Bunga bosh sabab shuki, N.S.Trubetskoy morfonologiya muammosini nihoyatda kengaytirib yubordi. Morfonologiya va so‘z yasalishi o‘rtasida, morfonologiya va fonologiya o‘rtasida aniq chegara belgilanmadi. Amalda mavjud bo‘lmagan birlik – morfonemaning ajratilishi ham morfonologiya tarixida salbiy rol o‘ynadi. 11
V.G.Churgunova morfonologiya birligi sifatida morfonema bo‘lishini ma’qullaydi. Uning fikricha, morfonema morfonologik sathning elementar birligidir. Rus tilida u ko‘proq kuchli va kuchsiz plozitsiyadagi fonema qatorlarini o‘z ichiga oladi. Demak, morfonema – real morfema (morf) komponenti sifatida qaraluvchi bir sinfdagi kuchli va kuchsiz fonemalar birligini aks ettiradigan birlik. Shu bilan birga, u morfonologiyaning yuqori birligi sifatida submorfni ham ajratadi. Ma’lumki, morfema ma’lum ma’no ifodalovchi eng kichik shakldir. Bu shakl bir ma’no bilan bog‘langan va turli qurshovda uchraydigan bir necha shakllarning birligi bo‘lishi ham mumkin. Bunday shakllar morf, allomorf yoki morfema alternantlari sanaladi. V.G.Churgunova morfni ma’lum jihatdan shakllangan morfonem qatori deb tasavvur qilish va morf strukturasining qandaydir morfonologik qonuniyati haqida gapirish mumkinmi degan savolga quyidagicha javob beradi: «Agar til sun’iy qurilma bo‘lganida edi, ehtimol, morf shunday shakllangan bo‘lardi. Differensial belgilarning ma’lum sintaktik qoidasi asosida fonema, fonemalar sintaksisi asosida morf, turli qurshovda uchraydigan va bir ma’no ifodalovchi morflar asosida morfema, morfemalardan so‘z qurilgan bo‘lardi. Ammo til sun’iy qurilma emas, u ko‘p asrlik tarixga ega. Tarixiy taraqqiyot jarayonida uning ayrim elementlari morfonem qurilmasini saqlagan holda ma’nosini yo‘qotadi. Mazmun plani nuqtai nazaridan ajralmaydigan bu morfonem qator morfonologik strukturaning boshqa elementi bilan o‘z aloqasini saqlagan holda morfonologik nuqtai nazardan bo‘laklarga ajralishi mumkin. Ana shunday birliklar submorf (yoki fonomorf) deb nomlanadi». Uning fikricha, submorf – morfonemaning doimiy qatori, so‘z tovush qobig‘ining barqaror shakllangan elementlarining morfonologik yaxlitligini ifodalovchi birlik. 12 Masalan, -ets (gor – gorets, kup – kupets, ogur – ogurets), - Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling