qich (bosqich, qisqich); -k (elak, bezak); -q (sanoq, taroq) va boshq.
Ayrim ikki bo‘g‘inli so‘zlar tarkibida libial garmoniyaning ham qoldig‘i
uchraydi: masalan, ulug‘, buyuk, ulush, uchqun, turg‘un, guvur-guvur, yugur,
bug‘u, tuyg‘u va boshq.
Biroq singarmonizmning mazkur ikki ko‘rinishi ham hozirgi o‘zbek tili uchun
qadimgi qonuniyatlarning izi, xolos. O‘zbek tilining ayrim shevalarida, masalan,
Namangan shevasida singarmonizmning boshqacha ko‘rinishi – affikslarning o‘zak
fonetik xususiyatiga moslashishi emas, balki o‘zak unlilarining affiks unlilari
xarakteriga moslashishi, ya’ni oldiga emas, orqaga qarab moslashish kuzatiladi.
Bunday moslik umlaut hisoblanadi. Umlaut uyg‘ur tili va hozirgi o‘zbek
29
Сравнительно-историческая грамматика тюркских языков. Фонетика. – С.439.
tilining Namangan
30
va Paxtaobod shevasiga xosdir. Umlautning uch ko‘rinishi –
palatal, labial, lingvial turlari mavjud. Birinchi turda birinchi bo‘g‘inning orqa
qator keng unlisi keyingi bo‘g‘indagi tor lablanmagan unli ta’sirida old qator
unliga aylanadi. Masalan, Namangan shevasida tosh «tosh», teshi «toshi».
Ikkinchi turida birinchi bo‘g‘inning keng lablanmagan unlisi keyingi bo‘g‘inning
lablangan unlilari ta’sirida lablashadi. Masalan, Paxtaobod shevasida to‘mur
Do'stlaringiz bilan baham: |