20. ch – s: ichsa – issa, kechsa – kessa (Namangan).
21. t – s: aytsam – ayssam (Namangan).
22. t – o: sust – susay, past – pasay.
23. il – o: qizil – qizar.
Singarmonizm
O‘zbek adabiy tilida ham ba’zan bir bo‘g‘inli so‘zlarning struktur elementlari
– unli va undosh tovushlar o‘rtasida tovush qatorlari bo‘yicha o‘zaro xoslanish
holatlari ko‘zga tashlanadi. Xususan, GS, SGS strukturali so‘zlarda tovushlar
palatal garmoniyaga muvofiq birikadi: qыl, xыl, g‘ыsh; bil, til, siz, jil kabi.
Ba’zan old va orqa qator variantlari ma’no farqlash funksiyasini ham bajarishi
mumkin. Masalan, tiq – tik.
Bir qator so‘z yasovchi va forma yasovchi affikslar variativlikka ega. O‘zak
fonetik strukturasiga muvofiq, affikslarning variantlaridan biri qo‘llanadi. Affikslar
variantlari shu fonetik qurshovda biri o‘rnida ikkinchisi qo‘llanolmaydi. Masalan: -
Do'stlaringiz bilan baham: