– sanoq; 2) v allofoni ta’sirida: ishla – ishlov, qishla – qishlov, sayla – saylov,
alda – aldov;
d) i – u. 1) q ta’sirida: sovi – sovuq, quri – quruq, qovi – qovuq; 2) v
ta’sirida: tani – tanuv, o‘qi – o‘quv, to‘qi – to‘quv;
ye) o – u. V ta’sirida: sovuq – suvuq (dialektal), qovuq – quvuq va boshq.
Undoshlar almashinuvi
1. k – g, q – g‘. Q yo k undoshi bilan tugagan ikki yoki ko‘p bo‘g‘inli
so‘zlarga egalik affiksi qo‘shilganda jarangsiz k va q undoshlari intervokal holatda
qolib, jarangli korrelyati bilan almashinadi. Masalan: qiliq – qilig‘i, baliq –
balig‘i, soliq – solig‘i, chirik – chirigi, bilak – bilagi, tilak – tilagi, kichik –
kichigi.
2. g‘g – qq. Masalan: bog‘ga – boqqa, tog‘ga – toqqa, yog‘ga – yoqqa.
Do'stlaringiz bilan baham: |