O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili morfonologiyasi
Signifikat
Biroq qo`shilib ketmaydi, albatta. Shuning uchun ham turli tillarda turlicha onomatoplar yuzaga keladi, ammo baribir ular bir-biriga juda o`xshaydi. Undovlarda ham shuni kuzatish mumkin, turli xalq vakillari bir xil his-tuyg`uni o`xshash (biroq aynan emas) birliklar bilan ifodalaydi. Bunda moddiy vosita bilan ongda aks etgan predmet xususiyati munosabati grammatik ma'no sanaladi. Grammatik ma'no tabiatini son grammatik ma’nosi orqali tushuntirishga harakat qilamiz. Grammatik ma’nosi birlik va ko`plik ma’nolari munosabatini o`z ichiga oladi. Birlik ma’nosi bir, takrorlanmas predmetnigina emas (a yoki a va boshqalar), balki butun predmetlar sinfini ham ifodalaydi (a, a, ... a). qiyoslang: Bu ko`zoynak juda ravshan ko`rsatar ekan; Ro`paradagi magazinda ko`zoynak sotiladi. Bu gaplarning birinchisida ko`zoynak alohida bitta predyaetni (A birlik, A birlik), ikkinchi gapda esa barcha ko`zoynaqlarni, ko`zoynaqlar sinfini (A birlik) eiddiradi. Ko`zoynak leksema sifatsha leksik ma’noni ifodalaydi. Uning leksik ma’nosi borliqdagi ko`rish uchun yordamchi vosita sifatida ishlatiladigan optik vosita. Shu bilan birga ko`zoynak so`zshakli hamdir. So`z shakli sifatida bir qancha grammatik ma’nolarga ega. Birinchidan u ko`zoynak predmetining miqdoriy belgisini bildiradi: bitta yoki bir turlagi predmetlar sinfini ifodalaydi. Bu belgisi univg grammatik son ma’nosi sanaladi. Birlik sonning alohida va umumiy ma’nolari o`zaro dialektik bog`langan. Ksntekstda qo`llanilgan har qaysi alohida ma’no umumiy ma’noning bir qismi, bir tomonini ifodalaydi. Umumiy ma'no esa u yoki
bu darajada alohida ma'nolarii o`zida birlashtiradi. Shuning uchun ham ko`zoynak so`zining tovush kompleksi kontekstga qarab konkret predmetni ham, predmetlar sinfini ham ifodalashi mukkin.Grammatik ma’no tilda o`zining doimiy ifodasiga ega bo`lgan, sintaktik qurilma, so`z shakllar qatoriga xos bo`lgan umumlashgan ma’nodir. Morfologiya doirasida so`z turkumlariga xos bo`lgan (masalan, otlarda "predmetlik", fe'llarda "jarayonlik" ma’nolari) umumiy ma’no shuningdek, ma’lum morfologik kategoriya ichidagi o`zaro zidlanuvchi so`z shakllarining xususiy ma’nolari (zamon, shaxs, kelishik) ana shunday umumlashgan ma’nolar sirasiga kiradi. Grammatik ma’no deganda faqat so`zning shakllari ma’nosigina emas, balki sintaktik birliklarning umumlashgan ma’nolari ham tushuniladi. Maealan, predikativlik, modallik, temarema tuzilishi va boshq. Grammatik ma’no sistemasida obyektiv borliqdagi predmetlar o`rtasidagi munosabatlar haqidagi bilimimiz ong orqali aks etadi. Jumladan, harakat tushunchasi fe’lning umumiy ma’nosi va uning xususiy kategorial ma’nolari (zamon, nisbat, bo`lishli, bo`lishsizlik) orqali namoyon bo`ladi. Grammatik ma’no tildan tashqaridagi borliq predmetlar, hodisalar xususiyatlarini aks ettiruvchi no-sintaktik (referensional), maealan, miqdor, makon, zamon ma'nolari, shuningdek, gap va so`z birikmasi tarkibidagi so`z shakllarining aloqasini bildiruvchi sintaktik (relyasion) ma’nolarga bo`linadi. Masalan, bog`lovchili qurilmalardagi zidlovchilik, ayiruvchilik ma’nolari va boshq. Bundan tashqari, so`zlovchining fikr bildrayotgan voqea-hodisaga, yoki tinglovchiga bo`lgan turli xil subyektiv munosabatini aks ettiruvchi ma’no alohida xususiyatga ega. Maealan, subyektiv modallik, subyektiv baho, erkalash va boshq. Shunday qilib, grammatik ma’noni uch guruhga bo`lish mumkin: 1) nosintaktik (referensional) 2) sintaktik (relyasion) 3) subyektiv Birinchi ma’noni turkumlovchi, ikkinchi ma’noni toifaviy (kategorial), uchinchi ma’noni esa notoifaviy (nokategorial) ma’nolar deb ham tasniflash mumkin. 2. Grammatik ma’no sistema sifatida morfologik ma’no va sintaktik ma’nolarni o`z ichiga oladi. Shunday ekan, u bo`linuvchanlik xususiyatiga ega. Shunga muvofiq ularni morfologik ma'no va sintaktik ma’nolarga bo`lish mumkin bo`ladi. Morfologiya morfologik shakllarning morfologik ma'nosi va sintaktik imkoniyatlarini o`rganladi.
Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling