O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyaSI
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek tili morfonologiyasi
Grammatik shakl
1. Grammatik shakl muayyan grammatik ma’noning tashqi ifodalanish tomoni - moddiy tomonidir. Grammatik shakl bilan grammatik ma’no falsafadagi shakl va mazmun dialektikasini o`zida namoyon qiladi. Shakl va mazmun bir yaxlitlikning ikki tomoni - biri tashqi, ikkinchisi esa ichki tomoni sanaladi. Shuning uchun ular bir-birini taqozo qiladi. Birisiz ikkinchisining bo`lishi mumkin emas. 2. Tilshunoslik tarixida grammatik shakl tushunchasiga turli xil yondashuvlar kuzatiladi. Bu xilma-xillikning ta'sirini bugungi grammatikaga doir tadqiqotlarda ham payqash qiyin emas. Xususan u "grammatik kategoriyaning tashqi lisoniy vositalar bilan ifodalanishi", "ayrim grammatik ma’noni ifodalovchi formal belgi", "ma’lum grammatik ma’no ifodalovchi shakl" sifatida tavsiflanadi. Grammatik shakl atamasi deyarli barcha tilshunoslar tomonidan so`z shakliga nisbatan qo`llaniladi. So`zning fammatik shakli masalasi nazariy grammatikaning eng murakkab masalalaridandir. Ko`p qollarda so`zning grammatik shakli "muayyan tovush ifodasi" sifatida izohlandi. Agar tovush ifodasiga ega bo`lmasa, u fammatik shakl doirasiga kiritilmadi. Bunga asos qilib, ma’lum bir ma'no o`z tashqi ifodasiga ega bo`lmasa, u til faktiga aylanmaydi, degan fikrga tayandilar. 3. Grammatik shaklga bunday qarash, ayniqsa, Moskva formal lingvistik maktabining asoschisi F.F.Fortunatov konsepsiyasining asosi bo`ldi. F.F.Fortunatov qarashlarining ildizi aslida N.P.Nekrasovga borib taqaladi. N.P.Nekrasovning fikriga ko`ra, so`zning doimo o`zgarishini ta’minlab turadigan tovush ifodasi qismi uning grammatik shakli hisoblanadi. F.F. Fortunatov ham grammatik ma’noning shakliy ifodasiga katta e’tibor beradi. U garchi ma’noni e’tibordan chetda qoldirmasa ham, lekin grammatik shaklni belgilashda tovush sostavi birinchi planga qo`yiladi. Uning ta’kidlashicha, ruku (руку), nogu (ногу), vodu (воду) kabi so`zlardagi-
|
ma'muriyatiga murojaat qiling