«O`zbek tilining so`zlar darajalanishi o`quv lug`ati» – maktab o`quvchilari uchun mo`ljallangan. Lug`at Sh.Bobojonov va I.Islomov tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, so`zning darajalanish qatori tuzilib, ma’nolari izohlangan. Misol: Jamol-chehra-yuz-bet-aft-turq-bashara (ijobiy bo`yoqning kamayib, salbiy bo`yoqning ortib borishiga ko`ra). Darcha-eshik-darvoza (atalmish hajmining oshib borishiga ko`ra). «O`ZBEK TILINING ZID MA’NOLI SO`ZLAR O`QUV IZOHLI LUG`ATI» «O`zbek tilining zid ma’noli so`zlar o`quv izohli lug`ati» maktab o`quvchilari uchun mo`ljallangan. Lug`at U.To`rayeva va D.Shodmonova tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, 1300 ga yaqin antonimik juftlikni qamrab oladi. Tuzuvchilar zid ma’noli so`zlarni strukturasiga ko`ra quyidagicha tasniflashgan: har xil o`zakli zid ma’nolilar: katta-kichik, kirmoq-chiqmoq, muhabbat-nafrat; «O`ZBEK TILINING SO`Z YASALISHI O`QUV LUG`ATI» «O`ZBEK TILINING SO`Z YASALISHI O`QUV LUG`ATI» «O`zbek tilining so`z yasalishi o`quv lug`ati» – maxsus, o`ziga xos lug`at turi hisoblanadi, B.Mengliyev, B.Bahriddinova va O`.Xoliyorovlar tomonidan yaratilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida ko`p nusxada chop etilgan. Lug`at yasama so`zning qanday va nima vositasida yuzaga kelganligini bilishga yordam beradi. Mas., amal so`zidan beshta yangi so`z va bu yangi so`zdan yana beshta boshqa yangi so`z hosil bo`lganini ko`rishimiz mumkin: “O`ZBEK TILINING SO`Z TARKIBI O`QUV LUG`ATI” “O`zbek tilining so`z tarkibi o`quv lug`ati” – maktab o`quvchilari uchun mo`ljallangan. Lug`at B.Mengliyev va B.Bahriddinovalar tomonidan tuzilib, 2007- yilda “Yangi asr avlodi” nashriyotida chop etilgan, 5223 so`zning tarkibiy qismlari ajratib tahlil qilingan. E’tiboringiz uchun Rahmat!!!
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |