«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I


Download 445.56 Kb.
bet7/66
Sana06.11.2023
Hajmi445.56 Kb.
#1752765
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66
Bog'liq
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org

Leksik ma’no- leksemaning nimanidir nomlashi, atashi, anglatishi.

Fonetik so’z-leksemaning fonetik qiyofasi, nomi.

Denotat- leksema tomonidan nomlangan narsa-predmet, voqelik.

Referent- til birligi ifodalaydigan tushuncha, fikr predmeti.

Signifikat- til birligi ifodalaydigan ma’no.

Valentlik- leksemaning birikma yoki gap tarkibida boshqa leksemalar bilan
aloqaga kirisha olish xususiyatlari. 


Tushuncha- obyektiv borliqdagi predmet yoki hodisalarning inson miyasida
aks etgan umumiy tasavvuri. 


Turkumlik semalari- leksik ma’noga tayangan holda leksemallarning
grammatik 
ma’nolarini belgilaydigan, shu asosda leksemalarning so’z
turkumlariga uyushishini ta’minlaydigan semalar. 
LEKSIK MA’NONING SEMANTIK TARKIBI 

Leksik ma’noning semalari
Leksik ma’no leksemaning mazmun planidagi yaxlit bir semantik butunlik 
bo’lsa-da, keyingi vaqtlarda bu butunlik tarkibida ma’lum ma’no qismlari- semalar
borligi aniqlanmoqda. Masalan, daraxt leksemasining leksik ma’nosida quyidagi 
semalar borligini ko’ramiz: 1) «predmet»; 2) «o'simlik»; 3) «ko'p yillik o'simlik»;
4) «yerda o'suvchi»; 5) «yog'ochlashgan tanali»; 6) «ildizli»; 7) «shox-shabbali»; 
8) «bargli». Bu semalar birlashib, daraxt leksemasining leksik ma'nosini
shakllantiradi. Leksik ma'noning semasiologiyada semema deyilishi ham shundan. 
Semalar ma'no xususiyatiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:
Atash semalari (denotativ semalar) 
Ifoda, tasvir, qo'shimcha ma'no semalari (konnotativ semalar)
Vazifa semalari (funksional semalar)


Atash semalari 

Atash semalari- semema tarkibidagi nomlash, atash semalariga oid. Ular ot,
sifat, son, fe’l turkumidagi barcha leksmalarning leksik ma’nolarida bor. Shuning 
uchun ular ideografik semalar deb ham ataladi.



Download 445.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling