«O’zbеk tili lеksikоlоgiyasi» fanidan m a ‘ r u z a L a r m a t n I


Download 445.56 Kb.
bet8/66
Sana06.11.2023
Hajmi445.56 Kb.
#1752765
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66
Bog'liq
Хожибойга ma\'ruza-hozir.org

Ifoda semalari


Ifoda semalari semema tarkibidagi uslubiy ma’no qirralaridir. Ular
leksemalarning 
atashdan,
nomlashdan 
tashqari,
shaxsiy

munosabatlarni


ifodalashiga yoxud shu leksemalarning qo’llanish doirasini belgilashiga xizmat 
qiladi. Masalan, buyum va matoh  leksemalari «tirikchilik-ro'zg'orda qo'llanadigan
mol» ma'nosiga ega, ammo matoh so'zida bu leksik ma'no salbiy bo'yoq bilan 
qoplangan: «Jon ota, matohlarini olib borib bering, agar meni qizim desangiz, olib
borib bering...» (X. Seitov). 
Ba'zan semantik tarkibida qo'shimcha ma'no qirrasi bo'lmagan leksemalar o'zi
qo'llangan kontekst yoki nutqiy muhit talabi bilan uslubiy semali leksemaga 
aylanadi. Bu hodisa leksemaning o'ziga xos bo'lmagan kontekstd qo'llanishi tufayli



sodir bo'ladi. Masalan, burun va tumshuq so'zlaridan har birining o'z konteksti bor:



burun leksemasi asosan odamga nisbatan, tumshuq leksemasi esa hayvon va
parrandalarga nisbatan qo'llanadi. Qiyos qiling: 1) Sharofatning yupqa lablari 


ko'karib pirpiradi, burni oqarib, kataklari kerildi (A. Qahhor); 2) Laylakning 

bo'yi novcha, tumshug'i bor tarnovcha. Lapanglaydi uchganda, uyasidan 

ko'chganda (Uygun). Keltirilgan misollarning ikkalasida burun va tumshuq so'zlari
o'z kontekstida qo'llangan, shu bois ularda qo'shimcha ma'no qirralari, uslubiy 
baho ottenkalari ifodalanmagan. Y a n a m i s o l: U bir ko'ngli borib muttaham 

qozining tumshug'iga tushurgisi yo iflos basharasiga tupurgisi keldi. (M. Ismoiliy).
Bu gapda tumshuq so’zi o’ziga xos bo’lmagan kontekstda- odamga nisbatan 
qo’llangan, natijada unda odamga (qoziga) nisbatan hurmatsizlik, nafrat manolari
ifodalangan. 
O’zbek tilida uslubiy bahoning morfemalar yordamida ifodalanishi keng
tarqalgan: oyi-oyijon, tili-tillari, dadam-dadamlar, uka-ukaginam kabi. Masalan: 1) 
Mushfiq va mehribon oyijonim. O’z tashvishlari bilan Sizni unutgan beaql,
adashgan qizingizni ma’zur tuting. (E. Samandar); 2) Og’a, sog’ borsangiz avval 


Dadamlarga salom ayting, Yugirib chiqqan ul mushfiq Onamlarga salom ayting
(Hamza); 3) Men uning tillarini kesib olaman, qo’limga bir tushsin yashshamagur. 
(E. Samandar); 4) Bir oydan so’ng ko’zin yumib Mamaniyoz, Ko’kanchaga meros
qopti bud-shud, oz-oz. (G’. G’.); 5) Seni o’zimdek bilaman. Ol, ukaginam. (S. 
Ahm.); 6) Ana sichqon, mushukvoy, Ana xo’roz, kuchukvoy (G’. G’.).

Download 445.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling